Mavzu: Yer, uning shakli va harakati


Download 18 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi18 Kb.
#1488494
Bog'liq
amaliy-GO\'M-4


4-AMALIY MASHG’ULOT.
MAVZU: Yer, uning shakli va harakati
Yer, uning shakli va harakati. Qadimgi odamlaming, Yer sharsimon emasmikin, degan fikrga kelishlariga ulaming dengiz sayohatlari vaqtidagi kuzatishlari sabab bo‘lgan. Masalan, kemada suzuvchilar biror sha- harga yanqinlashayotganlarida ularga dastlab shahardagi baland minoralaming uchlari ko‘rinadi. Shaharga yaqinlashgan sari boshqa imoratlar ham birin-ketin ko‘rina boshlaydi. Yeming yuzasi do‘ng, qavariq bo‘lganligidan shunday hodisa ro‘y beradi.
Quyosh chiqayotgan vaqtda quyosh nurining dastlab tog‘larning tepasiga, keyin etagiga, baland binolarga, daraxtlar uchiga, shundan keyingina past joylarga tushishi ham Yeming sharsimonligini tasdiqlovchi dalillardir.
Oy tutilishi hodisasi va uning sababi hozir ko‘pchilikka ma’lum. Oy tutilganda to‘lin oy chap tomonidan sekin-asta qoraya boshlaydi, muayyan vaqtdan keyin doiraviy qora dog‘ Oyning sirtini butunlay qoplab oladi; Oy Yeming soyasida qolganda shunday hoi ro‘y beradi; demak, doiraviy qora dog‘ Yeming soyasidir. Yer sharsimon bo‘lganligi uchun uning soyasi ham doira shaklida bo‘ladi.
Ufqning doira shaklida bo‘lishi ham Yeming sharsimonligidan dalolat beradi. Kishi qancha baland ko‘tarilsa, ufqning ko‘rinma uzoqligi shuncha kattalashadi.
Yaqin o‘tmishda Yeming sharsimonligi shu dalillar bilan isbotlangan. Hozirgi kosmik asrimizda bunday dalillarga hojat yo‘q. Yeming sharsimonligini hozir hamma tan olgan. Chunki fazogir kosmonavtlar Yeming sharsimon shaklda ekanligini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar va uni rasmga oldilar.
XVII asrning yarmigacha Yer aniq shar shaklida deb hisoblab kelingan. Keyinchalik bunday tasvvurning to‘g‘riligiga shubha bilan qarashga majbur etuvchi faktlar vujudga kelgan. Mana shulardan biri: 1672-yilda Parijdan Kayyennaga (Janubiy Amerika) astronomik soat olib borilgan. Kayyennada bu soat sutkasiga 2 minut 28 sekund orqada qola boshlagan. Bunga og‘irlik kuchining, binobarin, mayatnik tebranish tezligining ekvatorga tomon kamayib borishi sabab bo‘lgan. Og‘irlik kuchining qutblardan ekvatorga tomon kamayib borishi Yer qutblarining siqiqligiga bog‘liq. Bir toshni ipga bog‘lab gir aylantirsangiz, ip tortilib tarang bo‘ladi, hatto uzilib ketishi ham mumkin. Bunga toshni aylantirganda vujudga keladigan markazdan qochuvchi kuch sabab bo‘ladi. Yer shari doimo aylanib turganligidan unga ham markazdan qochuvchi kuch uzluksiz ta’sir etadi. Ana shu kuch ta’sirida Yerning qutblari biroz siqilib, Yer salgina yassilangan - ellips shakliga kirgan. Yer nihoyatda katta bo‘lganligi sababli uning tortish kuchi ham katta; Yer sharsimon bo‘lganligidan Quyosh nuri yerga turli geografik kengliklarda turli burchak bilan, masalan, ekvator atrofiga tik, qutbiy rayonlarga yotiq tushadi. Shuning uchun ekvator atrofida issiq, qutbiy rayonlarda sovuq bo‘ladi.
Yer - Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi. Hajmi va massasi jihatidan Yer katta sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin) beshinchi oʻrinda.
Yer sharining harakati. Yerning o`z o`qi atrofida va quyosh atrofida aylanishi. Kun va tun almashishi. Yerning andozasi bo`lmish globusni hammangiz ko`rgansiz. Globusda Yer shar qiya holda tasvirlanadi. Yerning o`qi haqiqatan ham qiya va bu biz uchun katta ahamiyatga ega. Faqat Yerning o`qi globus yoki velosiped g’ildiragiga o`xshar ekan, deb o`ylamang. Yerning o`qi to`g’ri chiziqdir, uni xayolan Shimoliy va Janubiy qutblar o`rtasidan o`tkazish mumkin. Yerning o`qi qiyaligi tufayli ham biz yashab turgan joyda fasllar almashadi, yoz o`rniga kuz, kuz o`rniga qish, qish o’rniga bahor va bahor o`rniga yoz keladi. Bunga ishonch hosil qilish uchun quyidagicha tajriba o`tkazing: bitta globus va stol chirog’i oling. Unda Yerni globus, stol chirog`ini esa Quyosh deb faraz qiling. Agar siz globus ushlagan qo`lingizni chiroq atrofida aylantirsangiz, Quyosh Janubiy va Shimoliy yarim sharlarni bir xil yoritmayotganini ko`rasiz. Shimoliy yarim sharga ko`proq yorug’lik tushganda, u yerda yoz, Janubiy yarim sharda qish bo`ladi. Janubiy yarim sharda yoz bo`lganda, Shimoliy yarim sharda qish bo`ladi. Globus va chiroq tun va kun almashinuvini tasavvur qilishingizda ham yordam beradi. Endi globusdan o`zingiz yashadigan joyni toping-da, u yerga to`g’nog’ichni qadab qo`ying. Globusni chiroq atrofida aylantirganingizda, siz yashayotgan joyda goh tun, goh kunduzi bo`lganini ko`rasiz. 360 gradus burilishi bu Yerning o`z o`qi atrofida to`liq bir marta aylanib chiqishi) uchun 23 soat 56 minut 4,091 sekund vaqt ketadi. Ming yillar davomida Yerning aylanish tezligi hech qachon o`zgarmagan, doimiydir, degan qarash mavjud edi. Ammo, bir oz bo`lsada, og’ish, baribir, kuzatilgan. Dengiz suvining ko`tarilishi bilan bog’liq ishqalanish va Yer qobig’ida ro`y berayetgan o`zgarishlar natijasida kun har yuz yilda sekundning mingdan bir ulushiga uzayib bormoqda. Olimlar bu o`ta oz o`zgarishlarni ham kuzatib, o`lchab turishibdi. Yer, shuningdek, Quyosh atrofida ham aylanadi. Yer ham boshqa sayoralar kabi ma'lum orbita bo`ylab Quyoshdan uzoq-yaqinligiga bog’liq tezlik bilan harakat qiladi. Sayyoralar Quyoshga yaqin kelganida tezroq harakat qilishadi.
Download 18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling