mavzu. Yil va davrlarni aniqlash. ( soat) reja


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/18
Sana24.01.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1114166
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
2-Mavzu. Yil va davrlarni aniqlash

 
 
Darhaqiqat, 8 Quyosh yili 2922 (365,25·8 = 2922) sutkani tashkil qiladi. 
Agar, 8 oy yilidan beshtasini oddiy uch yilini embolistik oy qiladigan bo'lsak, 
354·5+384·3 = 2922 kunga teng bo'ladi. 8 Oy yili 99 Oy oyiga teng bo'lishi lozim: 
48 ta «to'liq bo'lrnagan» va 51 ta «to’liq»oyga. Demak, 8 yilning 2, 5, 8-yillariga 
embolistik oy qo'shish mumkin. Lekin, Kleostat siklida xatolar yil sayin to'planib 
boradi. 8 Yulian yili 2922 sutka, 99 sinodik oy 2922 kunga emas, balki 2923,53 
kungatengdir.
Kleostat siklida kalendar bilan yangi Oyning ko'rinishi orasidagi farq 1,53 sutkaga 
(2923,52841-2922 = 1,52841) tengdir. Shunday qilib, Kleostat siklida Oy 
kalendari orqada qolib ketadi. U yangi Oy chiqmasdan tugaydi. Bu sakkiz yilda 
1,53 sutka, o'n olti yilda esa uch sutkani tashkil qiladi. 
Meton sikli. Kleostat siklidagi xatoni eramizdan avvalgi V asrda qadimgi 
grek olimi Meton aniqlagan. Meton bu xatoni yo'qotish maqsadida 19 yildan 
tashkil topgan yangi siklni ishlab chiqadi. U 19 yilda 7 embolistik yil (235 Oy oyi, 
uning 110 oyi «to'liq bo'lmagan», 125 tasi «to'liq»)dan tashkil topgan. 19 Quyosh 
yili 6939,75 (365,25· 19=6939,75) taxminan 6940 sutkadan iborat. 19 Quyosh 
yilini oy kalendariga moslashtirish maqsadida oxirgi yetti yilni embolistik, to'rt 
yilni kabisa yili qilish kerak. (354 kun x12 yil+384 kun x 7 yil+4 kun=6940 kun). 
Meton siklida 3, 6, 8, 11, 14, 17, 19-yillar embolistik, 3. 8, 11, 19-yillar 
kabisa yili qilib belgilanadi. Lekin Meton sikli ham juda aniq va mukammal 
chiqmadi. Unda 19 Yulian yili 6940 kun qilib olingan. Aslida esa u 6935,75 kunga 
tengdir. Siklda 19 yilda 0,25 sutka, ya'ni 4 siklda bir sutka farq yuzaga keladi. 
235 Oy oyi 6940 sutkaga emas, balki 6939,7 (29,53050-235= 6939,68865) 
sutkaga tengdir (6940-6939,68865=0,31135). Bu esa 4 siklda bir (0,3·4=1,2) kunni 
tashkil qiladi. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling