KIRISH
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar
strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni bilan “2017-2021 yillarda O’zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha
Harakatlar strategiyasi” tasdiqlandi. Unga ko’ra Yalpi talab va taklifni
samaradorligini yanada oshirish ichki va tashqi bozorni tavar bilan taminlash
maqsad qilib olingan.
Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori
iqtisodiy oʼsish surʼatlarini saqlab qolish:
makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan oʼrta
muddatli dasturlar
asosida tarkibiy va institutsional oʼzgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi
ichki mahsulotning barqaror yuqori oʼsish surʼatlarini taʼminlash;
xarajatlarning
ijtimoiy yoʼnaltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha
darajalarida mutanosiblikni taʼminlash, mahalliy byudjetlarning
daromad qismini
mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish; soliq
yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish
siyosatini davom
ettirish, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va tegishli ragʼbatlantiruvchi
choralarni kengaytirish; ilgʼor xalqaro tajribada qoʼllaniladigan
instrumentlardan
foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish.