Mavzu: Yangilаnаyotgаn O‘zbekistоn: milliy tiklаnishdаn – milliy yuksаlish sаri. Reja: Kirish


O’zbekiston taraqqiyotining yangi – Milliy yuksalish bosqichi


Download 36.79 Kb.
bet6/7
Sana16.03.2023
Hajmi36.79 Kb.
#1279003
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yangilаnаyotgаn O‘zbekistоn milliy tiklаnishdаn

O’zbekiston taraqqiyotining yangi – Milliy yuksalish bosqichi. Mustaqillik yillarida milliy istiqlol g’oyasi xalqimizning milliy tiklanishiga xizmat qildi. G’oyaviy kurashlarda kunimizga yaradi. Xalqimizni birlashtirdi, buzg’unchi g’oyalar mohiyatini tushuntirdi. 2017-yildan boshlab O’zbekiston o’z taraqqiyotining yangi – Milliy yuksalish bosqichiga kirdi. Konstitutsiyamizga asoslangan, xalqimizning tub manfaatlariga javob beradigan O’zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi amalda. Keyingi yillarda erishilgan yuksak marralar xalqimizni baxtli qilishga qaratilgan islohotlar samaralarini yaqqol ko’rsatmoqda.
Xulosa

Ijtimoiy adolat ta’minlangan davlatda xalqning bunyodkorlik salohiyati, yaratuvchanlikka intilishi va ishtiyoqi hosil beraveradi.Shu ma’noda mustaqil Vatanimiz tarixida, xalqimiz hayotida yana bir yangi davr, yangi taraqqiyot bosqichi boshlandi, deyishga barcha asosimiz bor. Strategik maqsadlarimiz aniq va ravshan – demokratik, insonparvar davlat qurish, erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, Vatanimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish, pirovardida, xalqimizni hayotdan rozi qilish, uning yanada farovon yashashi uchun barcha shart-sharoitni yaratish. Bunday yuksak marralarga xalq bilan muloqot qilib, odamlarning ichiga kirish, ularning dardu tashvishlari bilan yashash, inson manfaatlarini ta’minlash orqaligina erishish mumkinligi aniq ko’zga tashlanadi. Mamlakatimizda milliy g’oyaga yangi davr, millatimiz tarixining yangi bosqichi talablaridan kelib chiqqan real talablar qo’yilmoqda. Ilgari milliy g’oyani tushunish va tushuntirishda noqulayliklar uchrab turar edi. Masalan, odamlarning quloqlari milliy g’oya davlat va xalq birligi tarannumini eshitardi. Lekin ko’zlarimiz hokimliklar, vazirlik va idoralarning oldidagi temir panjaralarni ko’rar edi. Xalq davlat organlariga xizmat qilishi kerak, degan noto’g’ri qoida amalda edi. Fuqaro hokimiyatga emin-erkin kirolmas, dardini aytolmas edi. Chunki amalda xalqdan davlatni ajratuvchi temir panjara bor edi. Panjaralar kesib tashlandi. Lekin ayrim amaldorlarimiz ongida bu panjara haligacha turibdi. Tafakkurdagi temir panjaralarni qo’porib tashlash qiyin kechyapti. Milliy g’oya ana shunday vaziyat talablaridan kelib chiqib yangilanishi ko’rishimiz mumkin.





Download 36.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling