cheklangan muhitda ta’sir doirasini cheksiz kengaytirishning mumkin emasligi; - cheklangan muhitda ta’sir doirasini cheksiz kengaytirishning mumkin emasligi;
- resurslar cheklanganligi sharoitida o‘sib borayotgan ehtiyojlarni qondirish imkoniyatining mavjud emasligi;
- er sharida barcha narsalarning o‘zaro bog‘liq ekanligi.
“YAshil iqtisodiyot” konsepsiyasi quyidagi aksiomalarga tayanadi:
UNEP mutaxassislari “yashil iqtisodiyot” tarmoqlarini ikki guruhga ajratishadi: - xom-ashyo qazib chiqarish, qishloq xo‘jaligi, baliqchilik, o‘rmon va suv resurslarini boshqarish, ya’ni “tabiiy kapital” bilan bog‘liq tarmoqlar;
- energetika, qayta ishlash sanoati, mashinasozlik, transport va qurilish, ya’ni “energiya va resurs samaradorligini oshirish” bilan bog‘liq tarmoqlar.
Ayrim mutaxassislar “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish yo‘nalishlarini aniqlashda Klark-Fisher modelini qo‘llash zarurligini ta’kidlashadi. Ayrim mutaxassislar “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish yo‘nalishlarini aniqlashda Klark-Fisher modelini qo‘llash zarurligini ta’kidlashadi. Klark-Fisher modeli iqtisodiy rivojlanish bosqichlarida ish o‘rinlarini yaratishda iqtisodiyotning qazib chiqarish, qayta ishlash va xizmat ko‘rsatish sektorlari ahamiyatini nazariy jihatdan asoslashga xizmat qiladi. Ushbu model BMT mutaxassislari tomonidan taklif etilgan “yashil iqtisodiyot” tarmoqlarini xizmat ko‘rsatish sohasiga tegishli “yashil” xizmatlar va fan sig‘imkorligi yuqori ishlab chiqarish, turizm, shaharlarni boshqarish va chiqindilarni yo‘qotish, ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, moliyaviy xizmatlar kabi innovatsion iqtisodiyotga xos yo‘nalishlar bilan to‘ldiradi. IQTISODIY ADABIYOTDA “YASHIL” IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING QUYIDAGI YO‘NALISHLARI AJRATILADI: - Tiklanadigan energiya manbalarini o‘zlashtirish. Energetika sektori iqlim o‘zgarishlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatiuvchi soha hisoblanadi va atmosferaga issiqxona gazlarini chiqarish miqdorining 60%ga yaqini ushbu sektor hissasiga to‘g‘ri keladi. Tahlillar ko‘rsatishicha, er sharida istiqomat qiluvchi aholining har beshtasidan biri yoki 1,2 mlrd. kishi elektrenergiyadan foydalanish imkoniyatidan mahrum. 2,8 mlrd. kishi esa ovqat tayyorlash va yashash joyini isitish uchun daraxt, ko‘mir va hayvonlar ahlatidan foydalanishadi.
Bu esa uy havosining buzilishi oqibatida har yili 4 milliondan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lmoqda.
Dunyo mamlakatlari “yashil energetika” sohasini rivojlantirish uchun zarur infratuzilmani shakllantirishga sarflanayotgan yillik investitsiyalar miqdorini 2030 yilga qadar hozirgi 400 mlrd. dollardan 1,25 trln. dollarga qadar oshirishlari zarur bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |