Mavzu: Yer yuzasining asosiy relief shakllari
Download 43.96 Kb.
|
Yer yuzasining asosiy relief shakllari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shamollar, suv, yerosti suvlari tasirida hosil bo’lgan relyef shakllari. Yer
Mavzu: Yer yuzasining asosiy relief shakllari Reja: Umumsayyoraviy relyef shaklarining joylashuvidagi asosiy qonuniyatlar Relyef xosil kiluvchi ichki kuchlar. Tashqi kuchlar – Nurash va uning turlari. Shamollar, suv, yerosti suvlari ta'sirida hosil bo’lgan relyef shakllari. Yer — Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi. Hajmi va massasi jihatidan Yer katta sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin) beshinchi oʻrinda. Ye.da hayot borligi bilan u Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralardan farq qiladi. Birok hayot materiya taraqqiyotining tabiiy bosqichi boʻlganligi sababli Ye.ni koinotning hayot mavjud boʻlgan yagona. kosmik jismi, hayotning Ye.dagi shakllarini esa mavjudotning yagona shakllari deb boʻlmaydi (qarang Yerdan tashkaridagi sivilizatsiyalar). Hoz. zamon kosmogoniya nazariyalariga koʻra, Ye. Quyosh atrofidagi fazoda gazchang holatda boʻlgan kimyoviy elementlarning gravitatsion kondensatlanishi (birbiriga qoʻshilishi) yoʻli bilan 4,7 mlrd. yil muqaddam paydo boʻlgan. Ye. tarkib topib borayotgan vaqtda radioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik hisobiga Ye.ning ichki qismi asta-sekin qizib, Ye. moddasining differensiyalanishiga olib kelgan, oqibatda Ye.ning konsentrik joylashgan turli qatlamlari — kimyoviy tarkibi, agregat holati va fizik xossalari jihatidan bir-biridan farq qiladigan geosferalari hosil boʻlgan. Ye. ichki qismining tuzilishi, seysmik toʻlqinlarning yer sirti va butun hajmi boʻyicha tarqalishini tadqiq etish asosida aniqlangan. Bu toʻlqinlar boʻylama va koʻndalang toʻlqinlar boʻlib, ularning Ye. ichki qismini tashkil etgan qattiq, suyuq qatlamlarida tarqalishi turlicha koʻrinish kasb etadi. Bu zamonaviy metodlar asosida Ye. ichki qatlamlarini oʻrganish quyidagi natijalarni berdi. Yer poʻsti deb ataluvchi qatlam oʻrtacha 30 km qalinlikka ega boʻlib, uning ostidagi Yer mantiyasi 2900 km chuqurlikkacha boradi. Undan pastda — 5500 km li chuqurlikkacha suyuq tashqi yadro joylashgan boʻlib, markazda diametri 1500 km chamasidagi qattiq subʼyadro yotadi. Yerdan tashqarida tashqi geosferalar — suv sferasi (gidrosfera) va havo sferasi (atmosfera) joylashgan. Relyef (frans, relief, lot. relevo — koʻtaraman) (geografiyada) — yer yuzasi, okean va dengiz tubidagi tashqi koʻrinishi, oʻlchamlari, kelib chiqishi, yoshi va rivojlanish tarixiga koʻra turlituman notekisliklar: togʻ, tekislik, payettekislik, adir, yassitogʻ, tepalik, qir, vodiy, botiq, soylik, jarlar va boshqa pastbalandliklar majmui. R. kattaligiga koʻra quyidagi toifalarga ajratiladi: megarelyef (materik doʻngliklari, okeanlar tubi), shuningdek, bir qadar kichikroq boʻlgan shakllar (togʻ sistemalari, tekisliklar); makrorelyef (togʻ tizmalari, togʻlar oraligʻidagi botiqlar, qirlar, pasttekisliklar); mezorelyef (jarliklar, suv osti kanʼonlari, tepaliklar); mikrorelyef (karst chuqurliklari, jarlar, doʻng tepa, dasht tepaliklari va boshqalar); n a n o relyef (juda kichik chuqurchalar, doʻngchalar va boshqalar). Bu boʻlinish shartli ravishda ajratilgan. Muhim orografik birliklarni tavsiflovchi R.ning tashqi yoki morfografik belgilari, shuningdek, uning miqdoriy xususiyatlari R.ni kompleks baholash uchun har doim ham ishonchli asos boʻla olmaydi, chunki bir xil tashqi koʻrinishga ega shakllarning kelib chiqishi va rivojlanishi turlicha boʻlishi mumkin. R. endogen (ichki) va ekzogen (tashki) kuchlarning birgalikda hamda muntazam oʻzaro taʼsiri natijasida vujudga keladi. Shuningdek, Yer yuzasining shakllanishiga gravitatsiya jarayonlari, inson faoliyati ham oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Endogen jarayonlar (Yer poʻstining tektonik harakatlari) taʼsiri natijasida nisbatan yirik mikyosdagi — kuru klik, dengiz va okeanlar tubida strukturali R. shakllari hosil boʻladi. Yirik R. shakllarining vujudga kelishi (sayyoraviy masshtabda), shuningdek, kosmik kuchlar — Yerning aylanishi, QuyoshOy tortilishi va boshqa bilan ham bogʻliq. Ekzogen kuchlar (oqar suvlar, dengiz toʻlqinlari, shamol va h.k.) odatda, nisbatan maydaroq R. shakllarini yuzaga keltiradi, yirik masshtabli R.larni yemiradi, pasaytiradi, mayda shakllarga boʻlib yuboradi, pastqam joylarni nurash mahsulotlari bilan toʻldiradi. Endogen kuchlar natijasida yuzaga kelgan R. shakllari morfostrukturalar tarkibiga kiritiladi. Ularda Yer poʻstining geologik strukturasi (tuzilishi) aniq ifodalanadi. R.dagi katlamlar gorizontal yotgan platformali geologik strukturalarga tekislik xududlar, burmali strukturalarga togʻli oʻlkalar toʻgʻri keladi. R.ning nisbatan mayda, asosan, ekzogen jarayonlar taʼsirida vujudga kelgan shakllari (dare vodiylari, jarliklar, barxanlar, qator tepalar va boshqalar) morfoskulipuralar sifatida ajratiladi. R.ning kelib chiqishi va shakllanishini geomorfologiya fani oʻrganadi. R.ni oʻrganish natijalaridan bir qator masalalar: melioratsiya, muhandisliktexnik izlanishlar, foydali qazilmalarni qidirish va h.k.da foydalaniladi. Quruklik va okeanlar tubi R. saqida Yer maqolasiga q Download 43.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling