Mavzu: Yangi qabul qilingan "Elektron tijorat to‘g‘risidagi qonun"ni mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni
Download 0.6 Mb.
|
2 мустакил стратетегик менежмент
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent-2023 «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ–792-son, 29.09.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOShKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI “ELEKTRON TIJORAT” YO‘NALISHI STRATEGIK MENEJMENT FANIDAN MUSTAQIL ISHI Mavzu: Yangi qabul qilingan "Elektron tijorat to‘g‘risidagi qonun"ni mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rniBajardi: 080-20 gurux talabasi Ibragimov Azizjon Toshkent-2023 «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ–792-son, 29.09.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Yangi hujjat 2004 yildan beri amalda bo‘lgan qonunni almashtiradi. Hujjat loyihasi Oliy Majlis quyi palatasi tomonidan mart oyida qabul qilingan, sentyabrda Senat tomonidan ma’qullagandi. Yangi tahrirdagi «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi qonun «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasida belgilangan maqsadlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda elektron shartnomalarni tuzishning aniq tartibi belgilanmoqda Qonunga ko‘ra, elektron tijoratda shartnoma taraflar o‘rtasida shartnoma shartlarini elektron hujjatlar va (yoki) xabarlarni tasdiqlash yo‘li bilan kelishish orqali elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi. Elektron tijoratdagi elektron hujjatlar qog‘ozda rasmiylashtirilgan va o‘z qo‘li bilan imzolangan hujjatlarga tenglashtiriladi. Elektron tijoratda sotuvchilar quyidagilardan iborat: Elektron savdo maydonchasida tovarlarni (ishlarni va xizmatlarni) chakana va (yoki) ulgurji sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar; Elektron savdo maydonchasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) chakana sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar. Sohada to‘lovlar quyidagi usullarda amalga oshiriladi: naqd pul mablag‘lari bilan – naqd pul mablag‘lari to‘lov vositasi tarzida virtual terminallar (E-POS) orqali qabul qilinganligini tasdiqlaydigan hujjatlarni hamda sotuvchi va sotilgan tovar to‘g‘risidagi axborotni o‘zida aks ettiradigan hujjatlarni xaridorga taqdim etish orqali; pul mablag‘larini bank hisobvarag‘idan o‘tkazish orqali – pul mablag‘larini bank hisobvarag‘idan o‘tkazish vositasida, shu jumladan shaxsiy kabinet orqali yoki to‘lov tashkilotining tizimi orqali o‘tkazish; elektron pullardan foydalangan holda – elektron pullar tizimida ochilgan elektron hamyondagi pul mablag‘larini o‘tkazish vositasida. Savdo maydonchalarining operatorlari, to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar va tovarlarni yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar o‘z axborot tizimlariga yoki bank hisobraqamlariga «eskrou» xizmatini joriy etishi mumkin. Tovarlar uchun xaridor tomonidan to‘lovni amalga oshirish chog‘ida «eksrou» xizmatini ko‘rsatuvchi to‘langan pul mablag‘larini xaridor tovarlar olinganligining tasdig‘i olinguniga qadar saqlash huquqiga ega. Agar tovar yetkazib berilmasa yoki tavsifga mos kelmasa, «eksrou» xizmatini ko‘rsatuvchi pul mablag‘larini xaridorga qaytaradi yoki, agar tovar xoridor tomonidan qabul qilingan bo‘lsa, pul mablag‘lari sotuvchining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Globallashuv jarayonlari chuqurlashaѐtgan va milliy iqtisodiѐtning raqobatdoshligi o‘sayotgan pallada telekommunikatsiya sanoati iqtisodiѐtning alohida olingan sohasi sifatida rivoj topishi hamda iqtisodiѐtning boshqa sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining qo‘lanishiga doir masalalar ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Texnik imkoniyatlar kengayishi va mazkur sanoatning salohiyatini amaliѐtda to‘laqonli qo‘llash milliy iqtisodiѐtning raqobatdoshligini kuchaytirishda muhim rol o‘ynaydi hamda shu tarzda xususiy va davlat tuzilmalarining strategik barqarorligini ta’minlaydi. Jahon bozorining zamonaviy rivojlanish yo‘nalishlariga ko‘ra, axborotkommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsiyalarning kiritilishi va ularning samarali qo‘llanishi korxonalarda boshqaruv va texnologik jaraѐnlarning samaradorligini oshirishga zamin yaratib, iqtisodiѐtning turli jabhalarida mavjud tovar va xizmatlar bozorlarini kengaytirib, yangi bozorlarni yaratish uchun sharoit yaratadi va shu orqali aholi turmush tarzi yaxshilanishiga sabab bo‘ladi. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Bugungi kunda hayotimizni kompyuter texnikasi, axborot texnologiyalari, Internet, mobil telefon aloqasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi”. O‘zbekiston iqtisodiѐti bosqichma-bosqich rivojlanishi natijasida biznes faoliyatini yuritishning yangi prinsiplari, ayniqsa, elektron tijoratning ahamiyati juda oshdi. Bugungi kunga kelib, har bir internet foydalanuvchisi elektron tijorat so‘zining ma’nosini tushunishga harakat qilgan. “Elektron tijorat” atamasi EDI (Elektronic Data Interchange – ma’lumotlarni elektron almashish), elektron pochta, internet va ekstranet (tashqi dunyo bilan axborot almashish) kabi texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonunida elektron tijoratga quyidagicha ta’rif berilgan: “Axborot tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishga doir tadbirkorlik faoliyati elektron tijoratdir” Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling