Mavzu: Yakka tadbirkorlikning afzalliklari va kamchliklari Reja


Download 87.5 Kb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi87.5 Kb.
#1018195
  1   2   3   4
Bog'liq
2 mavzu


Mavzu: Yakka tadbirkorlikning afzalliklari va kamchliklari
Reja:



  1. Yakka tadbirkorlikning afzalliklari




  1. Yakka tadbirkorlikning kamchiliklari




  1. Yakka tadbirkorlik muhiti va unga ta’sir etuvchi omillar




  1. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning maqsadi va vazifalari

Xulosa



Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Barcha ko‘rinishdagi tadbirkorlik faoliyatlari turli belgilariga qarab toifalarga ajratiladi: xususan, faoliyat turi, mulkchilik shakli, mulkdorlar soni, tashkiliy-iqtisodiy shakllari, yollanma mehnatdan foydalanish darajasi va hokazolar bo‘yicha. Bulardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz. Turi yoki qo‘llanilishi bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatlari - ishlab chiqarish, moliyaviy, tijorat-konsultativ va boshqa turlarga bo‘linadi. Bular barchasi birgalikda yoki alohida faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
Mulkchilik shakli bo‘yicha korxona mulki xususiy, davlat, munitsipal bo‘lishi shuningdek, jamoa birlashmalari (tashkilotlari) ixtiyorida bo‘lishi mumkin. Bu borada mulkka egalik qilish huquqini belgilashda, mulkni xususiy, davlat, munitsipal yoki jamoa ixtiyorida ekanligidan qatiy nazar turli cheklamalarga yoki imtiyozlarga davlat tomonidan ko‘rsatma berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mulkdorlar soni bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati yakka tartibli yoki jamoa shaklida bo‘ladi. Yakka tartibli tadbirkorlikda mulk bir jismoniy shaxsga tegishli bo‘ladi. Jamoa tadbirkorligida esa mulk bir necha subyektga tegishli bo‘lib, ularning mulkka egalik hissalari aniqlangan yoki aniqlanmagan bo‘lishi mumkin. Bu borada mulkka egalik, undan foydalanish va ishlatish barcha mulkka egalik qiluvchilarning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Tadbirkorlikni shakllari bo‘yicha: tashkiliy - huquqiy va tashkiliy iqtisodiy turlarga bo‘lish mumkin. Tashkiliy - huquqiy shakldagi tadbirkorlik jumlasiga shirkatlar, jamiyatlar, kooperativlar kiradi.
Shirkatlar - tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun tashkil etilgan shaxslar uyushmasidir. Shirkatlar korxonani tashkil etilishida ikki yoki undan ortiq shaxslar ishtirok etgan taqdirda tuziladi. Shirkat uyushmalarining afzalligi shundaki, ularda qo‘shimcha kapitalni jalb etish imkoniyati mavjuddir.
Bundan tashqari, mulk egasining bir nechta ekanligi, korxona ichida, egadorlarning bilimi, tajribasiga qarab, bir necha ixtisoslashgan sohani tashkil. etish imkonini beradi. Lekin tadbirkorlikning bunday tashkiliy-huquqiy shakli kamchiliklarga ega bo‘lib, ular quyidagilarda namoyon bo‘ladi: har bir shirkat ishtirokchisi o‘zining qo‘shgan hissasidan qatiy nazar. bir xil javobgarlikka ega. Bundan tashqari bir sherikning harakati qolgan sheriklar uchun, agar ular bunga qarshi bo‘lsalarda, majburiy bo‘lishi mumkin.
Shirkatlar mas’uliyati cheklanmagan va mas’uliyati cheklangan ikki guruhga bo‘linadi. Jamiyatlar, kamida ikki fuqaro yoki huquqiy shaxs tomonidan, ularning mablag‘larini birlashtirish orqali (pul yoki natura ko‘rinishida) xo‘jalik yuritish faoliyatini amalga oshirish maqsadida tuziladi. Mas’uliyati cheklangan jamiyat a’zolari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar hisoblanmaydi. Ular faqat o‘zlari qo‘shgan hissalari qiymati doirasida javobgardirlar. Bulardan farqli o‘laroq, qo‘shimcha masuliyatli jamiyat a’zolari o‘zlarining barcha mulklari bo‘yicha javobgar hisoblanadilar.
Tadbirkorlikning eng ko‘p tarqalgan ko‘rinishi aksiyadorlik ja-miyatidir. Ularning farqi shundaki, ularga qimmatli qog‘oz - aksiya chiqarish yo‘li bilan zarur mablag‘ni ishlab chiqarishga jalb etish huquqi berilgan. Bu borada aksiyadorlik jamiyati a’zolari jamiyat faoliyati yakunlari bo‘yicha, o‘zlari egalik qilayotgan aksiyalar qiymati chegarasida javobgar hisoblanadilar.
Ishlab chiqarish yoki boshqa xo‘jalik yuritish faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida shaxslar guruhi tomonidan tuzilgan korxona kooperativ korxona deb ataladi.
Kooperativ a’zolari uchun, ularning shaxsan mehnat qilishlari yoki kooperativ faoliyatida qatnashishpari, shuningdek ular tomonidan badallarni birlashtirishi majburiydir.
Tadbirkorlikning asosiy tashkiliy-iqtisodiy shakllariga kon-sernlarni, assotsiatsiyalarni, konsorsiumlarni, sindikatlarni, kartellarni, moliyaviy — sanoat guruhlarni kiritish mumkin.
Konsern - ko‘p tarmoqli aksiyadorlik jamiyati bo‘lib, korxona-larni qatnashishi tizimi orqali nazorat qiladi. Konsern tarmoqlanib chiqqan sho‘ba kompaniyalarning aksiyalari nazorat paketlariga egalik qiladi. O‘z navbatida sho‘ba kompaniyalar ham boshqa aksiyadorlik kompaniyalar (jumladan chet ellardagi) aksiyalari nazorat paketlariga egalik qilishi mumkin.
Assotsiatsiya — iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lgan korxonalar, tashkilotlarning ixtiyoriy birlashmasidir. Assotsiatsiyaga birlashgan korxona va tashkilotlar ayni paytda boshqa tuzilmalar tarkibiga ham kirishi mumkin. Odatda, assotsiatsiya tarkibiga bir hududda joylashgan, bir sohaga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlar kiradi. Assotsiatsiyaga birlashishdan asosiy maqsad - ilmiy-texnika, ishlab-chiqarish, iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa muammolarni birgalikda hal etishdir.
Konsorsium - yirik moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida tuzilgan tadbirkorlarning uyushmasidir.
Tadbirkorlarning bunday uyushmasi yirik loyihalarga mablag‘ sarflash imkoniga ega bo‘lib, bunda tavakkalchilik bir muncha kamayadi, chunki javobgarlik ko‘plab qatnashchilar o‘rtasida taqsimlanadi.
Sindikat - ortiqcha raqobatchilikni cheklash maqsadida, mahsulot sotish uchun tuzilgan bir tarmoqdagi korxonalar birlashmasidir.
Kartel — bir. sohadagi korxonalarning, mahsulot, xizmat narxlari, bozorni taqsimlanishi, umumiy ishlab chiqarish hajmidagi qissasi va boshqalar bo‘yicha kelishuvidir.
Tadbirkorlikning yangi tashkiliy - iqtisodiy shakli moliya-sanoat guruhidir (MSG). Ular sanoat, bank, sug‘urta va savdo kapitalining shuningdek, korxona va tashkilotlarning intellektual potensiallari birlashmasini tashkil etadi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda tijorat korxonalarining asosiy shakllari
Bularga xususiy tadbirkorlik firmalari, hamkorlik korxonalari, kooperatsiyalar kiradi. «Firma» deganda xo‘jalik mustaqilligiga ega bo‘lgan, ishlab chiqarish yoki boshqa faoliyat yurituvchi iqtisodiy subyekt tushuniladi.
Xususiy tadbirkorlik firma - shunday korxonaki, uning egasi o‘z manfaatlari yo‘lida mustaqil ish olib boradi.


  1. Download 87.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling