Mavzu: Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz reja


Download 436 Kb.
bet16/42
Sana05.05.2023
Hajmi436 Kb.
#1427246
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42
Bog'liq
Ma\'naviyat soatlari ma\'ruza matnlari 2022 2023 o\'quv yili

QOBUSNOMA (parcha)
Ey farzand, aslingning qadr-u qimmatin bil va asli kam odamlardin bo‘lmagin. Bu dunyo bir ziroatgohdir, har nima eksang shuni o‘rasan va har na so‘z desang, shuni javobini eshitursan.
Ey farzand, har vaqtkim o‘zingni tanisang, Ollohni tanursan.
Ey farzand, bilgilkim, Xudoyi taolo jahonni behuda va bekor yaratmadi.
Ey farzand, aql yuzasidan farzandga ota-onani izzat va hurmat qilish vojibdir, nedinkim uning asli ota va onadir. Ota va ona farzand uchun o‘limga ham tayyor turadirlar.
Ey farzand, aql bir moldurki, uni ololmas, u o‘tda yonmas, suvga oqmas, bas, aqling bo‘lsa, hunar o‘rgangin.
Ey farzand, ogoh bo‘lki, hunarsiz kishi hamisha foydasiz bo‘lur va hech kishiga naf yetkurmas.
Ey farzand, barcha hunardin so‘z hunari yaxshiroqdir, nedinkim hamma maxluqotdin odam yaxshiroq yaraldi va o‘zga jonivorlardin odam daraja ziyodadir. Tilingni yaxshi hunar bilan o‘rgatgil va muloyim so‘zdan boshqa odat qilma.
Ey farzand, yaxshilik qil va qilg‘on yaxshilikdan hargiz pushaymon bo‘lmagil.
Yaxshilik va yomonlik mukofoti albatta yetgusidir.
Ey farzand, sen hunarni donodan o‘rganmasang, nodondin o‘rgangil.
Ey farzand, badanni o‘zingga mute’ qil va uni qahr birla itoatga buyurgil.
Ey farzand, sen har nechaki dono bo‘lsang, o‘zingni xalqdin donoroq bilmagil, nedinkim o‘zingni nodon bilding — dono bo‘lding.
Ey farzand, yolg‘on va behuda so‘z aytmak devonalikning bir qismidur.
Ey farzand, mehmondil bo‘lgil va mehmonga ta‘na qilmagil.
Ey faizand, bilgilkim, ko‘p kishilar debdurlarkim, hazil-mazah fasodning muqaddimasidur.
Ey farzand, bilgilkim, to kishi tirikdur, do‘stsiz bo‘lmagusidir. Yaxshi-yomon odamni bilgil va ikkoviga ham do‘stlik qilgil. Yaxshilarga ko‘ngil bila va yomonlarga til bila do‘stlug‘ qilgin, toki ikki toifaning ham do‘stligi senga nisbatan hosil bo‘lsin, nedinkim, kishining hojati tanho do‘stiga tushmagusidir. Bir vaqt bo‘lurki, kishining hojati zarurat yuzasidin yomonlaiga ham tushgusidir.
Ey farzand, aqlsiz kishilar bilan hargiz do‘st bo‘lmagil. Aqlsiz do‘st aqlli dushmandin yomonroqdir, chunki aql
siz do‘st shundoq ish qilurki, aqlli dushman uni qila olmas.
Ey farzand, odamlar bilan do‘stliging, o‘rtacha bo‘l
sin. Do‘stim ko‘p deb barchasiga umid birla ko‘ngil qo‘ymagil. Ilgari va keyinga qaragil. Do‘stlaringning e’tiqodidin g‘ofil bo‘lmagil.
Agar qashshoq bo‘lsang, moldor do‘st talab qilmagil. O‘zingga loyiq do‘st axtargil. Agar sen moldor bo‘lsang va qashshoq do‘st tutsang, bu ravodur. Agar do‘stingni ko‘ngli hech gunohsiz sendin qolsa, qaytib kelurga mashg‘ul bo‘l
magil, nedirkim, ta’magir, kekchi do‘stdin uzoq bo‘lgil, uning do‘stligi haqiqiy ermasdir, balki ta’ma uchundir.
Ey farzand, hargiz hech kishini o‘zingga dushman tutmagil. Ammo bir kishi nogoh senga dushman bo‘lsa, aslo qo‘rqmagil, lekin uning oshkor va nihon yurishlaridan g‘ofil bo‘lmagil. O‘zingni dushmanga ulug‘ ko‘rguzgil. Agar ojiz bo‘lsang ham g‘ayrat qilgil, o‘zingni ojiz ko‘rguzmagil.
Dushman har qancha xor bo‘lsa ham uni xor va faqir bilmagilkim, har kim dushmanni xor tutsa, o‘zi tezroq xor bo‘lur.
Ey farzand, g‘iybatchi kishidin qo‘rqqil, nedinkim, uning bir soatda buzg‘on ishini bir yilda tuzatib bo‘lmagaydir.


Download 436 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling