Mavzu: Yadro yemirilishlar. Reja: Kirish Asosiy qism
To’ldiruvchilar yirikligi bo’yicha o‘lchov idishlarining o’lchamlari
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
To’ldiruvchilar yirikligi bo’yicha o‘lchov idishlarining o’lchamlari
2.1-jadval To’ldiruvchi donalarining eng katta yirikligi, (mm) O‘lchov idishining sig‘imi, (l) O‘lchov idishining ichki o’lchamlari, mm Diametri Balandligi 5 va undan kam 10 20 40 1 2 5 10 108 137 185 234 108,5 136,5 186,5 233,8 Ta’kidlash lozimki, to‘ldiruvchining uyilma zichligining aniqlash natijasi o‘lchov idishning hajmi va sig‘imi, idish va to‘ldiruvchi zarralarining o‘lchamlari nisbatiga bog‘liq. Standart bo’yicha shag‘al va shag‘al(chaqiq tosh) uchun yirikligidan kelib chiqib 2-50 l sig‘imli o‘lchov idishlar, qum uchun 1litrli o‘lchov idishi ishlatiladi. G‘ovak to’ldiruvchilarning markasi ularning mos uyilma zichligi bo’yiga o‘rnatiladi. To’ldiruvchilarning uyilma zichligini aniqlash to’ldiruvchilar massa ulushini xisoblashga (agar hajmi malum bo’lsa), korxona tarkibidagi omborlari sig‘imini, bunkerlar sig‘imini, beton tarkibini xisoblashda, to’ldiruvchilarni betonda to‘g‘ri taqsimlash (dazirovka)da zarurdir. To’ldiruvchilarning dona va modda zichligi To’ldiruvchilar donalari zichligi, bu quruq shag‘al yoki chaqiq tosh namunasi massasining uning donalari xajmi yig‘indisiga nisbatan aytiladi. To’ldiruvchilar donalari hajmi, to‘ldiruvchilardan olingan namunalarni suvda va havoda massasini o’lchashdagi farq bilan aniqlanadi. Buning uchun to’ldiruvchilar namunasini suvda o’lchashda undagi g‘ovaklar suv bilan to’ladi, shu sababli to’ldiruvchilar namunasi oldindan suvga solib qo‘yiladi . To’ldiruvchilar donalari zichligi (g/sm³) quyidagi formula orqali aniqlanadi: bu erda: m 1 - to’ldiruvchi namunasining quruq holatdagi massasi, g m 2 - to’ldiruvchi namunasining suv shimgandan so’ng, xavoda o’lchangan massasi, g m 3 - to’ldiruvchi namunasining suv shimgandan so’ng, suvli muhitda o’lchangan massasi, g ρ suv – suvning zichligi, 1g/sm³ ga teng. To‘ldiruvchilarning dona zichligini aniqlashda, ishni qulay borishi uchun UzRST bo’yicha shag‘al yoki chaqiq tosh namunasi 11 hajimdagi maxsus perforirlangan idishga joylashtiriladi, birgalikda barcha jaraënlar bajariladi. Konteyner bilan to’ldiruvchi namunasining massasini o’lchangandan so‘ng, bo’sh konteynerni suv va xavoda aniqlangan massasi ayriladi. Keltirilgan izlanishlar olingan to‘ldiruvchi namunasidagi donalarning o’rtacha zichligini aniqlash imkonini berdi. G‘ovak to’ldiruvchilarning aloxida donalarini zichligini aniqlashda to‘ldiruvchi donalari xajmiga nisbatan yuqori dispers sochiluvchan muxitda o’lchanadi. UzRST ga bo‘yicha qizdirilgan kvars qumi ishlatiladi. Bunda qum idishga yuqorisigacha to’ldiriladi, so’ngra galma-gal to’ldiruvchi donasi qo’shiladi, idish yana qum bilan to’ldiriladi va qolgan suv xajmi o’lchanadi. Bu oxirgisi esa to’ldiruvchi donasi xajmiga mos keladi bunda qum va idishni zichlash mumkin emas. To’ldiruvchining suvli muhitdagi hajmi, uning qum yoki boshqa muhitdagi xajmidan farq qilishi mumkin. Beton tarkibini hisoblashda beton tarkibida to’ldiruvchi donasi egallagan xajmni bilish kerak. Ko’p to’ldiruvchilar uchun ayniqsa ochiq g‘ovakli to’ldiruvchilar uchun bu hajm yuqorida keltirilgan usulda kam aniqlanadi, chunki dona ochiq g‘ovaklari suv yoki sement bilan to’ladi. Shu sababli UzRST ga ko’ra to’ldiruvchi donalarining zichligini sement qorishmada aniqlash yaxshi samara beradi. Quruq g‘ovak to’ldiruvchi (shag‘al yoki chaqiq tosh) 3,5 l xajmda, 1,7 kg sement va 3,4 kg kvars qumi olinadi. Beton qorishmasini aniq konsistensiyaga kelgunicha suv qo’shiladi. Aralashtirilgan beton qorishmasi 15 minut davomida ushlab turiladi. So’ngra barcha qorishma 5l sig‘imli idishga solinadi va 30-60 sekund davomida zichlanadi (vibromaydonchada), beton qorishmasining zichligi aniqlanadi. Yirik to’ldiruvchining sement qorishmasidagi zichligi (g/sm³) quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: bu erda: ρ sm – beton qorishma zichligi , kg/l m 3 – quruq g‘ovak to’ldiruvchi massasi , kg M – aralashmadagi barcha materiallar sarfi, (suv xam inobatga olinadi ), kg m s – aralashmadagi sement massasi, kg ρ s - siment chichligi, UzRST bo’yicha – 3,1 g/sm³ teng. m k – aralashmadagi kvars qumi massasi, kg ρ k - kvars qumi zichligi – 2,65 g/sm³ ga teng. m suv – aralashmadagi suv massasi, kg To’ldiruvchining modda zichligi boshqa qurilish materiallari singari namunani juda mayda kukun xolatida maydalab, so’ngra namuna kukunini absalyut xajmining kukunga kiritilgan suv yoki kerosin xajmiga nisbati pinometr yoki Le-Shatel’e asbobida aniqlanadi. To’ldiruvchilarning bo’shliqligi To’ldiruvchi bo’shliqligi yoki donalar orasidagi bo’shliq, to‘ldiruvchi erkin to’kilgandagi donalar orasidagi bo’shliqni umumiy xajmga bo’lgan nisbatiga aytiladi va % da aniqlanadi (zichlanmagan xolda). Agar uyilma zichlik –ρ u (kg/m³) va uning zarrachalari zichligi–ρ 3 (g/sm³) malum bo’lsa, unda to’ldiruvchining donalari orasidagi bo’shliq quyidagi formula asosida topiladi: G‘ovak to’ldiruvchining donalari orasidagi bo’shliqni tajribada aniqlashda, to’ldiruvchi namuna o’lchov idishiga (2.1-jadvalga) solinadi va suv quyiladi. Malum vaqtdan so’ng idish usti mayda ko’zli elak bilan ëpiladi, idishdagi suv to’kiladi. So’ngra suvga shimdirilgan to’ldiruvchi bilan idish birgalikda torozida tortiladi. Idishga lim to’lguncha suv solinadi va yana tarozida tortiladi, tajriba yo‘li bilan aniqlangan g‘ovak to’ldiruvchining donalari orasidagi bo’shliq quyidagi formula asosida topiladi: Bu erda: m suv - oxirgi to’ldirib solingan suvning massasi, kg V-idishning hajmi,l G‘ovak to‘ldirgichning donalari orasidagi bo‘shliqni tajribada aniqlagandan so‘ng zarrachalar zichligi p z (g/sm 3 )ni aniqlash mumkin: Agar to’ldiruvchining bo’shliqligini zichlangan xolatda bilish kerak bo’lsa, u xolda (4)formuladagi uyilma zichlik o’rniga, to’ldiruvchining zichlangan xolatdagi zichligi olinadi. Agar to’ldiruvchining donalaridagi ochiq g‘ovaklar betonda sement qorishmasi bilan to’lgan xolatdagi bo’shliqligini aniqlaydigan bo‘lsak, u xolda (4)formuladagi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling