Mavzu: Yerning radiusini aniqlash usullari. Quyosh sistemasi va jismlarni o’lchamlarini xisoblash usullari
Download 157.5 Kb.
|
Yerning radiusini aniqlash usullari.Quyosh sistemasi va jismlarni o’lchamlarini xisoblash usullari
Mavzu:Yerning radiusini aniqlash usullari.Quyosh sistemasi va jismlarni o’lchamlarini xisoblash usullari. Erning shakli shar shaklida bo‘lmaganligini va u sferoid shakliga ega ekanligini hisobga olsak, ya’ni Erning ekvatorial radiusi qutbiy radiusidan 21,5 km ortiqligini hisobga olsak, mana shu ekvatordagi ortiqcha massaga Quyosh va Oyning tortish ta’siri pretsessiya va nutatsiyani keltirib chiqaradi. 39-rasm. Er o‘qining pretsessiyasi. O – Er markazi, rr/ – Er o‘qi va OL to‘g‘ri chiziq Oy va Er markazigacha bo‘lgan masofa bo‘lsin. Oyga nisbatan Erning A nuqtasi V nuqtaga nisbatan yaqin bo‘lgani uchun, Oy A nuqtaga V nuqtaga nisbatan ko‘proq tortadi. Natijada Erning rr/ o‘qi o‘z yo‘nalishini P P/ ekliptika o‘qi tomonga siljitadi. Mana shu hodisa pretsessiya deyiladi. Pretsessiya natijasida Olam o‘qi rr/ ning ham yo‘nalishi o‘zgaradi. Olam o‘qi ekliptika o‘qi bilan 23027/ burchak oralig‘ida joylashganligi uchun, pretsessiya natijasida rr/ Olam o‘qi PP/ ekliptika o‘qi atrofida 23027/ radiusi aylana chizib aylanadi. Buning aylanish davri 26000 yilga tengdir. Pretsessiya natijasida ekliptika va Olam ekvatorining uchrashish nuqtasi sharqdan g‘arbga tomon har yili tezlikda harakatlanadi. Mana shu harakatlanish natijasida olam qutbi ham asta sekinlik bilan siljib boradi. Masalan, 13000 yildan so‘ng o‘rtacha SHimoliy kenglikda Orion yulduz turkumini ko‘rolmaslik, ammo Janubiy But yulduz turkumini ko‘rish mumkin. O‘sha paytlarda kelib, Qutb yulduzi sifatida Vega yulduzi xizmat qilishi mumkin. Oy va Quyosh bir biriga yaqin tekislikda harakatlanganligi uchun, yillik 50// li pretsessiyaning 16// si Quyosh va 34// si Oy ta’siri natijasida kelib chiqadi. Bundan tashqari planetalar ta’siri natijasida ham pretsessiya bo‘ladi. Planetalarning tortishi juda kuchsiz bo‘lganidan, Er o‘z o‘qi vaziyatini o‘zgartirmaydi, ammo planeta Erning Quyosh atrofidagi harakatiga ta’sir qiladi va Er orbitasi tekisligi, ya’ni ekliptika tekisligi vaziyatini o‘zgartiradi. Quyosh bilan Oyning pretsession kuchlari doimo o‘zgarib turadi. Har ikki yoritgich ekvator tekisligida bo‘lganda pretsession kuchlar nolga teng va yoritgichlarning og‘ish koordinatalari eng katta bo‘lgandan kuchlar maksimumga erishadi. SHuning uchun pretsessiya hodisasi murakkablashadi: 50//,2 ga teng bo‘lgan tengkunlik nuqtalarining harakatiga qisqa davrli kichik tebranishlar ham qo‘shiladi. Bularning hammasi nutatsiya degan umumiy nom bilan yuritiladi. Bulardan eng muximi 1747 yilda Bradley kashf etgan bo‘lib, u 18,6 yillik davrga, ya’ni Oy orbitasi tugunlarining aylanish davriga teng davrlisidir. Olam qutbi yoki unga parallel Er qutbi osmon sferasida nutatsiya natijasida siljib, sinusoidasimon chiziq chizadi. 40-rasm. Pretsessiya va nutatsiya ta’siri natijasida qutbning harakati. Download 157.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling