Mavzu: Yangi qabul qilingan "Elektron tijorat to‘g‘risidagi qonun"ni mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni


Download 0.6 Mb.
bet2/3
Sana22.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1378996
1   2   3
Bog'liq
2 мустакил стратетегик менежмент

Elektron tijorat – bu kompyuter tarmoqlari yordamida amalga oshiriladigan barcha moliyaviy va savdo operatsiyalarini va shu kabi operatsiyalar bilan bogʻliq boʻlgan biznes jarayonlarini oʻz ichiga olgan iqtisodiyot sohasi hisoblanadi.
Elektron tijoratga quyidagilar kiradi:
 Elektron ma’lumot almashish (Electronics Data Interchange, EDI);
 Elektron kapital harakati (Electronic Funds Transfer, EFT);
 Elektron savdo (inglizcha e-trade);
 Elektron pullar (e-cash);
 Elektron marketing (e-marketing);
 Elektron bank (e-banking);
 Elektron sugʻurta xizmatlari (e-insurance).
Elektron tijoratning birinchi tizimlari va usullari sotishni avtomatlashtirish texnologiyalari paydo boʻlishi va korporativ resurslarni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimlarning joriy qilinishi bilan bogʻliq.
1960-yilda Amerikaning American Airlines va IBM kompaniyalari parvozlarni bron qilish uchun avtomatlashtirish tizimini yaratishga kirishdilar. SABRE (Semi-Automatic Business Research Environment), ya’ni Yarim Avtomatik Tadqiqot Atrofmuhit tizimi oddiy yoʻlovchilar uchun havo qatnovini yanada arzonlashtirib, ularga doimiy ravishda oʻsib borayotgan parvozlar va parvoz tariflarini boshqarishda yordam bergan. Oʻrindiqlarni bron qilishda tariflarni hisoblash jarayonini avtomatlashtirish tufayli xizmatlar narxi pasayib, yoʻlovchilar tashish hajmi ortgan. American Airlines va IBM oʻrtasidagi qoʻshma loyiha elektron tijoratning birinchi namunasidir. 1971-yilda Stenford universiteti va assachusets texnologiya instituti talabalari Stenford sun’iy intellekt laboratoriyasining ARPANET kompyuter tarmogʻidan foydalanib, marixuanani sotishni tashkil etishgan. Keyinchalik, ushbu bitimlar birinchi onlayn oʻtkazmalar, elektron tijoratning boshlanishi deb hisoblangan.
1979-yilda Maykl Oldrich birinchi onlayn xarid qilish tizimini taqdim etgan.
1981-yilda biznes uchun birinchi onlayn xarid qilish tizimi Thomson Holidays UK tashkil etilgan. 1982-yilda Minitel France Télécom tomonidan butun mamlakat boʻylab taqdim etilgan va onlayn buyurtmalar uchun foydalanilgan.1983-yilda Kaliforniya shtati assambleyasi Vulkan shahrida (Kaliforniya shtati) birinchi “electron tijorat” tinglovini oʻtkazgan. 1995-yilda Jeff Bezos Amazon.comni ishga tushirgan va birinchi 24 soatlik reklamasiz Radio HK va NetRadio radiostansiyalar ish boshlagan. eBay dasturchi Per Omidyar tomonidan AuctionWeb nomi bilan yaratilgan. Toʻrt yildan soʻng Xitoyda Alibaba Group tashkil etilgan. 1997-yilda 149 ming AQSh dollariga tashkil etilgan Business.com eCompaniesga 7,5 mln. dollarga sotilgan. Huddi shu davrda Napster-dan peer-to-peer dasturi ishga tushirilgan.
ATG Stores Internet orqali uy bezak buyumlari savdosini boshlagan. 2001-yil dekabr oyida Alibaba.com rentabellikka erishgan. 2002-yilda eBay PayPal-ni 1,5 mlrd. dollarga sotib oldi.Amazon.com 2003-yilda oʻzining birinchi yillik daromadini e’lon qildi.2004-yilda B2B onlayn-tranzaksiyalari boʻyicha birinchi xitoy platformasi DHgate.com yaratilgan va bu boshqa B2B saytlarini “sariq sahifalar” modelidan ketishiga sabab boʻlgan. 2007-yilda Business.com saytini
R. H. Donnelley 345 mln. dollarga sotib olgan. 2015-yilda Amazon.com AQShga qariyb 500 mln. SKU sotish orqali elektron savdo oʻsishining yarmidan koʻpini tashkil etgan.
Rakuten tizimiga o’xshash elektron onlayn do’konlar O’zbekiston bozorida ham keng rivojlanib bormoqda. Jumladan, Asaxiy uz Oʻzbekistonda amaldagi internet-doʻkonlardan birinchi ochilgani va eng yirigidir.
Internet-doʻkon tizimida 23000 xildan ortiq mahsulotlar sotuvga qoʻyilgan. Bular orasida maishiy texnika vositalari, smartfonlar, gadjetlar, kompyuter va kompyuter jihozlari, idish-tovoqlar va boshqa mahsulotlar bor.
Internet-doʻkon platformasida Oʻzbekistonda ilk marotaba onlayn muddatli toʻlov xizmati yoʻlga qoʻyilgan. “Asaxiy uz elektron doʻkoni “Amazon”, “Ali Express” kabi onlayn savdo markazlarining Oʻzbekistondagi varianti boʻlib, 2013 yilda faoliyatini boshlagan, – deydi Firuz Allayev. – Doimiy ravishda odamlarning ehtiyoji, talabini oʻrganib boramiz.
2018-yilda kompaniya oʻzining yangi loyihasi “Asaxiy Books”ni boshlaydi va loyiha orqali Oʻzbekistonda kitobxonlik hamda kitob bozorini oʻzgartirishga erishadi. Loyiha doirasida internet orqali 5500 dan ortiq nomdagi kitoblar sotuvi yoʻlga qoʻyiladi, jahon adabiyotining bestseller asarlari tarjima qilinadi, kitoblarning elektron va audio formatda sotuvi yoʻlga qoʻyiladi.Loyiha bir necha marotaba hukumat tomonidan eʼtirof etiladi.
Ular orasida “Tahsin” mukofoti, yozuvchi Javlon Jovliyevga berilgan “Kelajak bunyodkori” medali, loyiha asoschilariga berilgan “Mustaqillikning 30 yilligi” koʻkrak nishoni va “Shuhrat” medalini ajratib koʻrsatishimiz mumkin. 
Asaxiy bugungi kunda yuzdan ortiq xodim ishlaydigan, butun Oʻzbekistonga xizmat koʻrsatadigan yirik IT-kompaniya darajasida eʼtirof etiladi. Kompaniya har yili yuz minglab mijozlarga xizmat koʻrsatadi.

Shuningdek, 2022 yil mobaynida xam Uzum market rivojlanib, Uzum Market marketpleysida elektronika va maishiy texnikalarning 300 dan ortiq xalqaro va mahalliy brendlari taqdim etilgan.


Uzum Market marketpleysida mamlakatimizning barcha hududlaridan tadbirkorlar, shuningdek, yirik ishlab chiqaruvchilar va rasmiy distribyutorlar o‘z mahsulotlarini sotmoqdalar – hozirda marketpleysda Artel, Bosch, Viessmann, Shivaki, Avalon, Beko, Braun, Gefest, LG, Tefal, Philips, Sony va boshqa ko‘plab brendlar taqdim etilgan.
Yirik ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlar uchun marketpleysga chiqish savdo geografiyasini kengaytirish, shuningdek, yangi savdo kanallaridan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Marketpleysning logistik imkoniyatlari va marketing vositalari kompaniyalarga o‘z infratuzilmasini rivojlantirishga vaqt va pul sarflamasdan tezda yangi mijozlarni jalb qilish va savdoni oshirish imkonini beradi.
Butun mamlakat bo‘ylab mahsulot sotishni boshlash uchun Uzum Marketplatformasida ro‘yxatdan o‘tish, mahsulot kartalarini to‘ldirish va Toshkent shahridagi omborga yoki buyurtmalarni tarqatish punktiga tovarlarni olib kelish kifoya – shu bilan birga kichik partiya bilan ham ish boshlash mumkin, bu esa boshlang‘ich tadbirkorlar va kichik biznes uchun qulaydir.
Bugungi kunda Uzum Market marketpleysida mamlakatimizning barcha hududlaridan 500 dan ortiq tadbirkor va kompaniyalarning 200 mingga yaqin noyob mahsulotlari taqdim etilmoqda. Buyurtmalarni tarqatish punktlari va kurerlik yetkazib berish xizmati mamlakatning 17 ta shahrida mavjud. 2023 yilda marketpleys o‘z assortimentini 800 000 ta noyob mahsulotgacha kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Bu esa O‘zbekistonda elektron tijorat tizimi rivojlanib, raqobat kuchayib borayotganligidan dalolat bermoqda.


XULOSA
Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, rivojlangan mamlakatlarda elektron tijorat gullab-yashnamoqda va uning umumiy iqtisodiyotdagi roli yildan-yilga oshib bormoqda. Albatta, bu rivojlanish o‘z o‘zidan paydo bo‘lgan emas.
Qachonki, hukumat va biznes tashkilotlari bir yoqadan bosh chiqarib, elektron tijorat rivojlanishi uchun barcha to‘siqlarni olib tashlasa va yaxshi muhit yaratilsa, shundagina bu sohada rivojlanish bo‘ladi. Rivojlangan davlatlar E-tijoratini kuzatar ekanmiz, bu sohaning rivojlanishini quyidagi yirik ikki omilga bog‘lasak bo‘ladi.
Birinchisi, bu – globallashuv. Hozirgi kunda davlatlar iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalarda birbirlari bilan aloqada bo‘lishmoqda. Bu hozirgi kunda har qanday iqtisodiyotning rivojlanish kalitidir. Globallashuv davlatlar va tashkilotlarga yangi bozorlarni kashf qilish va o‘zlarining bizneslarini kengaytirish imkoniyatini beradi.
Ikkinchi eng katta omil esa axborotkommunikatsiya texologiyalari (AKT) sohasidagi innovatsiyalarni tashkil qilishdir. AKTlar bu telekommunikatsiya orqali kerakli ma’lumotlarni olish hisoblanadi. Bularga internet, barcha simsiz tarmoqlar, mobil telefonlar va boshqa texnologiyalar kiradi. Rivojlangan davlatlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va elektron tijoratning roli kattadir.
UNCTAD (2003) o‘z hisobotida shuni yozib o‘tganki, kuchli texnologik davlatlarning iqtisodiyoti doimo o‘sib bormoqda. Chunki yangi texnologiyalar sarf-xarajatlarni tejab, yuqori samaradorlikka olib boradi. Xususan, Jahon savdo tashkiloti elektron tijorat, bu – tijorat tashkilotlarining operatsion xarajatlarini kamaytiradi, deb yozib o‘tgan. Rivojlangan davlatlarda, omadli elektron tijorat tizimini yaratishda davlatning roli ham muhimdir. Chunki davlat o‘zining qonun va qarorlari bilan ushba soha rivojlanishidagi to‘siqlarni olib tashlash va drayverlarni topishda ustuvor rol o‘ynaydi.
Birinchi navbatda, hukumat savdo to‘siqlarini olib tashlamog‘i zarur.
Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling