Mavzu: Yevropa mamlakatlarida farmatsiyani rivojlanish tarixi Farmatsiya-qadimiy fanlardan hisoblanadi. Uning rivojlanishi neolit davriga tòğri keladi.Farmatsiyaga oid qadimgi dastlabki bilimlar qadimgi Misrda tuzilgan miloddan avvalgi 1700 yillardagi Ebers papirusidan olingan. Farmatsiya atamasi-" farmakea"-"dorilarni qöllash" degan ma'noni bildiradi.
Osiyo mamlakatlaridan biri hisoblangan Hindistonda ham farmatsiya yaxshi rivojlangan. Eng qadimgi manba hisoblangan Ayurveda hind tarixida özida farmatsiyaga oid bir qancha bilimlarni saqlagan.Hindistonda òsha paytlarda 1000 dan ortiq òsimliklar davolovchi vosita sifatida ishlatilgan.
Xitoy dorishunoslik ilmlari bòyicha eng qadimiylaridandir.Bizgacha saqlanib qolgan manbalar miloddan avvalgi 2-3 asrlarga töğri keladi.Òsha davrlarda yashagan taniqli xitoylik shifokor Djan Sun Djan özining " Terlamali isitma tòğrisida mulohaza " asarida 116 ta retsept berilgan. Ular orasida isitma tushiruvchi, diuretik va sedativ vositalar haqida ma'lumotlar yozib qoldirilgan.
652 yilda Sunn Su Siaoning " Mingta oltin dorilar" kitobi chop etildi. 659-yilda Xitoy rasmiy davlat farmakopeyasini e'lon qildi, bu dunyoda birinchi farmakopeya maqolasi edi. Kitob jami 53 jildli, 844 ta dorilar tasvirlangan. Kòplab dorilar asosiy dorivor òsimliklar Xitoy tibbiyotida hozigacha ishlatiladi. Asrlar mobaynida tòplangan dorishunoslik haqidagi ma'lumotlar maxsus òsimliklar solnomalari va retseptlar tòplamlariga birlashtirildi.
Qadimgi Yunoniston( Gretsiya) da shifokorlar uchun maxsus maktablar bòlgan. Ushbu maktabning mashhur vakili Gippokrat edi. U dorishunoslik va tibbiyot sohasiga òzining salmoqli hissasini qòshgan edi.Gippokrat dorivor ösimliklardan turli shifobaxsh damlamalar, dorilar tayyorlab tibbiyotda keng kòlamda foydalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |