Mavzu: Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Yangi O‘zbekiston orzusi. Yangi O‘zbekiston fenomeni


Download 248.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana04.02.2023
Hajmi248.06 Kb.
#1161327
  1   2   3
Bog'liq
1-topshiriqning javobi



Mavzu: 
Yangi O‘zbekiston strategiyasi. 
 
1.Yangi O‘zbekiston orzusi. Yangi O‘zbekiston fenomeni. 
Bu yorug‘ dunyoga kelgan har bir inson orzu-umidlar bilan yashaydi, kelajak 
haqida turli-tuman rejalar tuzadi, xayrli niyatlar qiladi. Xuddi shunday har bir 
xalqning ham tinch-totuv yashash, farovon hayot, barqaror taraqqiyot bilan 
bog‘liq orzulari bo‘lishi tabiiy. 
Jahon xalqlari siyosiy 
lug‘atlarida "Amerika orzusi", "Britaniya orzusi", 
"Rossiya orzusi", "Yaponiya orzusi", "Xitoy orzusi" degan tushunchalar 
mavjudligi buni yaqqol tasdiqlaydi.Ular besabab va tasodifan shakllanmagan. 
Ushbu tushunchalarning har biri o‘sha xalqning umumiy orzu-umidlari, ular 
yashayotgan davr va kelajakka doir maqsad-muddaolarni ifoda etadi.Muayyan 
xalq yoki hudud aholisining asrlar davomida shakllangan va umumijtimoiy 
orzularini ifodalaydigan bunday tushunchalar zamirida nihoyatda teran ma’no-
mazmun mujassam ek
ani shubhasiz. Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston 
strategiyasi xuddi shunday hayotbaxsh xususiyat kasb etmoqda, xalqimizni 
yorug‘ kelajakka chorlab va yangilanishga safarbar qilib, umumiy maqsadlar 
yo‘lida birlashtirib turadigan yaxlit ma’naviy asos va mezonga aylanib 
bormoqda. 
O‘z kuch va imkoniyatlarimizga bo‘lgan ishonch bizni Yangi O‘zbekistonni 
barpo etish va Yangi Uyg‘onish davri poydevorini yaratishdek ulug‘ maqsad 
yo‘lida birlashtirib, yanada kuchli va mustahkam qilmoqda.Bizning 
zimmamizga tushgan ana shunday ulkan, tarixiy missiyani muvaffaqiyatli ado 
etish, jonajon Vatanimizni yanada taraqqiy ettirishga qaratilgan og‘ir va 
mashaqqatli, shu bilan birga, g‘oyat sharafli intilishlar ulkan amaliy harakat va 
natijalarga aylanib bormoqda.Shu jihatdan, Yangi 
O‘zbekiston - barchamizning 
ezgu 
orzumiz, 
mehnatkash, 
tinchliksevar 
xalqimizning 
orzusi!Unda 
xalqimizning azaliy umid-
niyatlari, yuksalish sari intilishlari o‘ziga xos tarzda 
aks etmoqda. 
Yangi O‘zbekiston orzusi ham, jahondagi milliy taraqqiyot g‘oyalarini 
o‘zida jamlagan boshqa favqulodda hodisalar kabi, asrlar davomida shakllanib 
va sayqallanib kelmoqda.Bu orzuda mujassam bo‘lgan xalqimizning istagi, 
xohish-
irodasi insonparvar va taraqqiyparvar g‘oyalarda o‘z ifodasini topganiga 
qadim tariximiz guvoh. Davrlar nafasi va xalqning ehtiyoj hamda manfaatlari, 
intilish hamda orzu-havaslariga monand ravishda u, goh ezgulik va adolat, goh 
qudratli davlat va adolatli shoh, goh komil inson va ma’rifatli jamiyat bilan bog‘liq 
olijanob g‘oyalarda namoyon bo‘lgani ma’lum. 
U dastlab, qadimgi davrlarda "Avesto"da o‘z talqinini topgan hayotiy 
g‘oyada mujassam edi, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Ayni shu orzu "Ezgu fikr, ezgu so‘z 


va ezgu amal" tamoyilining xalq tafakkuri va turmush tarzidan mustahkam o‘rin 
olishiga sabab b
o‘ldi. Shu tariqa ezgulik va insonparvarlikni himoyalash 
xalqimiz mentaliteti va ma’naviyatining muhim tarkibiy qismiga, hayotiy 
faoliyatining asosiy yo‘nalishiga aylandi. 
O‘zbekiston tushunchasida mujassam bo‘lgan xalq orzusi tarixiy 
taraqqiyotning barcha 
davrlarida millatning yetuk vakillarini uni ro‘yobga 
chiqarish yo‘lida amaliy harakatlarga undab keldi. 
Qadimiy Turon hududida sak-massagetlarni ruhlantirib, dushmanlarga 
qarshi ayovsiz jangga boshlagan,To‘marisning kuchiga kuch qo‘shgan qudrat, 
ku
ch xalq orzusiemasmidi? Istilochilarning yovuz qo‘shinlariga yolg‘iz qarshi 
chiqish uchun afsonaviy Shiroqqa, aslida esa, nomlari olis tarix sahifalarida 
unut bo‘lgan qahramon bobolarimizga jasorat va qahramonlik hissini bergan 
ham ana shu manba emasmidi?Yengilmas Aleksandr Makedonskiyga qarshi 
butunSo‘g‘d va Baqtriyani safarbar qila olgan Spitamenga azmushijoat 
bag‘ishlagan ham xalq orzusi emasmidi? Bu asriy orzu xalqimiz erishgan 
Birinchi Renessansga va ilk o‘rta asrlardagi Ma’rifiy Uyg‘onish davriga asos 
bo‘lgan, uning ma’naviy poydevori sifatida xizmat qilgan desak, 
yanglishmagan bo‘lamiz. 
Ajdodlarimiz armonlari o‘sha davrda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, 
Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Mansur 
Moturidiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi mutafakkir bobolarimiz 
hayoti, faoliyati, asarlarida o‘z talqinini topgan adolat va adolatparvarlik 
g‘oyalarida mujassam bo‘ldi.Bu oliy havas Mahmud Zamaxshariy va Najmiddin 
Kubroni uyg‘otdi, ushbu buyuk allomalarning g‘oyalarida, asarlari va xayrli 
amallarida aks etdi.Bu azaliy intilish Jaloliddin Manguberdini tarbiyaladi, uni 
haqiqiy vatanparvar, yovqur bahodir shaxsga aylantirdi. Garchand u boy 
berilgan saltanatni asrab qololmagan bo‘lsa-da, el-yurt mustaqilligi va ozodligi 
yo‘lida kurashgan mard inson, milliy qahramon sifatida asrlar osha 
xalkimizning tarixiy xotirasida abadiy saqlanib qoldi. 
Xalq orzusi Aziziddin Nasafiy, Abu Mu’in Nasafiy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, 
Xoja Ahmad Yassaviy, Zangi ota, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy 
kabi aziz avliyo bobolarimizni tarbiyaladi, ularning kamoloti va ezgu faoliyatida 
o‘ziga xos ma’naviy tayanch bo‘ldi.Bu orzu Sohibqiron Amir Temur bobomizni 
jahon sahnasiga olib chiqdi va Temuriylar Renessansi, Ikkinchi Uyg‘onish davri 
g‘oyalari va xalqimizning bunyodkorlik faoliyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. 
Markazlashgan qudratli davlat va qonun ustuvor bo‘lgan adolatli jamiyat 
g‘oyasida mujassam bo‘ldi.Aynan xalq armonini ro‘yobga chiqarishga bo‘lgan 
intilish Amir Temur ibn Tarag‘ay Bahodir davrida nafaqat mamlakat 


mustaqilligini ta’minlash, balki qudratli davlat barpo etish, iqtisodiyot, 
madaniyat, san’at va ilm-fan sohalarini rivojlantirishga xizmat qildi. 
Xalqimizning orzu-
intilishlari Mirzo Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, 
Davlatshoh Samarqandiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi 
Ikkinchi Uyg‘onish davrining buyuk siymolarini uyg‘otdi, ularning asarlari va 
faoliyatida o‘z talqinini topgan odil podsho, adolatli jamiyat, komil inson 
g‘oyalarida namoyon bo‘ldi.O‘sha davrlarda bu orzu komillikka eltadigan iymon 
va e’tiqodni millat vakillari uchun muqaddas qadriyatga aylantirdi. Natijada 
komillik va ma’rifat sari intilish tuyg‘usi xalqimiz mentalitetidan mustahkam va 
bir umrlik joy oldi.Davr farzandlarini yuksak fazilatli insonlar etib tarbiyalash 
o‘sha zamon ma’rifatparvarlarining hayotiy va fuqarolik e’tiqodiga aylandi. 
Bu orzu Mashrab va Komil Xorazmiy, Munis va Ogahiy, Berdax va Ajiniyoz, 
Ahmad Donish singari ma’rifatparvarlarni uyg‘otdi. Muqimiy, Furqat, Zavqiy, 
Nodira va Dilshodi Barno, A
nbar Otin asarlarida o‘z ifodasini topgan bilim va 
ma’rifatga intilish g‘oyalarida mujassam bo‘ldi. 
Bu orzu Behbudiy va Avloniy, Hamza va Munavvarqori, Fitrat va Cho‘lpon, 
Abdulla Qodiriy va Usmon Nosir kabi minglab jadid bobolarimizni uyg‘otdi. 
Ularning x
alq erkinligi va saodati yo‘lidagi ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amallari 
uchun ulkan ma’naviy omil bo‘ldi.Bu orzu ma’naviyat va ma’rifatni odamni 
nafaqat komillikka, erkin va farovon turmushga yetaklovchi, balki xalqni milliy 
mustaqillikka eltuvchi beqiyos kuch sifatida anglab yetish imkonini berdi.Bu 
ulug‘ orzu asrlar davomida xalqimizni ezgu amallar sari yo‘llab, uning iymon-
e’tiqodini g‘ayriinsoniy g‘oyalardan, millatni turli tahdidlardan muhofaza qilib, 
o‘ziga xos ma’naviy qalqonga aylandi.Shu tariqa uzoq o‘tmishdan hozirgi 
davrgacha milliy tafakkurimiz negizida shakllanib kelgan, turli g‘oya va amaliy 
harakatlarda o‘z ifodasini topgan el-yurtimizning orzu-umidlari bugungi kunda 
Yangi O‘zbekiston tushunchasida jamuljam bo‘ldi. 
Irodasi, shaxdu shiddati bu
yuk xalqimizning bunday yorug‘ va teran orzusi 
jamiyatimizning yangi qiyofasini yaratish uchun yuksak marralarga intilayotgan 
xalqimizni Uchinchi Renessans g‘oyasi atrofida yanada jipslashtirmoqda. 
Bunga butun dunyo guvoh bo‘lmoqda.Bu yo‘lda ana shunday ulkan tarixiy 
asoslarga, xalqimizning azmu qaroriga tayanib faoliyat olib borsak, ko‘zlagan 
maqsadimizga albatta,yetamiz. 
Eng muhimi, bunday ezgu fikr va intilishlar yon-atrofdagi xalqlar va davlatlarga 
nisbatan asossiz da’volar yoki o‘z qobig‘iga o‘ralib olishga sabab bo‘ladigan 
proteksionizm va izolyutsionizm tamoyillaridan mutlaqo xolidir.Aksincha, Yangi 
O‘zbekiston orzusi va uning asosida ishlab chiqilgan strategiyada Markaziy 
Osiyodagi qo‘shnilarimiz, butun jahon hamjamiyati, uzoq-yaqindagi davlatlar bilan 
o‘zaro manfaatli hamkorlik, tobora globallashib borayotgan bugungi dunyodagi 


muammolarni birgalikda hal qilish, eng rivojlangan mamlakatlar safiga kirishdek 
amaliy sa’y-harakatlar mujassam. Imom Buxoriy bobomiz o‘z kitoblarida keltirgan 
muborak hadisda 
aytilganidek, "Barcha amallar niyatga qarab bo‘ladi". Ishonchim
komilki, pok niyatlar bilan boshlagan xayrli ishlarimiz albatta ijobat bo‘lg‘ay.Bu 
boradagi eng asosiy yutug‘imiz - xalqimizning siyosiy tafakkuri va ijtimoiy faolligi 
yuksalib bora
yotgani, atrofdagi voqealarga beparvo bo‘lmasdan, aksincha, 
islohotlarimizga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashayotganidir. 
Yangi O‘zbekiston strategiyasi, olijanob niyatlarni amalga oshirish, yangi 
hayot qurish yo‘lidagi beqiyos o‘zgarishlar xammamizdan fidoyilik va 
bunyodkorlikni, yanada katta jonbozlikni talab etmokda. 
Bugun kelgusi yillar uchun reja va dasturlarimizni aniq belgilab olar 
ekanmiz, mustaqillik davrida erishgan yutuqlarimizni yanada mustahkamlab, 
jamiyatimizning barcha sohalarini rivojlantirish
ga alohida e’tibor qaratamiz. 
Barchamiz "Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" degan 
yagona maqsad atrofida birlashib, mas’uliyat va javobgarlikni chuqur his etgan 
holda, fidokorona mehnat qilib, farzandlarimiz, kelgusi avlodlar uchun gullab -
yashnagan, ozod va obod mamlakatni meros qilib qoldiramiz. 

Download 248.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling