Mavzu: Shakli silindrsimon, konussimomon va fasonli, burchakli sathlar birikuvidan hosil qilingan detallar
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga Shakli silindrsimon, konussimomon va fasonli, burchakli sathlar birikuvidan hosil qilingan detallar tayyorlashni o’rgatish
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog’lay olishni ,ilmiy dunyoqarashni shakllantirish
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilar mavzuning mohiyatini tushunib yetishlari, bunda detallar turlari haqida ma’lumotga ega bo’lishlari, ularni turlarga ajrata olishlari va ularni ishlatishni o’rganishlari
Shakl: interfaol mashg’ulot: suhbat- ma’ruza,yakka tartibda, kichik guruhlarda isglash.
Uslub: “aqliy hujum”, og’zaki bayon, tushuntirish, savol- javob, mustaqil ish,”Blits- so’rov”, “Ekspress test”.
Vosita : Darslik, slaydlar, arra va randalar, mavzuga oid ko’rgazmalar, tarqatma materiallar.
Usul: слайд, ekspres test.
Nazorat: kuzatish,nazorat savol va testlari.
Baholash: Rag’batlantirish, 5 balli tizim asosida
Darsning borishi
Tashkiliy qism (3-5 daqiqa): salomlashish, davomatni aniqlsh, sinf xonasi va o’quvchilarni darsga tayyorlash (inglizcha salomlashish) va yo’qlama olish. O’quvchilarni guruhlarga bo’lish (o’qituvchi tomonidan oldindan guruhning har bir a’zosi uchun tayyorlangan emblemalarni tarqatiladi va bir xil emblemaga ega bo’lgan o’quvchilarni birinchi qatorga, ikkinchi guruh o’quvchilarini esa ikkinchi qatorga o’tirishlari kerakligini aytadi);
II. O’tigan mavzuni so’rash (10 daqiqa). (Kichik guruhlarda ishlash va bahs-munozara): O’tilgan mavzuni so’rashda bahs-munozara metodidan foydalaniladi. Bunda o’qituvchi har bir guruhga o’tilgan mavzuga oid savollar beradi. Berilgan savollar bo’yicha tayyorgarlik ko’rish uchun vaqt ajratiladi. Berilgan savollarga qaysi bir guruh tayyor bo’lsa, o’sha guruh javob beradi. Agar guruh tomonidan berilgan javob to’liq bo’lmasa ikkinchi guruh qo’shimcha qilishi mumkin.
III. Yangi mavzuning bayoni (15 daqiqa)
Yangi mavzu bayoni: Yangi mavzu bayonida “Aqliy hujum”metodi yordamida o’quvchilarning arralar va ularning turlari, vazifasi; randalar ,ularning turlari ,vazifasi haqidagi bilimlari aniqlab olinadi.(Jamoa bo’lib “fikrlar hujumini “ olib boorish, mumkin qadar katta miqdordagi g’oyalarni yig’ish)
«Aqliy hujum»metodining mazmuni
1.Muammoli savol beriladi
2.Fikr va g’oyalar beriladi va jamlab boriladi
3.Fikr va g’oyalar guruhlanadi.
4.Aniq va to’g’ri javoblar tanlab olinadi
O’qituvchi: Mavzu asosida to’liq ma’lumot berib, o’quvchilar bilimini oshiradi. Mashg’ulotda qo’llaniladigan turli metodlar, mustaqil ish bo’yicha tarqatma materiallar asosida o’quvchilarning bilim , ko’nikma, malakalarini oshiradi .
O’quvchi: Mavzu bo’yicha yangi bilimlar egallanadi. Guruhlar bilan ishlashni o’rganadilar, eslab qolish, ayta olish, arralash va randalashni bilish va ko’rsata olish ko’nikma va malakalariga ega bo’ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |