Yallig’lanishning maxalliy belgilari (Tsels va Galen bo'yicha) - Qizarish (rubor) - arterial giperemiya rivojlanishi bilan bog’lik
- Qizish (calor) - (maxalliy haroratning oshishi) - arterial giperemiya va yallig’lanish o’chog’ida metabolizm kuchayishi natijasida yuzaga keladi
- Og’rik (dolor) –nerv oxirlarining ekssudat bilan qisilishi, ularga yalliglanish mediatorlari va K+ ionlarining ta'siri natijasida kelib chiqadi
- Funktsiya buzilishi (functio laesa) – xujayralar halok bo’lishi va tuqimalar shikastlanishi natijasida rivojlanadi
YALLIG’LANISHNING UMUMIY BELGILARI - Leykositoz – leykositlarni suyak ko’migi rezervi(zaxirasi)dan chiqishi va leykopoez kuchayishi tufayli
- Yallig’lanish o’tkir faza oqsillari – qonda ularning miqdori 50%-dan ortiq oshadi; ular asosan jigarda hosil buladi va himoya xususiyatiga ega (proteazalar ingibitorlari – antitripsin; antioksidantlar – gaptoglobin, tseruloplazmin; immunoglo-bulinlar, antitanalarga uxshash moddalar – S-reaktiv oksil)
- Eritrositlar chukish tezligi (ECHT)ning oshishi – yalliglanishda konda yirik molekulyar oksil (globulin, fibrinogen)lar to’planib, eritrositlar ustiga cho’kib ularning manfiy zaryadini o’zgartiradi va eritrositlar agregasiyasini chaqiradi
- Intoksikasiya – yallig’lanish o’chogidan to’qimalar shikastlanishining maxsulotlari qonga so’riladi
Patogenez - Birlamchi alterasiya – shikastlovchi omilning tuqimalarga bevosita ta'siri oqibatida rivojlanadi
- Ikkilamchi alterasiya – birlamchi alterasiya natijasidir. Uning rivojlanishiga quyidagilar ta'sir ko’rsatatdi: metabolizm o’zgarishlari (maxalliy asidoz, giperosmiya, giperonkiya), mikrosirkulyasiya buzilishi, erkin radikallar va mediatorlar xosil bulishi, birlamchi shikastlangan xujayralardan lizosomal fermentlarning ajralishi
Do'stlaringiz bilan baham: |