Mavzu: Yagona identifikatsiya tizimi


Bitta akkaunt - barcha elektron hukumat tizimlari


Download 130.91 Kb.
bet2/3
Sana26.02.2023
Hajmi130.91 Kb.
#1232107
1   2   3
Bog'liq
5. Yagona identifikatsiya tizimi

Bitta akkaunt - barcha elektron hukumat tizimlari




ONE IDning elektron hukumat tizimlari bilan integratsiyasi barcha tegishli resurslarga kirish uchun bitta akkauntdan foydalanish imkonini beradi. OneID akkauntingizdan foydalanib, barcha xizmatlar va servislardan foydalanishingiz mumkin.


Yuridik shaxslarni identifikatsiya qilish


Agar siz jismoniy shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan tashkilot (korxona) rahbari bo‘lsangiz, o‘z shaxsiy kabinetingizda tashkilotingizni qo‘shishingiz mumkin. Buning uchun tashkilot rahbari nomiga olingan ERIni ONE ID tizimidagi kabinetingizda taqdim etishingiz kerak. Yuridik shaxsni qo‘shish orqali siz tashkilotingiz nomidan davlat xizmatlaridan foydalanish huquqini boshqa foydalanuvchilarga (xodimlaringizga) topshirishingiz mumkin.

Boshqa saytlar bilan integratsiya

Agar siz veb-sayt egasi bo‘lsangiz va har qanday xizmatlarni (bank, elektron tijorat va h.k.) taqdim etish uchun foydalanuvchini shaxsini aniqlashni istasangiz, unda OneID qonuniy va qulay usuldir. Yagona identifikatsiya tizimi qonun bilan mustahkamlangan. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 17 dekabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektron hukumat” foydalanuvchilarini identifikatsiya qilishning yagona tizimi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, Yagona identifikatsiya tizimidagi foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishonchli hisoblanadi.

Foydalanish shartlari


Ushbu Foydalanish kelishuvi (keyingi o‘rinlarda – Kelishuv) O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi «Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi» davlat muassasasi (keyingi o‘rinlarda – Markaz)ning ommaviy ofertasi hisoblanadi va har qanday murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs (keyingi o‘rinlarda – Foydalanuvchi) bilan «Elektron hukumat» tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda – Identifikatsiya tizimi)dan foydalanish shartlari va qoidalarini belgilaydi.
Ushbu Kelishuv shartlari barcha Foydalanuvchilar uchun bir hil hisoblanadi.
1. Atamalar va ta’riflar


Download 130.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling