Mavzu. Yer tuzishda geodezik o‘lchash ishlarining asoslari reja


Download 248.5 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi248.5 Kb.
#1403343
  1   2
Bog'liq
геодезик улчаш


-MAVZU. YER TUZISHDA GEODEZIK O‘LCHASH ISHLARINING ASOSLARI
REJA

  1. Er tuzish fanini asosi geodeziya fanidir.

  2. Geodeziya fani, uning asosiy vazifalari va uni tashkil qiluvchi fanlar

  3. Erning shakli va o’lchami, geodeza, referents-ellipsoid.

  4. Koordinatalar tizimi.

  5. Karta, plan va profil.

  6. Masshtab turlari.

Yer tuzish loyihasini joyga ko‘chirish uchun barcha yer tuzilayotgan xo‘jaliklarning plan va kartalarida chegaralar va ko‘rsatma belgilari o‘rnatila-digan joylar, ularning koordinatalari, geodeziya tarmoq punktlari joylashgan o‘rni tushirilgan bo‘ladi. Bundan tashqari geodezik o‘lchamlar (masofa, burchak, maydon) tartibi ko‘rsatilgan bo‘ladi. Plan va kartalardan foydalanish, geodezik o‘lchash ishlarini yer tuzishda olib borish bilan geodeziya fani shugullanadi yer tuzish ishlari plan va kartalarni tuzish hamda undan foydalanishdan boshlanib yana o‘sha ishlar bilan tugaydi. Asosiy yer kadastri hujjatlari bo‘lib karta va planlar hisoblanadi. Yer turlarining joylanishini o‘rganishda, kelgusida boshqa turga aylanishini bashorat qilishda yerdan foydalanuvchilarning hisobga olishda, qishloq xo‘jaligi yer turlaridan foydalanish darajasini aniqlashda, yerni baholashda, yerdan maqsadga muvofiq foydalanilayotganini tekshirib turishda, tuproqning tabiiy xususiyatlarini hisobga olishda, sifat jihatdan baholashda, melioratsiya loyihalarini amalga oshirishda plan va kartalarning ahamiyati kattadir.
Plan va kartalarni tuzish uchun topograf geodezik, va yer foto-geodezik syomka ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Geodeziya fani yer tuzish fanining asosi, u bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgani uchun yerning shakli, o‘lchami, geodezik o‘lchamlar to‘g‘risida ma’lumot beramiz. Geodezik o‘lchash ishlari bilan geodeziya fani shug‘ulanadi. Geodeziya – yer haqidagi fanlardan biri bo‘lib, uning ma’nosi 2 so‘zdan tashkil topgan: geo – yer, deziya - o‘lchash demakdir. Geodeziya yer sirti yoki ayrim qismlarining shakli va o‘lchamlarini joyda o‘lchash, plan, karta, profillar tuzish orqali o‘rganuvchi hamda muhandislik inshoatlar o‘rnini qidirish, ularni loyihalash va amaliy masalalarni echish uchun olib boriladigan maxsus o‘lchash usullari to‘g‘risidagi fan hisoblanadi.
Geodeziyada tinch holatdagi okean suvlari sathining fikran davom ettirilishidan hosil bo‘lgan dumaloq shaklga geoid shakl (yer shakli) deyiladi. Bunda shakl yuzasi sathiy yuza deyilib u hamma joyda shovun chiziqqa perpendikulyar bo‘lganidan uni matematik ifoda yordamida aniqlab bo‘lmaydi. Shuning uchun yer sirti geoidellipsoid bilan almashtiriladi.
G eoid o‘rniga qabul qilingan ellipsoid yuzasi RR qutb o‘qi atrofida aylanishidan hosil bo‘ladi (1-rasm). Hozirgi kunda 1946 yilda N.P.Krasovskiy tamonidan qabul qilingan ellipsoidning katta yarim o‘qi a=63782/15 m; kichik yarim o‘qi =6356863 m va siqilishi o‘qga v/a=1 /298,3 tengdir. Bu siqilishi oz bo‘lgani uchun yer shakli radiusi K= 6371,1 km bo‘lgan shar deb olinadi.

10-rasm
Alohida usul bilan yer jismiga orientirlangan ma’lum o‘lchamdagi ellipsoidga referens ellipsoid deyiladi, Turli mamlakatlarda qabul qilingan referens ellipsoid o‘lchamlari bir-biridan farq qiladi.


Radiusi 10 km dan kichik bo‘lgan yer sirtini planda tasvirlashda yer egriligi hisobga olinmasdan ellipsoid sirti tekislik deb qabul qilinadi.
Yer yuzining katta qismini tekislikda ya’ni kartada tasvirlash uchun matematik hisoblashlardan foydalaniladi. Yer sirtini kartada tasvirlash uchun uning hamma nuqtalari qabul qilingan sirtga proeksiyalanadi. Ellipsoid shaklidagi yer yuzasini tekislikda hatosiz tasvirlab bo‘lmaydi.
Geodeziyada yer sirti nuqtalarning o‘rni koordinatalar yordamida aniqlanadi. Yer sirtidagi M nuqtaning o‘rni uning geografik koordinatalari: kengligi φ va uzoqlik λ bilan aniqlanadi (2a-rasm).
EQ ekvator tekisligi bilan M nuqtadan tushirilgan shovun chiziq orasidagi φ burchakka geografik kenglik deyiladi. Uning qiymati ekvatordan shimolga va janubga 0 dan 90 ° gacha o‘zgaradi. Yer aylanishi o‘qi RR1 o‘tadigan tekislik-larning yer sirti bilan kesishdan hosil bo‘lgan RNR1, RMR1 chiziqlarga meridian deyiladi Bosh meridian tekisligi RNR, bilan M nuqta meridian tekisligi orasidagi ikki qirrali burchakka geografik uzoqlik deyiladi. Uning qiymati Grinvich meridianidan sharqqa va g‘arbga 0°dani 180° gacha o‘zgaradi. Kenglik va uzoqlik astronomik kuzatishlar natijasida topiladi.
Kichik joylarning planini tuzishda to‘g‘ri burchakli koordinatalar tizimidan foydalaniladi (2b-rasm). Bu tizimda absissa o‘qi sifatida meridian yo‘nalishga qabul qilingan. M nuqtaning o‘rni koordinatalar o‘qida absissa Mm=X va ordinata Mm1=U bilan aniqlanadi.
Yer sirtini topografik kartalarda tasvirlashda K.F.Gaussning teng burchakli ko‘ndalang silindrik proeksiyasi qabul qilingan. Bunda zonali to‘g‘ri burchakli koordinatalar tizimi qo‘llanililib yer ellipsoidi Grinvich meridianidan boshlab 6° yoki 3° zonalarga bo‘linadi.
Zonalar ko‘ndalang silindr sirtga o‘q meridianlari urinma qilib proeksiyalanadi va tekislikka yoyiladi. Har qaysi zonaning koordinata boshi o‘q meridianining ekvator bilan kesishgan nuqtasida bo‘ladi.

11-rasmer yuzasidagi maydonning chegarasi bino, kanal. tog‘-tepa, soy kabi joylar ma’lum qoidalar bo‘yicha qog‘ozda plan, karta shaklida tasvirlanadi.


Joyning kichik bo‘lagini yer egrigini hisobga olmay kichraytirib, o‘xshash holda gorizontal tekislikka tushirilgan tasviriga plan deyiladi. Planda joy tafsiloti to‘la ko‘rsatilib past-balandligi (relefi) ko‘rsatilmasa, u kontur yoki tafsilot plani deyiladi. Planda joy tafsiloti bilan birga relefi ham tasvirlansa, u topografik plan deyiladi.
Butun yer sirtining yoki uni katta bo‘lagini yer egriligini hisobga olib, matematik qonuniyat asosida tekislikka kichraytirib tushirilgan tasviriga karta deb aytiladi.
Yer yuzasining berilgan yo‘nalishi bo‘yicha vertikal kesimini kichraytirib qog‘ozga tushirilgan tasviriga (gorizontal proeksiyasiga) profil deyiladi.
Joyda o‘lchangan gorizontal, vertikal uzunliklarni bir necha marta kichraytirib qog‘ozga tushirish orqali plan, karta va profil chiziladi. Yer yuzasidagi chiziq uzunligi gorizontal qo‘yilishining qog‘ozda kichraytirilib tushirish nisbatiga masshtab deyiladi. Masshtab (masshtab) nemischa (mastab) so‘z bo‘lib "o‘lchov tayog‘i" degan ma’noni bildiradi. Tekis joydagi chiziqning gorizontal qo‘yilishi yer yuzasidagi haqiqiy uzunligidan kam farq qiladi. Shuning uchun masshtab yer yuzasidagi chiziqning qog‘ozda kichraytirilish darajasidir deyish ham mumkin. Plandagi kesma uzunligi d ning shu kesmaning joydagi uzunligi D ga bo‘lgan nisbati d/D plan masshtabi deyiladi. Kichraytirish darajasini son yoki chiziq bilan ifodalash mumkin; shunga ko‘ra masshtab sonli va grafikaviy bo‘ladi. sonli masshtab kasr yoki munosabat ko‘rinishida yoziladi Masalan: 1:10000 masshtabda joydagi chiziq uzunliklari gorizontal qo‘yilishi 10000 marta kichraytirilgan, ya’ni chizmadagi 1 sm kesma joyda 10000 sm yoki 100 metr ga teng. Masshtablar sonli, chiziqli va ko‘ndalang ko‘rinishda ifodalanishi mumkin.
Son bilan ifodalangan masshtab sonli masshtab deb yuritilib, kasrning suratida 1, mahrajida joydagi masofa planda yoki kartada necha marta kichraytirganligini ko‘rsatuvchi son yoziladi.
1/M = d/D
bu yerda: M - sonli masshtab mahraji,
d - tanlangan masofa uzunligi, sm
D - shu masofaning yer yuzasidagi uzunligi, sm
Masshtabning mahrajida kichik son bo‘lsa, masshtab yirik, katta son bo‘lsa mayda masshtab deyiladi.
Topografik kartalardagi tasvirlar xilma-xil chiziqli belgilar, maydonli belgilar va harflardan, raqamlardan, geografik ob’ektlarning nomlari va tushuntirish xatlaridan iborat bo‘lib, bularning hammasi kartografiyada shartli belgilar deb ataladi. Shartli belgilar yordamida kartada voqea va hodisalarning geografik joylashishi, bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqligi, miqdor va sifat ko‘rsatkichlari tasvirlab beriladi. Tabiatdagi ko‘zga ko‘rinmaydigan narsalar ham kartada shartli belgilar yordamida ko‘rsatilishi mumkin. Masalan: nuqtalarning mutloq balandligi, suv havzalarinit chuqurligi, magnit og‘ish burchagi, yerning geologik o‘tmishi va h.k. Shartli belgilarni kartaning tili deyish mumkin.
Topografik kartalarning shartli belgilari masshtabli, masshtabsiz va tushintiruvchi belgilarga bo‘linadi. Kartadagi tafsilotlarning shakli va kattali-gini karta masshtabida tasvirlashda masshtabli shartli belgilardan foydalaniladi. Masshtabli sharti belgilar maydonli va chiziqli bo‘ladi. Maydonli shartli belgilar bilan o‘rmonlar, shudgorlar, ekin dalalari, ko‘llar botqoqliklar, aholi yashaydigan joylar, bog‘lar va h.k. tasvirlanadi. Maydonli shartli belgilar bilan tasvirlangan ob’ektlarning maydonini aniq hisoblasa bo‘ladi.
Savollar:
1.Yer tuzshi fan geodeziya fani bilan qanday bog‘liq?
2.Yerning shakli, o‘lchami, geografik kenglik va uzoqlik nima?
3.Qanday koordinatalar tizimini bilasiz?
4.Karta, plan, profil nima?
5.Masshtab nima va uning qanday kurinishlari bor



Download 248.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling