Mavzu: yengil atletikachilarning asosiy sifatlarini rivojlantirish va tarbiyalash


Download 43.94 Kb.
bet3/4
Sana09.06.2023
Hajmi43.94 Kb.
#1466094
1   2   3   4
Bog'liq
YENGIL ATLETIKACHILARNING ASOSIY 1

CHAQQONLIKNI RIVOJLANTIRISH.
CHaqqon xarakat qilishxarakat vazifalarini tez va to’g’ri echa olish uchun kuchli, tezkor, chidamli bo’lish va mustahkam irodali bo’lish kerak. KUCHLILIK, tezkorlik va boshqa fazilatlarsiz, xarakatlarda chaqqonlik bo’lishi mumkin emas. Xarakat yoki faoliyat kanchalik notanish, qanchalik murakkab bo’lsa, qanchalik tez chaqqonlik ko’rsatish kerak bo’lsa, chaqqonlik shunchalik takomillashgan bo’lish kerak. Masalan, boskon uloqtirishda tortilish kuchi 300 kg dan ortiq sim uzilsa, uloqtiruvchi xavfdan kutilishi uchun juda katta chaqqonlik qilishi kerak. 
Ko’pgina yoengil atletika turlari bilan shug’ullanish, ayniqsa g’ovlar osha yurish, har xil tusiqlar osha estafetali yugurish bilan shug’ullanish faqat tezkorlik, chidamlilik va boshqa shu kabi fazilatlargina emas, balki chaqqonlikni ham rivojlantirishga yordam berada. Maxsus chaqqonlikni rivojlantirishga ko’proq e`tibor berish kerak. Masalan, sakrovchining havoda mo’ljal ola bilishiga va uchish fazasi xarakatlariga o’zgarishlar kirita olishga o’rgatish kerak. Uloqtirish, g’ovlar osha yugurish, langar cho’p bilan sakrashdagi maxsus chaqqonlikning o’ziga xos xususiyatlari bor. 
Uning rivojlanishi uchun, yengil atletikaning tanlangan turidagi xarakat strukturasiga yaqin xarakterdagi turli mashqlar yordam beradi. Ular avvalo atletga ma`lum, lekin odatda tashqari sharoitda bajariladigan mashqlardur. Masalan, nayza uloqtirishda, uzunlikka sakrashda va langarcho’p bilan sakrashda yugurib kelish masofasi va tezligini o’zgartirilsa, atlet yangi o’rganilmagan sharoit yaratib, unga moslab xarakatni uzgartiradi, yangi chaqqonlik ko’rsatadi. 
Masalan, langarcho’p bilan sakrovchiga ozroq vaqt faqat qisqartirilgan masofadan yugurib kelib mashg’ulot qilib yurgandan keyin, birdaniga maksimal tez yugurib kelib sakrash qiyin bo’ladi. 
Balandlikka va langarcho’p bilan sakrashda maxsus chaqqonlikni rivojlantirish uchun tirgak bilan (planka) tusin holatini depsinish nuqtasiga nisbatan o’zgartirish kerak. Bu sakrovchilarni musobaqalarda uchrashi mumkin bo’lgan turli vaziyatlarga o’rgatadi.
Ko’z bilan mo’ljal olishni yaxshilash uchun, sakrovchi mashg’ulotda xar xil masofadan yugurib kelib, depsinish oyog’ini aniq tushirishga xarakat qilib sakrashi kerak.
Odatda jixoz ogirligini kamaytirish yoki ko’paytirish bilan ham sharoit o’zgaradi. Jihoz og’irligi kamaytirilsa, harakat telashadi.
Natijada xarakat boshqacharoq bo’ladi. Jixoz og’irligi ko’payganda tezkorlik kamayadi, kuchlilik ortadi, balki chaqqonlikni ham rivojlantiradi. 
Musobaqalarga tayyorlanish uchun shamolga nisbatan turli yo’nalishlarda sakrash, uloqtirish va yugurish ayniqsa chaqqonlikni rivojlantirish mumkin. 
CHaqqonlikni rivojlantirish uchun qishda: gimnastik jihozlarda turli mashqlar, to’siqlarni oshib o’tish estafetalari, sakrash o’yinlari, xarakatli o’yinlar, kross yugurishlar va boshqa chaqqonlikni oshiruvchi mashqlarni bajarish kerak. 
YOzda va musobaqa davrida esa chaqqonlikka qaratiltan maxsus mashqlar uchun vaqt kam bo’ladi. Bu vaqtda chaqqonlik yengil atletikaning ixtisos olayotgan turi bilan birga yo’l-yo’lakay takomillashtiriladi. 


XULOSA
Xulosa qilib aytganda kurs ishinining kirish qismida asosiy maqsadi mamlakatimizda sport ommaviyligini oshirish, yoshlarimiz o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, iqtidorlilarni kashf etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishini yoshlar o’rtasida kuchaytirish . 
I.BOB da Yengil atletikada sport mashg’ulotlarining asoslari. 1.1.
Sport mashg’ulotlari tamoyillari. 1.2. Sport mashg’ulotlarining asosiy vositalari va uslubiyatlari. 1.3. Yengil atletikachilarning asosiy sifatlarini rivojlantirish va tarbiyalash. Bu boblarda xozirgi kunda yengil atletika sport turlari oldida qanday vazifalar turganligi, sport mashg’ulotlarini tashkillashtirishning samarali yo’llari to’g’risida, yengil atletika sport mashg’ulotlarini qanday tamoillar asosida, qaysi uslub va vositalardan foydalanib rejalashtirish va tashkil etish, yengil atletikachilarning asosiy va qo’shimcha sifatlarini qaysi yo’llar bilan rivojlantirish va tarbiyalash to’g’risida kengroq yoritilgan. Bu bobda umumiy jismoniy tayyorgarlikning, maxsus jismoniy tayyorgarlikning, nazariy, psixologik, irodaviy va ma’naviy tayyorgarlikning ahamiyati qay
darajada muhim ekanligi to’g’risida ham ma’lumotlar berilgan.
II. Bobda esa . Qisqa masofaga yuguruvchi yuqori raziryadli sportchilarning sport mshg’ulotlarining to’zilish. 2.1. Sport mashg’ulotlarining tuzilishi va mazmuni. 2.2. Yengil atletika sport mashg’ulotlarining rejalashtirilishi. 2.3. Qisqa masofaga yugurish texnikasi va xususiyatlari haqida yoritilgan. Ikkinch bobda qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarning sport mashg’ulotlarini tuzish va rejalashtirishda nimalar talab qilinadi va qaysi talablarga javob berish kerakligi to’g’risida ma’lumotlar, shuningdek, qisqa masofaga yugurish texnikasining xususiyatlari, uni o’rgatish vosita va uslubiyatlari o’z aksini topadi.
Sportchilarning barcha asosiy va qo’shimcha sifatlarini rivojlantirish, ularning umumiy jasmoniy tayyorgarligi va maxsus jismoniy tayyorgarliklarini rivojlantirish sport mashg’upotlarini boshlash va yillar davomida mashg’ulotlarni tashlamasdan shug’ullanib borishda shug’ullanuvchi, ya’ni sportchi pldida turgan eng asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Zero jismoniy sifatlarni rivojlantirmasdan turib hech qanday natijaga erishishga umid qilmasa ham bo’ladi. Chunki jismoniy sifatlar mashg’ulot va musoboqa jarayonida bir – biri bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Sportchida tezkorlik jismoniy sifati yaxshi rivojlangan bo’lsa ham unda kuch yaxshi takomillashtirilmagan bo’lsa, u natija ko’rsata olmaydi. Kuch ham yetarli darajada rivojlangan bo’lib chidamlilik yaxshi bo’lmasa masofani oxirigacha bosib o’tishga yoki mashg’ulotning oxirigacha uning bardoshi yetishmaydi. Shunga ko’ra sportchining barcha jismoniy sifatlari bir xilda yaxshi tarbiyalanib borishi kerak. 
Sport mashg’ulotlariga shug’ullanuvchilarni (shogirdlarini) qiziqtira olishi va mashg’ulotda shug’ullanuvchilarda o’zgarishlar yaxshi tomonga ketayotganligini sezilishi uchun murabbiy sport mashg’ulotlarini to’g’ri rejalashtira olishi va har bir shug’ullanuvchining individual xususiyatlarini bilgan holda ularga yuklamalarni to’g’ri taqsimlay olishi lozim, chunki har qanday buyuk sportchini ham mashg’ulotda noto’g’ri yuklamalar berib uning sog’ligini buzishi va sportga bo’lgan qiziqishini so’ndirish mumkin.



Download 43.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling