Mavzu: Yerning o’z o’qi va Quyosh atrofida aylanishi. Darsning maqsadi


Download 28.1 Kb.
bet4/4
Sana08.05.2023
Hajmi28.1 Kb.
#1446484
1   2   3   4
Bog'liq
5-s Yerning o’z o’qi va Quyosh atrofida aylanishi dars ishi

Tropik chiziqlar. Globus, Yarimsharlar xaritalarida 23,5° shimo­liy va janubiy kengliklardan uzuq-uzuq chiziqli parallel o'tkazilgan. Bu parallel tropik chiziqlardir. Shimoliy yarimshardagisi Shimoliy tropik, Janubiy yarimshardagisi Janubiy tropik deyiladi.Quyosh yozgi turishi kunida Yer yuzining shu kengliklarida tush vaqtida qoq tepa(zenit)ga keladi. Ertasidan boshlab Quyoshning ufqdan balandligi asta pasaya boshlaydi. Janubiy va Shimoliy tropik chiziqlari oralig'ida bir yilda Quyosh ikki marta qoq tepaga keladi. Shimoliy tropikdan shimolda va Janubiy tropikdan janubda esa Quyosh hech qachon qoq tepa(zenit)ga kelmaydi.
Yerning issiqlik mintaqalari. Quyoshdan keladigan issiqlik va yorug'lik Yer yuzida bir xilda taqsimlanmaydi (Nega?). Ekvatorning ikki yonida Shimoliy va Janubiy tropiklargacha bo'lgan joylarga eng ko'p issiqlik va yorug'lik keladi. Bu yerlarda Quyosh ufqdan baland ko'tarilib, yil bo'yi quruqlik va okeanlarni qattiq isitadi. Bu joylar Yerning issiq (tropik) mintaqasidir.
Tropik chiziqlar bilan qutbiy doiralar oralig'i Quyoshdan kamroq yorug'lik va issiqlik oladi. Bu yerlar mo'tadil (o'rtacha) mintaqalardir. Qutbiy doiralardan qutblargacha bo'lgan joylarga Quyoshdan yanada kam yorug'lik va issiqlik yetib keladi. Bu yerlar qutbiy (sovuq) mintaqalar deb ataladi.


Yangi mavzuni mustahkamlash:
Ushbu Atama, tayanch tushuncha va nomlarni izohlab bering
Sutka, Yerning qutblari, Ekvator, Meridianlar, Parallellar, Geografik kenglik
Nazorat uchun savollar

  1. Sutka deb nimaga aytiladi?

  2. Yerda nechta geografik qutb bor?

  3. Kabisa yili qanday yil?

  4. Bosh meridian qayerda joylashgan?

  5. Geografik koordinata nima?

  6. Quyosh turishi kunlari deb qaysi kunlarga aytiladi?



O'quvchilarni rag’batlantirish
Uyga vazifa: Amaliy topshiriqlar



  1. Darslikning 31-34 betlardagi 21 va 24 rasmlarni daftaringizga chizing va izohlang.

  2. Yozuvsiz xaritada berilgan (•)ning koordinatalarini aniqlang.



Download 28.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling