Reja: - 1. Yevrosiyo haqida umumiy ma’lumot
- 2. Yevrosiyo toponimlarining yuzaga kelishida ta’sir qilgan omillar.
- 3. Yevrosiyo materigining yirik obektlari va ularning toponimlari
- YEVROPA TOPONIMIKASI
- Yevropa qit’asining toponimik landshafti nihoyat xilma-xil va murakkab
- tuzilishga ega. Bu mintaqaning turli hududlaridagi o`ziga xos etnik va til
- taraqqiyoti tarixi, hamda tabiiy, madaniy va ma’naviy xususiyatlari bilan
- chambarchas bog’liq. Yevropa geografik nomlari qadimiyligi bilan farq qiladi va
- ular tarixiy hujjatlarda qayd qilingan. Qit’adagi eng quyi toponimik qatlamni
- qadimgi substrat nomlar, ya’ni hozirgi tillar yordamida izohlab bo`lmaydigan,
- maxsus etimologik tadqiqotlarni talab qiladigan toponimlar tashkil etadi.
Ma’lumki, Yevropa toponimikasi boshqa qit’alarga qaraganda yaxshi - Ma’lumki, Yevropa toponimikasi boshqa qit’alarga qaraganda yaxshi
- o`rganilgan. Mintaqa geografik nomlarining o`ziga xos xususiyatlarini inobatga
- olib, uni shartli ravishda bir necha submintaqalarga bo`lish mumkin. Shuni ham
- ta’kidlash joizki, bunday bo`linish shartli bo`lib, ularning aniq chegarasi
- belgilanmagan hamda kamchiliklardan holi bo`lmasligi mumkin.
Shimoliy Yevropa toponimikasi - Shimoliy Yevropa toponimikasi
- Shimoliy Yevropa toponimik jihatdan dunyoda eng yaxshi o`rganilgan hududlardan biri hisoblanadi. Submintaqadagi geografik nomlarning yagona shakli aniq va qat’iy belgilab qo`yilganligi tufayli ular kam o`zgargan va ko`p yillik tadqiqotlar natijasida yaxshi o`rganilgan. Mutaxassislarning yozishicha, qadimiy sag’alarda tilga olingan ko`pchilik nomlar, muayyan tarixiy sharoitlarga ko`ra, hech qanday o`zgarishsiz hozirgacha yetib kelgan va ularni etimologiyasini aniqlash qiyin emas.
Skandinaviyada aholining sezilarli migratsiyasi yuz bermaganligi tufayli, uning etnik tarixida ham jiddiy o`zgarishlar bo`lmagan. Olimlarning aniqlashicha, submintaqadagi geografik nomlarning quyi qatlami german tillarida sozlashuvchi xalqlarga tegishli va ular hozirgacha asl holida saqlanib kelmoqda. Ushbu hududda fin toponimikasi ham katta salmoqqa ega ekanligi unutmaslik kerak. Shu sababdan, ularni o`ziga xos xususiyatlarini inobatga olib alohida tadqiq etish maqsadga muvofiq - Skandinaviyada aholining sezilarli migratsiyasi yuz bermaganligi tufayli, uning etnik tarixida ham jiddiy o`zgarishlar bo`lmagan. Olimlarning aniqlashicha, submintaqadagi geografik nomlarning quyi qatlami german tillarida sozlashuvchi xalqlarga tegishli va ular hozirgacha asl holida saqlanib kelmoqda. Ushbu hududda fin toponimikasi ham katta salmoqqa ega ekanligi unutmaslik kerak. Shu sababdan, ularni o`ziga xos xususiyatlarini inobatga olib alohida tadqiq etish maqsadga muvofiq
Do'stlaringiz bilan baham: |