Mavzu: Yangi O’zbekistonda shaxs kasbiy ma’naviyati yuksaltirish omil va vositalari
Download 111.05 Kb.
|
kasbiy ma12 m
Mavzu:Yangi O’zbekistonda shaxs kasbiy ma’naviyati yuksaltirish omil va vositalari. Reja: 1.Ma’naviy sohadagi islohat. 2.Jaholatga qarshi ma’rifat. 3.Fuqoralar islohatiga dahldorligini yuksaltirish. Jamiyatdagi ma’naviy o’zgarishlar ikki turga bo’linadi:
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi: «Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari» g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish; oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash; Targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha bo‘yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish; el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; Aholining internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish; madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san’atning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma’naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish; geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish. Respublikaning barcha viloyat va tumanlarida hududlarda barqaror ijtimoiy va ma’naviy muhitni mustahkamlash, aholi ongida ma’naviyatni oshirish maqsadida «Ma’naviy va ma’rifat maskani» yaratiladi. Shuningdek, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab universitetlarda bakalavriat bosqichida «Ma’naviyatshunoslik», magistratura bosqichida «Kasbiy ma’naviyat» fanlari kiritiladi. O‘tmishdan ma’lumki, har bir inson qalbida o‘z yurtiga sadoqat, fidoiy bo‘lish tuyg‘usi vatanparvarlikning oliy nishonasi hisoblanadi. Zero, inson uchun eng aziz va muqaddas bo‘lgan Vatanni himoya etish, uni sevish va e’zozlash har bir insondan buyuk ma’naviy jasoratni talab etadi. Inson ma’naviyatga qarshi qaratilgan jaholat g‘aflatga, loqaydlik esa beparvolikka gIriftor etadi. Natijada, mazkur holat insonni vatan taqdiriga nisbatan daxldorlik tuyg‘usini yo‘qotish orqali uni ma’naviyatini so`ndirishga zamin yaratadi. Mazkur holat, o‘z navbatida har qanday millat, xalqni o‘z taqdiriga raxna soluvchi tahdidlarga nisbatan muntazam ogoh, sezgir va hushyor bo‘lishga hamda ularga qarshi ma’rifat va ma’naviyat bilan javob berish borasida jiddiy fikrlashni taqozo etmoqda. Barchamizga yaxshi ma’lumki, hozirgi kunda dunyo shiddat bilan o‘zgarib, insoniyatning taqdiri va kelajagiga tahdid solayotgan xavf-xatarlar kuchayib, dunyo miqyosida shafqatsiz raqobat, turli ziddiyat va qarama-qarshiliklar tobora avj olmoqda.Bugungi kunda globallashuvning shiddatli tus olishi dunyo miqyosida g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning tobora avjiga chiqishiga zamin yaratmoqda. Mana shunday bir sharoitda tinchlik, barqarorlikni saqlashda ma’naviyat va ma’rifatga e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu haqda fikr yuritganda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek: “Biz ma’naviyat va ma’rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi, deb bilamiz. Vijdoni, ma’naviyati bor inson Vatanni, albatta, yaxshi ko‘radi. Vijdon, ma’naviyat degani – xalqqa, Vatanga chin yurakdan xizmat qilish deganidir. Mana shunday qarash butun xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan keng va qizg‘in qo‘llab-quvvatlanayotgani ma’naviy tarbiyaning naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi”. Binobarin, Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan mana shunday masalalarga alohida e’tibor qaratilar ekan, bugungi kunda dunyo miqyosida vujudga kelayotgan yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda jamiyatimizda sog‘lom muhitni mustahkamlash, ma’naviyat va ma’rifatga e’tibor qaratish dolzarb ahamiyat kasb etayotganligi tobora oydinlashmoqda Zero, millatimiz va xalqimiz mentalitetini o‘zida namoyon etuvchi buyuk ma’naviyatimizni asrash xalqimiz taqdiri va kelajagi, hayot-mamotimiz vazifasi ekanligini anglash o‘ta muhim vazifadir.Globallashuv davrida dunyoda vujudga kelayotgan tahlikali vaziyat tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dunyo miqyosida keskin g‘oyaviy kurashlarning avj olishi, turli mafkuralar to‘qnashuvi, demokratiya yoki turli diniy ta’limotlar shiorlari bilan “chiroyli” niqoblangan yovuz g‘oyalarni singdirishga intilish tobora kuchayib bormoqda. Xususan, dunyo xavfsizligi va barqarorligiga jiddiy raxna solishga intilayotgan ekstremizm, terrorizm, aqidaparastlik, giyohvandlik kabi tahdidlarning mavjudligi jiddiy fikrlashni talab etmoqda. Bu borada, dunyo miqyosida vujudga kelayotgan tahlikali vaziyatlar kuchayib borayotgan xavf – xatarlar, qonli to‘qnashuvlar, siyosiy va iqtisodiy qarama – qarshiliklar, terrorizm, radikalizmning tobora avj olishi tinchlik va barqarorlikka jiddiy tahdid solayotganligi tobora oydinlashmoqda Adashib yot oqimlar ta’siriga tushgan fuqarolarimiz, xususan, yoshlarimiz qalbi va ongida sog‘lom diniy dunyoqarashni shakllantirish borasida bugungi kunda Davlatimiz va hukumatimiz tomonidan yurtimizda chuqur o‘ylangan, puxta va aniq maqsadga yo‘naltirilayotgan davlat siyosati izchil samarali yuritilmoqda. Bugun kunda barchaga ma’lumki, xalqaro terrorizm, radikalizm, mutaassiblik, ekstremizm kabi muammolar chegara bilmasligi dunyo jamoatchiligini doimo tashvishga solib kelayotir. Ayniqsa, dunyo miqyosida ekstremizm, xalqaro terrorizmga qarshi kurashda ma’rifatni targ‘ib etish g‘oyasi doimo Prezident Shavkat Mirziyoyevning xalqaro miqyosdagi nutq va ma’ruzalarining bosh mavzusiga aylanib bormoqda. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning o‘z ma’ruzalarida jahon hamjamiyati oldida turgan dolzabr muammolarini bartaraf etish borasida davlatimiz tomonidan amalga oshirib kelinayotgan tashabbuslarini alohida ta’kidlash lozim. Bu sohadagi tashabbus va ilg‘or g‘oyalar bugungi kunda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan dunyo miqyosida ham ilgari surilmoqda.Hozirgi nozik va ayni paytda, o‘ta murakkab sharoitda o‘zida yovuz va buzg‘unchi g‘oyalarni namoyon etuvchi illatlarga qarshi ma’rifat bilan kurashish muhim ahamiyat kasb etadi. BMT Bosh Assambleyasining “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklifi bilan murojaat qilar ekan: “Bu hujjatning asosiy maqsadi – barchaning ta’lim olish huquqini ta’minlashga, savodsizlik va jaholatga barham berishga ko‘maklashishdan iborat. Ushbu rezolyutsiya bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta’minlash, e’tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikka ko‘maklashishga qaratilgan. Biz mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi inson, uning ehtiyoj va manfaatlarini ta’minlashdan iborat bo‘lgan eng muhim ustuvor vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning hal qiluvchi sharti aynan shunda mujassam, deb bilamiz”, deya alohida ta’kidlagan edi.Bugungi kunda Yurtimizning bu sohada olib borayotgan islohatlari dunyo miqyosida o‘zga mamlakatlarga namuna bo‘layotganligi alohida e’tirof etilmoqda. Bu xaqda fikr yuritganda 2018-yil 12-dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasining yalpi majlisida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” nomli maxsus rezolyusiya qabul qilinganligini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Mazkur rezolyusiyani qabul qilinishi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil sentyabr oyida Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida ilgari surgan tashabbusning amaliy ifodasi sifatida aytib o‘tish mumkin Bugun fuqarolarimiz muhim qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish, byudjet mablagʻlaridan oqilona foydalanish, davlat xaridlari masalalarini muhokama qilish jarayonlarida faol ishtirok etyapti. Shu asosda davlat tashkilotlari va fuqarolik institutlari oʻrtasidagi hamkorlik va jamoat nazorati yangi bosqichga koʻtarilmoqda. Bu esa Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilayotgan ushbu tamoyilning tasdigʻidir: demokratik islohotlar – biz uchun yagona toʻgʻri yoʻldir, jamiyatning oʻzi esa mamlakatdagi islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisidir. Ekspertlarning eʼtirof etishicha, Oʻzbekistonning siyosiy qiyofasi yangilanishi bilan birga, odamlarning ham, fuqarolik jamiyatining ham dunyoqarashi oʻzgarmoqda. Fuqarolik jamiyati institutlari salmoqli salohiyatga ega boʻlib, ulardan foydalanish islohotlar, qonunchilik hujjatlari va rivojlanish dasturlarini amalga oshirish samaradorligiga erishish imkonini beradi. Keyingi yillarda Oʻzbekiston xalqaro maydonlarda koʻplab tashabbuslarni ilgari surdi. Tashabbuslarning xalq, fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan bevosita qoʻllab-quvvatlanishini nafaqat davlat, balki mintaqaviy va xalqaro miqyosda ilgari surishning muhim mexanizmlaridan biri sifatida koʻrish kerak. Bunda davlat va nodavlat sektorlar saʼy-harakatlari birlashtirilsa, oʻzgarishlar hamda resurslar samaradorligi sezilarli darajada oshadi. Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, mamlakatning kelgusi ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishida “Yangi Oʻzbekiston – ijtimoiy davlat” degan tamoyil konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlanmoqda. Davlatning ushbu tamoyil siyosati ijtimoiy tenglik va adolatni taʼminlash uchun moddiy neʼmatlarni qayta taqsimlashga qaratilgan. Yaʼni shaxs va jamiyat farovonligini taʼminlash uchun erkinlik va qonuniylik tamoyillarining aksariyatini uygʻunlashtirish nazarda tutilgan. Ijtimoiy davlatlarga aholisining aksariyati yuqori turmush darajasiga erishgan, aholi jon boshiga mahsulot va xizmatlarni isteʼmol qilish darajasi ham yuqori boʻlgan davlatlar kiradi. Bularga AQSH, Yaponiya, Shvetsiya, Norvegiya, Germaniya, Fransiyani misol keltirish mumkin. Oʻzbekiston ham rivojlangan davlatlar qatoriga kirishi mumkin. Download 111.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling