mavzu: XX asming 90-yillari va XXI asr boshlari adabiy tanqidchiligi – soat. Reja
Adabiy tanqidda modernizm masalalari
Download 66.68 Kb.
|
1 ma\'ruza
Adabiy tanqidda modernizm masalalari. Istiqlol davri tanqidining muhim jihatlaridan biri uning adabiyjarayon bilan uzviy bog'lanishida ko'zga tashlanadi. Adabiy jarayondagi har qanday yangiianish, badiiy izlanishiar, yangicha badiiy-estetik voqea-hodisalar ilmiy tafakkurda u yoki bu tarzda aks-sado berib, o‘z ifodasini topa boshladi. Badiiy tafakkurdagi evrilishu yangilanishlar adabiyot ilmi oldiga yangi-yangi ilmiy g‘oyalaming qo'yilishiga, yangi-yangi istiloh va tushunchalaming iste'molga kiritilishiga, mutaxassislar orasida ommalashuviga olib keldi. Shu bois, istiqlol davri tanqidchiligida «ong oqimi», «modemizm», «postmodemizm», «absurdizm», «freydizm», «ekzistensia!izm» singari istilohlarning faol qo'llanila boshlashi tanqid ilmi metodologik tamoyil- larining muhim jihatlaridan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda istiqlol davri tanqidiga ko'pgina tushuncha va tamoyillaming kirib kelishini hamda ulaming qoMlanishini kuzatish, shu asosda uning metodologik takomilini ko'rsatish g‘oyat muhim vazifadir. Bu jihatdan adabiy tanqiddagi «modemizm» tushunchasi talqini xarakterlidir. «Modemizm» atamasi zamonaviy o'zbek adabiy tanqidchiligida qo'llana boshlaganiga ko‘p boMgani yo'q. Aslida, bu tushuncha bir asrdan ortiq vaqt mobaynida jahon adabiyotshunosligi va san'atshu- nosligida faol ishlatilib kelinayotir hamda uning turli-tuman talqinlari, sharh va izohlari mavjud. Biroq mustaqillikkacha boMgan o‘zbek tanqidchiligida modemizmga munosabat bildirib yozilgan maqola yoki bu oqimni tadqiq etgan ilmiy ishlar uchramaydi. Albatta, ushbu holaining tub sabablari bor. Istiqlolgacha bo'lgan o‘zbek tanqidchi- ligida «ruxsat etilmagan mavzular»ga yondashish holati deyarli kuzatil- maydi. Chunonchi, sho‘ro davri rus adabiyotshunosligida dastlab keskin tanqid etilgan «modcmizm» atamasiga keyinchalik bir qadar bag‘rikenglik bilan yondashildi, ya’ni bu tushunchani xolis e’tirof etishga, sharhlashga moyillik paydo boMdi. Hatto ayrim tadqiqotlarda «modemizm» va modemchi g‘arb yozuvchilarini ashaddiy markschi-leninchi adabiyotshunoslar xurujidan himoya qilishga urinishlar kuzatiidi. Bu o‘rinda biz rus, ukrain va boshqa xalqlar adabiyotlarida amalga oshirilgan tadqiqotlarni. xususan, V.Dneprov, T.Motileva, D.V.Zatonskiy, B.L.Suchkov, D.Umov‘ singari taniqli adabiyot- shunoslarning ishlaridagi modemizmga, g‘arblik modemchi adiblarga munosabatlarni nazarda tutmoqdamiz. Bu singari adabiy-tanqidiy tadqiqotlarda, albatta, markscha-lenincha adabiyotshunoslik metodologiyasi yetakchilik qildi. «Modernizm» birinchi galda «chirib borayotgan «imperializm»ning tushkun, inqirozga yuz tutgan» hayot tarzini oqlash maqsadida oldmga surilgan, buijua adabiyoti va san'atida tub yangilanish yuz berayotganini da'vo qilib chiqayotganfarning iddaosi sdatida talqin etiidi. Biroq, ayni paytda, o‘sha adabiyotshunoslaming ishiarida bir tomondan «modemizm»ni keskin rad etish barobarida u haqda aynm lzohiar, konkret asarlar va adiblar ijodining nisbatan xohsroq tahliilan ham mavjud edi. Jumladan, V.D.Dneprovning ♦Cherti romana XX veka» kitobidagi A.Kamym, F.Kafka yoki M.Prust asarian ijodiga doir, B.L.Suchkovning «Liki vremeni» kitobidagi (1- ji d) «Frans Kafka», «Roman i mif» boblari fikrimizga dali! bofla oiaai. Nazarimizda, sho‘ro davrida «modernizm»ga bo'lgan munosa- batning, garchi umumiy tarzda bo‘lsa-da, aniq ta’rifmi «Uliss» romani muallifi Jeyms Joys haqidagi shu asarni rus tiiiga tarjima qilgan mutarjimlardan biri S.S.Xorujiyning quyidagi e’tirofida ko‘ramiz' «Joysning Ittifoqdagi tarixi (ijodiy tarixi - Q.Q.) 0‘ta xilma-xil uch davrga bo lmadi: yigirmanchi yillar - tortishuv davri; bu davrda kitobxonlarga ayrim bir dastlabki xabarlar beriladi; o‘ttizinchi yillar mafkuraviy davr; bu davrda Joys proletar sudiga tortiladi va unga jinoiy hukm e'lon qilinadi; oltmishinchi yillardan toki totalitarizm qulaguncha bo'lgan davr - byurokratik davr; bu davrda Joys «sovet madamyati» departamentida lozim ko'rilgan darajada hisobda turdi va kimga lozim ko‘rilgan bo‘lsa, u haqida o‘sha yozdi, albatta, nima yozish kerakligi lozim ko'rilgan bo‘lsa»‘. Mashhur taijimonning ushbu e tirofi nafaqat JJoysga, balki umuman modernizm adabiyotiga sobiq sovet tuzumi mafkurasining o‘ta rasmiy va keskin ta’qiqqa asoslangan salbiy munosabatini ifodalaydi. Ushbu nuqtayi nazar ham sho‘ro davrida «modernizm» masalasi qay darajada tanqidchilar uchun qaltis mavzuga aylantirilganini tasdiqlaydi. Mustaqillik yillarida badiiy asarni yangicha tamoyillar asosida baholash, talqin va tahlil etish tamoyili kuchaydi. H.Boltaboyevning «Nasr va uslub» (1992), Y.Solijonovning «Nutq va uslub» (2002) Sh.Subhonning “She’riyat iqlimi” (2005), “Haqiqatning sinchkov ko’zlari» (2009), U.Hamdamning «Yangilanish ehtiyoji» (2006), tadqiqotlarida buni yorqin ko'rish mumkin. Zero, o‘zbek adabiy tanqidi sho‘ro davri mafkurasi tazyiqlaridan qutulib endi-endi jahonga yuz tutmoqda. Download 66.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling