Mavzu: Yangi dori turlaridan foydalanish qoidalari bo'yicha maslahatlar


Download 9,58 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi9,58 Kb.
#1599963
Bog'liq
1 mavzu


Toshkent Farmatsevtika instituti Sanoat Farmatsiya fakulteti 202 A Sultonova Madinabonu
Mavzu: Yangi dori turlaridan foydalanish qoidalari bo'yicha maslahatlar
Reja:
1. Yangi dori turlaridan foydalanish
2. Yangi dori turlari
Dorixona Sog'liqni saqlash tizimining ajralmas tarkibiy qismidagi
tibbiyot muassasasi bo lib u aholini davolash - profilaktika muassasalarini (DPM) va boshqa tashkilotlarni uzluksiz ravishda dori vositalari

sanitariya-gigiyena buyumlari, bog‘lov materiallari va bemorlarni parvarish qilishda ishlatiladigan ashyolar bilan ta'minlash bilan shug‘u1lanadi.

Dorixonalar asosan dori tayyorlash, ta'minot, savdo, moliya va xo‘-

jalik ishlari bilan shug'ullanib, ularni ishlab chiqarish faoliyati shifokorlar tomonidan yozib berilgan retseptlari DPMIarning talabnomalari

asosida dori vositalarini tayyorlab beradi. Katta miqdordagi ayrim dori

vositalari laboratoriyada - qadoqlash usuli bilan tayyorlanadi, ularning

sifati nazorat qilinadi va tayyor dori vositalari aholi va DPMIarga sotiladi.

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng, Respublika Vazirlar Mahkamasining 1994-yil U-martdagi 132-sonli Qarori

asosida rcspublika «Dori-darmon» davlat aksionerlik uyushmasi tashkil

etildi, shu qarorlar asosida mulkchilikning xususiy jamoa hamda aksioner

dorixonalar uyushmasi tashkil etildi.

Dorixonalar maxsuslashtirilgan bo'ladi chunki, maxsuslashtirilgan

dorixonalar aholini va DPMlarning yuqori sifatli faoliyatini ta'minlash

xizmatiga ega boMadi, maxsuslashtirilgan dorixonalar quyidagi sifat ko‘rsatkichlari bilan farq qiladi:

1. Tayyor dori vositalarning oldi-sotdi savdosi bilan shug'ullanadigan

maxsus tayyor dorilar bilan savdo qiluvchi dorixonalar;

2. Ta'minoti, faoliyati, xususiyati bilan farq qiladigan mayda ulgurji

savdo shifoxonalararo dorixonalar;

3. Aholida kontingentli bemorlarga xizmat qiladigan, bolalar va yoshi

ulug‘ qariyalarga xizmat qiladigan geriatrik dorixonalar;4. Sotilayotgan dorilarning maxsus guruhlarga xos dori vositalari,

dorivor o'simliklar bilan savdo qiladigan dorixonalar gomeopatik dorixonalar va maxsus kasallarni davolashga ixtisoslashtirilgan. (Teri-tanosil,

ruhiy va diabet kasalliklari uchun dorixonalar).

Shuningdek, o'quv ishlab chiqarish dorixonalari boMishi mumkin.

Aksionerlik dorixonalar esa, o‘z faoliyatlarini ko'rsatishda tuman, shahar

va qishloq hududida joylashib, aholiga dori vositalari hamda boshqa

tibbiyot buyumlari savdosi bilan xizmat qiladi.

Tayyor dori vositalari savdosi bilan xizmat qiladigan dorixonalar

asosan shahar, qishloq, poliklinikalar qoshida va boshqa joylarda tashkil

qilinib, ular aholini retsept asosida yoki, retseptsiz berishga ruxsat etilgan

dori vositalari, tibbiy buyumlar, sanitariya-gigiyena buyumlari, bog‘lov

matcriallari va bemorlarni parvarish qilishda ishlatiladigan ashyolar bilan

uzluksiz ta'minlab turadi.

Maxsus bolalarga xizmat qiladigan dorixonalar asosan, katta shaharlarda yoki viloyat markazlarida tashkil etilib, bolalar uchun ishlab

chiqarilgan kichik dozada tayyorlangan dori vositalari yoki ekstemporal

ravishda retsept asosida tayyorlanadigan dori vositalari bilan savdoni

amalga oshiradi. Dorixonada dori tayyorlash uchun zarur dori xomashyolari (substansiyalar) va yordamchi materiallar boMishi zarur, shuningdek, tayyorlanadigan dori vositalari boshqa tayyorlanadigan dori

vositalardan ta'mi, rangi va tashqi ko‘rinishi bilan farq qilishi ko‘zda

tutiladi.

Geriatrik dorixonalar asosan yoshi ulug' insonlarga xizmat qilish

uchun maxsuslashtirilgan bo‘lib, ushbu dorixonalar qariyalarni yoshi,

ruhiy, fiziologik holatlarini e'tiborga olib tegishli tartibda shifokorlar

tomonidan yozib berilgan retseptlar asosida dori vositalarini berishlari

ko'zda tutilgan. Shuningdek, ushbu dorixonalar dorilarni saqlash, ichish

tartib-qoidalarini ularga aniq tushuntirib berishlari va qariyalarga dori

vositalarini qabul qilish bo‘yicha maslahat beruvchi markaz hisoblanadi.

Geriatrik dorixonalar shu toifadagi dori vositasi bilan ta’minlanayotganligini har taraflama tahlil qilib, ular uchun zarur dori vositalari va

tibbiy buyumlar ehtiyojini doimo o'rganib boradi va shularni dorixonada

uzluksiz ravishda boMishini ta'minlaydi.

Dorivor o‘simliklar dorixonasi, odatda, yirik shaharlar va viloyat

markazlarida aholini dorivor o‘simliklardan tayyorlangan dori vositalar:

damlama, qaynatma holida shifokorlar retsepti bilan va retseptsiz har xil choylar holida, sharbatlar shaklida fitobarlarda tayyorlab aholi uchun

foydali va nisbatan bczarar bo'lgan dori vositalari bilan ta'minlash uchun



tashkil qilinadi.
Download 9,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling