INDO (Intermediate Neglect of Differential Overlap - Chastichnoe Prenebrejenie Differensialnim Perekrivaniem (ChPDP) - Differensial qoplanishlarni qisman e’tiborga olmaslik DQQEO) usuli oxirgi yarimempirik usullardan biri bo‘lib, Dj.Popl tomonidan 1967-yilda ishlab chiqilgan. - INDO (Intermediate Neglect of Differential Overlap - Chastichnoe Prenebrejenie Differensialnim Perekrivaniem (ChPDP) - Differensial qoplanishlarni qisman e’tiborga olmaslik DQQEO) usuli oxirgi yarimempirik usullardan biri bo‘lib, Dj.Popl tomonidan 1967-yilda ishlab chiqilgan.
- U CNDO usulidagi kimyoviy reaksiyalarda paydo bo‘ladigan o‘tish komplekslarining uyg'ongan holatlari uchun xos bo'lgan nol bo‘lmagan spin momentiga (ya’ni juftlashmagan elektronlari) ega bo‘lish bilan bog’liq bo'lgan molekula barcha xarakteristikalarni qoniqarsiz hisoblashdagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan.
- Misol tariqasida uglerod atomlari to'plamlarining energiyasini hisoblash natijalarini qaraymiz (1-rasm).
INDO usuli
MINDO usuli - 60-yillarning oxirlaridan boshlab hozirgi kunga qadar Yarimempirik usullarning rivojlanishiga professor M. Dyuar asos solgan guruh juda katta hissa qo‘shdi. Dyuar sharofati bilan yaratilgan MINDO usullari tadqiqotchilarning guruhi Yarimempirik usullarni har xil sinfdagi organik birikmalarning turlicha xossalarini o‘rganishga yaroqli bo‘lgan universal quroliga aylantirdi. Ushbu guruh usullari nomining o‘ziyoq uning MINDO usulining modifikatsiyasi ekanligini ko‘rsatadi.
- MINDO usullarida asosiy yaqinlashuvlarga jiddiy o‘zgarishlar kiritilmagan, lekin parametrlashtirish sxemasi sezilarli modifikatsiyalangan.
MNDO usuli - 1977-yilda yaratilgan MNDO usuli yarimempkik usullarni noempirik usullarga asta-sekin yaqinlashtirishda qo‘yilgan qadamdir. Yuqorida qayd etilganidek, nolinchi differensial qoplanish (NQD) yaqinlashuvi yarimempirik usullar kamchiliklari va yutuqlarining asosiy manbasidir. yarimempirik usullar aniqligini oshirishga har qanday urinishlar ushbu yaqinlashuvdan toliq yoki qisman rad etilishiga bogliq. To‘liq rad etilish ab initio usullarining valent yaqinlashuviga qaytishni bildiradi. Chunki barcha ikki elektronli integrallar hisoblanadi, mashina vaqtini tejash maqsadi talab qilinmaganidan bir elektronli integrallar parametrlashtiriladi. Barcha integrallarni hisoblashdan qisman voz kechish deganda ulardan nolinchi differensial qoplanish (NQD) ning parametrlanish sxemasiga qat’iy amal qilgan holda ularning ayrimlari qoldiriladi. Har qanday yarimempirik usulning shunday yo’ldan borishini bilamiz. INDO va MINDO usullarida nolinchi differensial qoplanish yaqinlashuvlarning bir markazli ikki elektronli integrallarini hisoblashdagi chetlanishlar bo’lishiga qaramasdan boshqa bir markazli integrallarni tashlab yuborish molekulalarnmg o‘ziga xosligini ifodalash ular tarkibida juftlashmagan elektronlar bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan qoniqarsiz natijalar olishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |