Mavzu. Yodgorlik va ta’mirlash to’g’risidagi tushunchalar
Download 182.9 Kb.
|
Ma\'ruzalar matni (2)
mavzu. Yodgorlik va ta’mirlash to’g’risidagi tushunchalar tarixi -4 soat (2-SOAT) Ma’lumki xar qanday tarixiy obidan o’z vaqtida vazifasiga ko’ra foydalanilgan, keyinchalik sayqallanib kelingan, bo’zilagn bo’lsa to’zatilgan; ba’zan qayta tiklangan. o’adimda tarixiylik xissiyoti rivoj topmagan edi. Tarixiy obidalarni qayta qurishda ko’pchilik ustalar eskisini bo’zib, yangisini qurishgan. Ba’zan eski qurilish ashyosi sifatida ham foydalanilgan. Tarixiy binolardan obida sifatida asrab avaylash uygonish davrida taraqqiy etdi. Biroq ular bu davrda ham yetarli darajada qadrlanmadi. Masalan, Rimdagi Kolizey binosidan qurilish ashyosi sifatida foydalanish faqat XVII asrdagina tuxtalilgan. Ba’zi obidalardan esa hamisha foydalanib kelingan. Masalan, Rim ibodatxonasi Panteon VII asr boshidayok cherkovga aylantirildi. Antik obidalarga bo’lgan munosabatning ijobiy o’zgarishi XVII asrga To’g’ri keldi. U davrda tabiiy fanlar rivojlandi. Fandagi ilmiy tavsiflash tamoyillarni tarix va xususan san’at tarixiga ham tadbiq etildi. O’sha vaqtgacha antik qurulmalarni o’rganish faqat O’sha davrning o’z muammolarini hal etish uchungina olib borilar edi. Endilikda obidaga o’zichalik tarixiy qiymatga ega narsa sifatida qaraldi. Bu esa zamonaviy qarashga juda yaqin kelar edi. XVIII asrning 1-yarimda Gerkulanum va Pompeyda keng miqyosli qazishlar olib borildi. To’g’ri, dastlabki qazilmalar aloxida qiymatga ega bo’lgan san’at asarlarini topishga yunaltirildi. asr oxiridan boshlab Rim shaxri forumida ham shunday qazishlar olib borildi. Antik san’atni ilk bor tarixiy nuqtai nazardan o’rgangani olim Vinkelmandir. U “Qadimiyatning san’at tarixi” asarini yozadi. Bu asar san’at tarixi soxasidagi dastlabki kitoblardan biri edi. Klassisizmning tantana qilishi ham antik san’atni o’rganishga turtki bo’ldi. XVIII asrga kelib me’moriy obidalarni ta’luqlii me’moriy obidalarni ta’mirlash mustaqil soxa tarzida shakllandi. asr boshida Rafael Stern Rimdagi Kolizey inshootini ta’mirladi. U inshoot tashqi devorini tirgak devor bilan mustaxkamladi. Birinchi tirgak devor silliq ishlandi va buning natijasida inshoot arxitekturasidan keskin ajralib qoldi. Keyingi tirgak devorlar butun inshoot kabi uch qavat va antik qism sifatida ishlandi. Shundan so’ng Jo’zeppe Valadye Tit ravog’ini ta’mirlaydi. Ravoq o’rta asrlarda qo’rg’on devorga kirgizib yuborilgan edi. Valadye keyingi qismlarni olib tashlab antik davrdagisini qoldirdi. Umuman yuq bo’lib ketgan qismlar tiklandi. Tiklangan qismlar aloxida ajratib kuyildi, Birinchidan, ular marmardan emas, balki travertindan ishlandi. Ikkinchidan, tiklangan qismlar soddalashtirilgan shakllarda bajarildi. masalan, ustun o’zagi kannelyuralarsiz tiklandi. Ulchov ishlari juda aniqlik bilan olib borildi. Asl qismlarga juda extiyotkorlik bilan yondoshish faqat antik obidalarga tegishli hol edi. Keyingi davrlarda vujudga kelgan obidalarga J.Valadye bunday hurmat bilan yondoshmadi, balki o’z xoxishiga ko’ra ularni o’zgartirdi. Bu ta’mirchilar obidalarni butunligicha tiklamadilar, faqat vayronalarini saqlab qolishdi holos. O’sha vaqtda vayronlarni saqlash odat tusiga kirayotgan edi. Rassomlar arxitektura vayronalarini o’z asarlarining foni sifatida tasvirlar edilar (masalan, Monteniya, Pussen ijodlarida shunday bo’ldi). XVIII asrda kelib vayronalarni tasvirlash rassomchilikda mustaqil janr sifatida shakllandi. Rober, Piranezi asarlari ana shunday janrga misol bula oladi. Katta xiyobonlarda vayronalar atayin qurilib qo’yilar edi. Stern ham, Valadye ham me’moriy obidalarni ta’mirlashdan tashkari yangi binolar ham qurishgan edi. Ular o’z ijodlarida klassisizm uslubiyatiga asoslangan edilar. XIX asrning o’rtasi va ikkinchi yarmi ta’mirlash faqat antik obidalargagina tegishli bulmay, balki o’rta asr obidalariga ham taa’luqli bo’lib qoldi. O’rta asrga qiziqish dastlab Angliya she’riyatida gotik davr shakllariga murojaat etishda namoyon bo’ldi. XVIII asr oxirlaridayoq Angliya istiroxat bog’larida klassik "vayronalar" qatorida gotik "vayronalar" ham paydo bo’ldi. XVIII asr o’rtalaridan boshlab gotikaga qiziqish Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham paydo bo’ldi. asr oxiri - XIX asr boshida adabiyotda va san’atda romantizm uslubi tarqaldi. Ma’lumki, klassisizmda aqlga murojaat etilgan bo’lsa, romantizmda tassavurga murojaat etildi. Bu vaqtda obidalarni o’rganish odatda sinchkovlik bilan olib borilar, umuman olganda yodgorliklarga katta e’tibor qaratilgan edi. Biroq, Fransiyada kechgan inkilob davrida o’rta asr obidalariga foyedalizm asoratiga qaralganday qaraldi. Yodgorliklar ko’p hollarda buzib tashlanar edi. Obidalarni buzishga qarshi qonun 1793 yilda qabul qilindi. Nazorat uchun maxsus xay’at ham tuzildi. Biroq bu xay’atning o’zi o’rta asr obidalari bilan bir qatorda gotika davriga oid bo’lgan obidalarni ham bo’zishga ruxsat bergan edi. O’rta asr obidalarni ta’mirlash XIX asrning birinchi o’n yilligadan boshlandi. Bu jarayon turli mamlakatlarda turlicha o’tdi. Angliyada ta’mirlash ishlari orqali obidalar "yaxshilanar" edi. Ta’mirlanayotgan obida asl holatiga yaqinlashtirilmay, O’sha davrda gotika qanday talkin etilayotgan (tushunilayotgan) bo’lsa, O’shanday amalga oshilar edi. Fransiyadagi soborlarning qurilmay kolib ketgan qismlari erkin talkin qilinib qurilar edi. Masalan, ruan shaxri soborining shpili an’anaviy ashyo bo’lgan toshdan qurilmay, amaliyotga keng tadbiq etilayetgan yangi ashyo - chuyandan qurildi. Chuyanning ishlatilishi tanqid qilindi. Bunda binoning avval bo’lmagan qismini qurish zarur bo’lganligi xech xisobga olinmadi. asr o’rtasida ta’mirlashda yana qator muammolar paydo bo’ldi. Shulardan ikkatasi juda muxim edi. Birinchisi, binoning qushimcha miqdorda, ya’ni qurilmay qolgan yoki yo’q bo’lib ketgan qismlari urnini qay miqdorda tiklash muammosi bo’lsa; Ikkinchisi, binoga keyingi davrda qushilgan qismlarga munosabat muammosi edi. Bu muammo masalalar ustida qizgin baxslar olib borildi. Shu yusinda ta’mirlash nazariyasi shakllana bordi. Ingliz adibi va tanqidchisi Jon Ryoskin ta’mirlashni tanqid qilib chiqdi. Uning ta’biricha, ta’mirlash - obidani keng, yoppasiga buzish demakdir. U shunday deb yozadi: "murdani tiriltirib bo’lmaganidek, arxitekturadagi buyuklikni va go’zallikni tiklab bulmaydi". Ryoskin bo’yicha ta’mirlash urniga obidaga mutassil qarab turish, iloji bulmaganida esa obida yuq bulayetganini ko’zatish bilan kifolanish lozim. Franso’z arxeologi Adolf Napoleon Didron ta’mirchining xuquqlarini cheklab turish kerak deb xisoblagan edi. U "biror shoir "Eneida" dostonidagi she’rlarni oxirgacha yozib quyishga, biror rassom Rafael bitirmagan asarni tugatishga, biror xaykaltorosh Mikelanjeloning oxiriga yetkazmagan xaykalini tugatishga harakat qilmaganidek, sog’lom fikrli me’mor ham tugatilmagan binoni oxiriga yetkazishga harakat qilmasligi kerak" deb yozgan edi. Didron obidani keyingi qushimchalardan “tozalab stilistik yaxlitlikka erishish” usulini ham qoraladi. Ko’p xatolardan saqlanishning birdan bir: yo’li o’rta asr me’morchiligini puxta o’rganish deb bildi. Bu esa tadqiqot - ta’mirlashning asosi degan tushunchaning shakllanishi edi. Mazkur tushunchaning salbiy tomoni ta’mirlashdagi har qanday masalani ham tadqiqotchining bir o’zi yecha oladi, degan noto’g’ri xulosaga olib kelishiga sabab bo’ldi. Asliyatga taqlid qilish, undan nusxa olish ham xatolar oldini olish deb tushunildi. Xullas “uxshama (analog) buyicha ta’mirlash” usuli vujudga keldi. Arxitektor Violle-le-Dyuq yetuk olim edi. U gotikani badiiyan mukammal muxandislik tizimi tariqasida tushundi. Uning fikricha, ta’mirlash-buzilgan tizimni tiklashdir. U Lassyu bilan Parijdagi Notrdam soborini ta’mirladi. Ikkolovi ham “avvalgi xashamatli tiklash” zarur deb bilishdi. Sobor shpili tiklandi. Lekin bitmay qolib qurilmadi. Violle-le-Dyuq “tiklash-bino aslida xech kachon bulmagan qismi bilan - bitkazilgan holatiga keltirishdir” degan edi. Ta’mirlash jarayonida keyingi qushimchalar olib tashlanar, stilistik intilinar edi. Bunday ta’mirlashning ikkinchi kamchiligi: diqqat - e’tiborni mavjud yodgorlikdan uning ideal (mavxum) kiyofasiga olib o’tish bo’lgan. Pirovardida tarixiy bo’lgan, lekin dastlabki qurilishdan keyingi qushimchalar so’zsiz olib tashlanar edi. MAVZUNI MUSTAXKAMLASH UCHUN SAVOLLAR. Tarixiy bino hamisha ham yodgorlik deb tushuniladimi? Yevropa mamlakatlarida dastlab qaysi davrda qurilgan binolar obida deb hisoblandi? Ilk bor qaysi yodgorliklar, kim tomonidan va qanday ta’mirlandi? “Vayronalar” nima? Nima sababdan Jon Ryoskin tamirlashga qarshi chiqdi? (2-soat) Binoni qurgan birinchi me’mor rejalagan, lekin amalga oshmay qolgan binoning qismini ta’mirlayotgan me’mor tugatib quyishi kerak edi. Shuning uchun ham bu usul “stilistik yoki romantik ta’mirlash” nomini oldi va u XIX asr o’rtasida keng tarqaldi. Ryoskin aytgan pessimistik gaplar amalda xaqiqatga aylanar edi. Buning ustiga O’sha davrda eklektizm ham tarqalardi. Shu bilan birga xatolarni to’laroq tushunish uchun ta’mirlash hali aloxida soxaga ajralmaganligini ham nazarda tutish kerak. XIX asr oxirida stilistik ta’mirlashdan norozilik paydo bo’ldi. Bu ta’mir natijasida yodgorlik o’rniga tashqi jixatdan o’xshash bo’lgan, aslida boshqa bino vujudga kelib qolar edi. Zamonaviy me’morni o’tmishdagi uslubiyatga to’la yetaklay olish mumkinligi shubxa ostiga olindi. Pirovardida shunday xulosaga kelindiki, rejalangan holatni emas, balki uning amalga oshganini ta’mirlash zarur. Ta’mirlashning yangi prinsiplarining shakllanishida Ryoskinning izdoshi Uilyam Moris faoliyati katta rol uynaydi. Yangicha qarash italiyalik Kamillo Boytoning “Latif san’atlarning amaliy masalalari” asarida o’z aksarini topdi. K.Boyto fikricha, yodgorlikning aslliligi tarixiy xujjatning aslligini bilan barobardir. U Ryoskinga uxshab ta’mirlashni butunlay inkor etmadi. Boyto ta’mirlashga quyiladigan shartlarini qattik quydi. Shartlarning muximlari: dastlabki va keyingi qismlarni stilistik jixatidan farqlash, ularni turli ashyoda qilish, yangi kiritilgan qismlarda mayda detallarni, chunonchi nakshlarni bermaslik (Valadye Tit zafar darvozasida shunday bo’lgan edi). Yangi kiritilgan qismlarni (kiritmalarni) maxsus belgi va yozuvlar bilan ajratib quyish, topilgan qismlarni yodgorlik oldida namoyish qilish, o’tkazilgan ta’mir To’g’risida maxsus lavx (taxta) urnatib quyish, bayonnoma tuzish, o’tkazilgan tadqiqiy va ta’mir ishlarini suratga olib quyish, ularni chop etish yoki yodgorliklarning o’zida saqlash, qabul qilingan yechimlarni jamoatchilikka keng ovoza qilish. Boyto bularni dogmaga aylantirmay, "sharoitga qarab" qo’llash zarurligini o’qtirgan. Boyto ta’mirlashni uch xilga ajratadi: Arxeologik ta’mir (antik yodgorlik uchun, uta aniqlik talab etildi). Erkin ta’mir (o’rta asr yodgorliklari uchun, qismlari mutlako saqlanmagan bo’lsa ham, bulmaganligi begumon bo’lsa, tiklanadi). Arxitekturaviy ta’mir (Uygonish va undan keyingi davrlardagi yodgorliklari uchun, obidalardagi tartiblilik muntazamlilik yuqolgan holda qismlari yetarli mikdordagi aniqlik bilan tiklanadi). Obidalar qiymatining qirralari tobora kupaya borgan tadqiqotchilarning izlanishlari davomida, Avstriyalik Aloiz Riglyu yodgorliklarning ijtimoiy qiymatini ochib berdi. U yodgorliklarning estetik va utilitar qiymatlaridan tashkari tarixiy qiymatiga ham aloxida e’tibor berdi. Uning e’tirofiga ko’ra, yodgorlikning faqatgina eng qadimgi qismlari emas, balki undan keyingi qismlari ham qimmatlidir. Chunki qadimgisi keyingilari bilan birgalikda o’zida tarixni tula aks ettiradi. Ta’mirchilikda “vaqt chegarasi” tushunchasi paydo bo’ldi. Yodgorlikdagi keyingi o’zgarish qoldiklarini saqlab qolish zarurligi tutildi. Konservasiya choralarining ustivorligi ham ana shunday tushunchalar asosida kelib chiqadi. XX asr boshlarida mazkur qarashni o’zida aks ettirgan ta’mirlash uslubi qaysi davr yodgorligiga tatbiq qilinishidan qat’iy nazar "arxeologik" uslub deb ataldi. O’sha davrda arxeologiya fani anik ilmiy tizimga aylangan bo’lib, kupgina hollarda arxitektorlar uchun arxeologiyani o’zlashtirish zarurati tugildi. Ba’zan esa arxeologlar ta’mirlash ishlarini olib bordilar. Ta’mirlash ishidagi bu jarayonning paydo bo’lish omillaridan biri arxitekturadagi o’zgarishlar edi. Avvalgi uslublardan foydalanish urnini yangi shakllar ishlab chikish xarakati egalladi. 1933 yil Afinada o’tkazilgan halkaro arxitektorlar kongressida Le Korbyo’ze va D’obinilar tayyorlashgan xartiyada ushbu jumlalar mavjud: “estetik talablarga ergashib, utmish stillardan foydalanish xatarli oqibatlarga olib keladi”. Arxeologik ta’mirlashning asosiy prinsiplarini esa italiyalik Gustavo Jovanoni ishlab chiqdi. Uning nazariy qarashlari 1931 yilda yozilgan edi. Ta’mirlash xartiyasi Italiyada ta’mirlashning asosiy xujjatiga aylandi. Boytodan farqli ularok G.Jovanoni yodgorliklarni ikki: “tirik” va “ulik”, ya’ni foydalaniladigan va foydalanilmaydigan yodgorliklarga ajratadi: ta’mirlash turlarini G.Jovononi qanday yodgorlikda o’tkazilishiga qarab emas, balki qanday ish qilinishiga qarab bo’lib chiqdi. U ta’mirlashning besh turini ajratdi: mustaxkamlash, anastiloz, ochish, tuldirish va yangilash. Keyinchalik mustaxkamlash usuli, ya’ni konservasiya yodgorlikda o’tkaziladigan ishlarning asosiy maqsadi deb yakdillik bilan tan olindi. Violle-le-Dyuq qarashlaridan farqli ularoq mustaxkamlashda zamonaviy fan va texnikadan ham foydalanishga yo’l qo’yildi. Anostiloz deb asl tosh qurilmalar va qismlarni o’z joyiga quyish nazarda tutiladi. U yirik tosh bloklaridan ishlangan antik binolarda qullanildi. Qo’shimcha. miqdori asl qismlarni o’z o’rniga o’rnatish zarurligidan kelib chiqadi. Anostiloz iborasi XX asr boshida Afina akropolini ta’mir etgan Nikolay Balanos tomonidan ishlatilgan. G. Jovanoni mustaxkamlash va anostilozni asosiy ta’mir usullari deb hisoblagan. Ochish va to’ldirishni esa extiyotkorlik bilan ishlatishni tavsiya etgan. “Ta’mirlash xartiyasi” da ham shunday deyilgan: “ qaysi vaqtga taaluqli bo’lishidan qat’iy nazar, har qanday badiiy va tarixiy qiymatga ega unsurlar saqlanishi kerak” Ta’mirlashning yangilash turi eng jumboqli masala bo’lib qoldi. Yangilash deb ta’mirlashning aynan o’zi emas, balki ko’proq shaxarsozlik nuqtai nazaridan zarur bo’lib qolgan, utilitar maqsadlarda qullaniladigan yangi qushimchalar tushunilgan. G.Jovanoni nazariy jixatdan zamonaviy shakllarni qo’llash mumkin ligini xis etgan. Biroq uning imkoniyatlari bu masalani hal eta olishiga sharoit yaratmadi. Xartiya kabul kilinilgan 1931 yilda Afinada ilk bor ta’mirchilarning halkaro konferensiyasi bo’lib o’tdi. Uning qarori Italiya ta’mirlash xartiyasi bilan hamoxingdir. Ta’mirning xilma-xil bo’lishi mumkinligini e’tirof qilingan holda, xartiyadagi umumiy yo’nalish - yodgorlikni to’la tiklamaslik bo’lib qolaverdi. Xartiyada shunday deyiladi: “Ta’mir qilmaslik iloji kolmagan takdirdagina ta’mirlashda, utmishning har qanday tarixiy va badiiy asarlariga hurmat bilan qarash, xech bir davr uslubini yuqotmaslik tavsiya etiladi” Pirovardida arxeologik ta’mirlash ruyi-rost qaror topdi. Shu bilan birga konferensiya qarorlarida arxeologik ta’mirlashga xos bo’lgan kamchiliklarni yuqotishga xarakat qilindi. Arxeologik usuldagi ta’mirlashda yodgorlik mo’zeydagi buyumga uxshab kolar edi. Obidaning xayotdan chetda qolish xavfi tug’ildi.Oxir-pirovard yodgorlikni saqlash samarasiz bo’lib qoldi. Konferensiya zikr etilgan kamchilikka karshi chora-tadbir sifatida bir necha tavsiyalar ishlab chiqdi. Chunonchi, yodgorlik xayotini davom ettirish uchun undan foydalanish, yodgorlik atrofini va shahar qiyofasini avaylab asrash, yodgorlikni targ’ibot qilinishni maorif dasturlariga kiritish. Bu kabi tavsiyalar ikkinchi jaxon urushidan keyingina amaliyotda keng tadbiq etildi. O’zbekistan ta’mirchiligi uchun oktyabr inqilobidan avvalgi hamda sobiq sovet davrning dastlabki yillaridagi ta’mirlash tajribalarini tahlil qilish foydalidir. XVIII asr oxirlarida Moskva kremlida barpo etishga jazm etilgan katta saroy qurilishining maqsadini uning arxitektori V.Bajenov “nuragan va betartib shaxarning qadimgi kurinishini yangilash” deb talqin etdi. Yekaterina II ushbu saroy qurilishidan voz kechdi va natijada kremlning buzilgan ba’zi devor va burjlari qayta tiklandi. Shundan keyingina kreml yaxlit tarixiy va me’moriy yodgorlik sifatida idrok etildi. 1812 yildagi Moskva yonginidan keyingi boshlanib ketgan tiklanishlar katta ro’l o’ynadi. Jamoatchilik o’rtasida paydo bo’lgan yodgorliklarga qiziqish ham ta’mirlash rivojiga sababchi bo’ldi. Bu ishlar kuprok stilistik ta’mirlashga yaqin uslubda olib borildi. Ukrainada 1849 yilda Kiyevdagi “Oltin darvoza” da utkazilgan ta’mirlash ishlari moxiyati jixatidan juda extiyorkorlik bilan, yuqori saviyada bajarilgan konservasiya edi. XIX asr oxirida ta’mirlashga kuyilgan talablarni kuchaytirish zarurligi sezildi. Bunga 1893 -1900 yillarda V.Suslov utkazgan Novogoroddagi Sofiya cherkovining ta’mirlanishi katta sabok bo’ldi. Yangilik shundan iborat ediki, unda keyingi katlamlarga yetarli darajada etibor berildi. Ammo, eski toshning tadir-budirligi “tutrilanib” suvaldi, natijada yodgorlikning muxim o’ziga xosligi yuqoldi. Rusiyadagi ta’mirlash uslublarining tula shakllanishi XX asrning birinchi un yilligiga To’g’ri keldi. O’sha yillari P.Pokrishkin Novgorod shaxridagi Neredina cherkovini ta’mirladi. Ta’mir juda katta extiyotkorlik bilan utkazildi. Kushimchalar minimal holga keltirildi, Pokrishkin cherkovdagi keyingi shalgami gumbazini qoldirdi, lekin xatoga ham yul kuyildi, Tashqi suvokda portlansement ishlatildi, Sementning but utkazmasligi xususiyati tufayli ichkaridagi frezkalarga putur yetkazildi, Xatoni Pokrishkinning o’zi tezda to’zatdi, N,Rerix va I,Grabar Pokrishkinning ta’mir ishlaridagi katta moxirlikni kayd etgan holda umuman bu cherkovni ti’mirlash zarurligiga gumon bildirishdi, I.Grabar nimadir noma’lum, lekin obidaning muxim jixati ti’mirlashdan keyin yuqolganini kayd etdi, Sobik sovet davridagi dastlabki ta’mir ishlari inkilob janglari natijasida Moskva kremli obidalariga yetkazilgan shikastlarni bartaraf etishdan iborat edi, 20-yillarda ta’mir ishlari anchagina keng kulamda olib borildi, O’sha davrda Moskvada markaziy “Davlat ustaxonalari” ta’sis etilib, uni I.Grabar boshkardi, Ustaxonalarda me’moriy rangtasvirlar va amaliy san’at asarlari ta’mirlandi. I.Grabarga ko’ra, ta’mir-konservasiya tushunchasiga kiradi va o’z ichiga obidani saqlash, sharoitlarini yaxshilash chorasini ko’radi. Ta’mirlashning ikki tomoni mavjud ochish va tiklash. Ochish, agar xech kanday tarixiy va badiiy sifat yuqolmasa tiklashdan ustundir. Boshka chora kolmaganidagina obidani tamirlash mumkin. Arxitektor B.Zasipkinni O’rta Osiyo obidalarini tiklashdagi mexnatlari juda katta. U yodgorlikni me’moriy arxeologik uslubda o’rganishga aloxida e’tibor berdi. U kupincha saklangan qismlarni anikdash va uni mustaxkamlash bilan kifoyalanmadi, ba’zan esa oddiygina ochib kuyiladi, ya’ni keyingi katlamlardan tozalanadi-deb yozgan edi. I.Grabar va B.Zasipkin arxeologik ta’mirlashning prinsiplarini amalda sinadilar. B.Zasipkin bir qator obidalarni ta’mirlashda, mahalliy halk ustalari bilan hamkorlikda ish olib bordi. Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar; Stilistik tamirlash nima ? K.Boyto necha va kanday tamirlar xillarini ajratgan ? “Vakt gardisi” nima? G.Jovanoni yodgorlikning necha turini va tamirlashning necha xilini ajratgan ? Tamirlash va tamirchilar xartiyalarining asosiy mazmuni nimada ? mavzu. Zamonaviy ta’mirshunoslikning asosiy prinsiplari -4 SOAT. (2-soat) Ilmiy tushunchalar hamisha o’zgarib kelgan va tobora murakkablashgan. Avvalo yodgorlik tushunchasini olsak xozirgi zamon ta’mirshunosligi buyicha yodgorlikda ikki tomonlama: tarixiy va badiiy kiymatlar mavjud. O’z navbatida ularning tarkibiy jixatlari ham bor. Tarixiy kiymat o’z ichiga nafaqat utmish To’g’risida ma’lumot beruvchi qiymatga ega, balki xissiy (emosial) qiymatga ham egadir. Badiiy kiymat o’z ichiga estetik jixatlarni kamrab oladi. Me’moriy yodgorlik kurilgan davrni, uning ishlab chikarish darajasini, muxandislik bilimlarini o’zida aks ettirdi. Yodgorliklarning tipologiyasi utmish xayotning muxim tomonlarini aks ettiradi. Jumladan, madaniy alokalar To’g’risida ma’lumot beradi. Badiiy kiymat tkgrisidagi tushunchalar o’zgarib turgan. Ilmiy ta’mir, endigina boshlanib kelayotgan davrda xukm surgan. Klassisizm davrida doimiy go’zallik konuniyatlari mavjud deb tushunishdi. O’shanda faqat antik davrdan kolgan yodgorliklargina yodgorlik deb xisoblangan. Keyingi davrga mansub katlamlarni kiymatsiz deb kadrlanilmagan. Romantizmda yodgorlikda muayyan tarixiy narsani emas, balki vakt utishi bilan bo’zilib ketgan bino me’morining goyasini, rejasini ko’z oldida namoyon etadigan narsani kurdi. Arxeologik ta’mir vakillari esa yodgorlikni xujjat deb bilishdi. Xrzirgi vaqtda yodgorlikni tarixiy va badiiy yaxlitlik deb tushuniladi. Xrzirgi zamon tamoshabini mamlakat va davrlarning san’atini yaxshi bilishini takozo etadi. Bu o’z navbatida idrok etishning murakkabligini kursatadi. Shunday idrok, binoni yaratgan usta idrokiga uxshamasligi kerak. Uning tushunchalari biznikidan fark kilgan. Keyingi kushimchalar hamisha ham yodgorlikni bo’zmagan, balki unga yangi, ba’zan yuqorirok badiiy sifat baxsh etgan. Turli davrlarga tegishli katlamlar o’zaro murakkab munosabatda bo’lgan. Kup vaziyatlarda takrorlanmas holatlar vujudga kelgan. Yodgorlikka keyingi katlamlarning kiymati o’zichalik badiiy qiymatga ega yoki qiymatga ega emasligi, nuqtai nazaridan emas, balki yodgorlikning tarkibiy qismi ekanligi nuqtai nazaridan karalishi kerak. Ba’zan inson kuli kiritgan o’zgartirish emas, balki utmish keltirgan o’zgartirish badiyan muximrok bo’lib koladi. Masalan, antik xarobalarning xozirgi holati dastlabki, butun holatiga karaganda kishiga kuchlirok ta’sir etadi. Yodgorlikni idrok etishda uning atrofi, ya’ni me’moriy va tabiiy muxiti katta e’tiborga molikdir. Kupincha me’moriy muxit yodgorlikning o’ziga Karaganda tezrok o’zgargan. Bu ayniksa urbanizasiyaga uchragan yirik shaxarlarda yakkolrok, kurinadi. Yodgorlikning va uning atrofi orasidagi stilistik boglanishlar ta’mirchi uchun ham ahamiyatlidir. Kup hollarda yodgorlikka kiritilgan o’zgartirish vaqtida muxitga ham o’zgartirish kiritilgan bo’lib, bu yangicha yaxlitlikni bergan. Shu bilan birga, albatta, bir—biriga xech mos kelmaydigan o’zgartirishlar yodgorlikning badiiy sifatiga putur yetkazganligi hollar ham mavjud. Yodgorlikda olib boriladigan xar kanday ta’mirning maksadi- badiiy qiymatga ega bo’lgan asarning umrini o’zaytirish kabidir. Bunga asosan konservasiya, usuli bilan erishiladi. Konservasiya xozirgi vaqtda asosii usul deb tan olingan. Yodgorlik umrini o’zaytirishning vositasi uni xozirgi xayotga faol kiritishdan iborat bo’lib, bunga ikki ta’mirlash va moslashtirish yullari bilan erishiladi. Ta’mirlashda u yoki bu o’zgartirishlar kiritiladi. Demak, ichki tizim, ya’ni qismlarning avvalgi o’zaro boglikligi bo’ziladi. Ta’mirlash ishida dastlabki rejalangan holat tiklanmaydi, balki bo’zilgan va kushimcha kilingan yodgorlik saklanadi. Oxirgi vaqtdagi holat ham yoki eng optimal vaqtdagi holat ham tiklanmaydi, balki yodgorlikning badiiy sifatlari hamda tarixiy kiymatlari ochib beriladi. Badiiy kiymat deyilganda dastlabki holatdan tashkari, keyingi holatlar va yodgorlik bilan muxit orasidagi borlikdan iborat kiymat tushuniladi. Ta’mirlashda me’morning loyixasi sakdangan bo’lsada, dastlabki reja amalga oshirilmaydi. Chunki kushimchalarni nazarda tutish lozim buladi. Undan tashkari kup loyihalar qurilish jarayonida to’zatishga uchragan buladi. Obidalarning keyingi katlamlari qoldirilishi va qoldirilmasligi mumkin. Yodgorlikda mumkin kadar asl qismlarni saqlash zarur. Faqat favkulodda aslini almashtirish mumkin. Ta’mirlash jarayonida kiritilgan o’zgarishlar signasiya vositasida kursatiladi. Signasiya-yangi qismlarni ajratishdir. Asl va yangi qismlar o’rtasidagi mikdor munosabati xar holatda aloxida hal etiladi. Yodgorlikning asl qismlari kup bulishi kerak. Yodgorlik binoning butuni yoki bir bulagi bulishi mumkin. Me’moriy obidani saqlash masalalari ijtimoiy xarakterga molikdir. Yodgorlik takdirini hal qilish bir kishiga boglik bulishi kerak emas. Yuqorida yodgorliklarning alomati va sifatlari To’g’risida gapirildi. Endi ta’mirlash amaliyoti To’g’risida gap yuritamiz. Amaliyotda yodgorliklarda kullaniladigan ishlar 3 xilga: a) to’zatish (remont); b) konservasiya (kotirish) va v) ta’mirlashga bulinadi. Bu farklash shartlidir. Lekin u ishlarni bajarishda kullaniladigan xujjatlarning tarkibini hamda ularning kabul qilish tartibi belgilab olinadi. U yoki bu ish xillarini bajarishdan avval yodgorlikda albatta tadkik kilinishi kerak. a) Remont damba-dam utkazilib turiladigan oddiy qurilish uslubidagi olib boriladigan ishlardir. Saklanishi lozim bo’lgan qismlarni aniklash uchun alouida tadkikot ishlari olib boriladi. Kupincha remont vaqtida ta’mir ishlari ham kushiladi: avvalgi qismlarni ochish, ayrim qismlarni tiklash va x.k. b) Konservasiya yodgorlikni sakdash maksadida olib boriladigan ishlar bo’lib, bularning turttasi mavjud. Ikkinchisi: yodgorlikning tez bo’zilib ketishini bartaraf etish uchun amalga oshiriladigan usul; masalan tirgak urnatish, ustini yopib kuyish va x.k. Ikkinchi jaxon urushidan keyin bu usul keng kullanilgan bo’lib, buni muxandislik ta’miri deb atasa ham urinlidir. Ikkinchisi: murakkabrok ishlar bo’lib, o’zok vakt tasir etadigan salbiy faktorlarni omillar bartaraf etiladi; masalan asos va poydevorni mustaukamlash, konstruksiyalarning kuvvatini oshirish, bogichlar urnatish va boshkalar. Konservasiyada ta’mirning ayrim unsurlari ishlatiladi. Konservasiya keyinchalik yodgorlikni ochish imkoniyatidan maurum kilib kuymaslik kerak. Konservasiyadan avval nafaqat muuandislik va texnologik tadkikot, balki jiddiy me’moriy tadkikot uam utkazilishi lozim. Obidagi yangi, kurinmaydigan konstruksiya xillarini ishlatish ma’kul. konservasiya ishlari-alouida puutalik bilan olib borilishi, kuyiladigan talablarga kattik rioya kilinishi lozim. Konservasiyaning muuim turi xarobalarni konservasiyalashdir. Xaroba deb kadimdan anchagina bo’zilgan bino tushuniladi. Ular bo’zilgan uolda bo’lsada, yodgorlik uisoblanadi. Xarobalarning ba’zilari arxeologik ishlar natijasida ochilgan. Venesiya xartiyasi xarobalarni minimal tuldirish orkali saqlashni tavsiya etadi. Xarobalar ayrim hollarda u yer, bu yerdagi bulaklardan tashqil topadi. Bu unga aloxida tasirchanlik baxsh etadi. Konservasiyani bajarishda tasirchanlikni mumkin bo’lgancha saklanishi kerak. Shu bilan birga xarobalarni tartibga keltirish zarurati ham tutiladi. Bunga 2 usul orkali: 1-chisi: anostiloz-joyi o’zgargan bulaklarni o’z urniga urnatib kuyish va 2-chisi: obodonlashtirish- unsurlaridan foydalanib, yuq bo’lib ketgan devor, ustun kabilarning urinlarini fark etish (tosh kuyib kuyish) orkali bildiriladi. v) Tamirlash eng murakkab, kompleks ishdir. Ta’mirlashning asosiy maksadi yodgorlik xayetini o’zaitirish. Konservasiya va remontni ham o’z ichiga oladi. Shu bilan birga tamirlash yodgorlik kiyofasini ancha o’zgartiradi. Bunga yodgorlikning badiiy kiymatlarini tula ochish amallari sababchi buladi. Aksari faqat gumonsiz tasdik topilgan qismlargina tiklanadi. Stilistik tamirni uyushtirmaslikka xarakat kilinadi, keyingi katlamlarning kiymati ham saklanadi. Bunday tamir jo’ziy (yoki fragment) tamir deyiladi. Bu konservasiya doirasini kengaytirish demakdir. Jo’ziy tamir bilan konservatsiya orasida aynan chegara utkazish kiyin. Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar; Memoriy yodgorlikni kanday kiymatlari bor? Ularni tariflab bering. Yodgorlikning xujatiyligi nimada? Yodgorlmk katlamlari deyolganda nimalar tushuniladi? Tarixiy bino bilan uning memoriy mukiti o’rtasida kanday boglikdik bor? Kanday sabablariga ko’ra obidani yangi funksiyaga moslashtirish uning umrini o’zaytiradi? Yodgorlakka nisbattan amaliyotda necha xildagi tadbir kullaniladi? (2-soat) Ta’mir, jumladan jo’z’iy ta’mir ikki jarayondan: ochish va bo’zilgan qismlarni tiklash amallaridan iborat. Ochish faqatgina olib tashlanayotgan katlamning kam kiymatligini, va aksincha, ochilajachk katlamning katta kiymatliligini ochik muxokamada tan olingandagina bajariladi. Ochish— ochmaslikni bir kishi hal qilishi mumkin emas. Agar bu ish natijasida mustaxkamlikka putur yetkazilsa, katlam ochilmaydi. Ochilgan qismlarning sakdanishini ta’mirlash zarur. Eski ashyolarning destruksiyasi (to’zilishining o’zgarishi) ham nazarda tutilishi lozim. Oddiy hollarda ta’mirlash faqat ochishdan iborat buladi. Ta’mir faqat tiklashdan iborat ham bulishi mumkin, upirilgan joylarni tuldirish, qo’rg’on kupriklarni tiklash kabi, lekin odatda ta’mirlashda ochish va tiklash ishlari turli nisbatlarda kullaniladi. Tuldirish-yuqolgan qismlarni tiklashdan iboratdir. Tuldirishda ishlatiladigan yangi ashyolarni ajratish uchun-signasiya kullaniladi. Xar doim kam qo’llashga yaraydigan signasiya ishlab chikilmagan. Yangi kushimchalarni rang va faktura bilan ajratish arxeologik yodgorliklar uchun odatda kul keladi. Chunki, aksari ularda kompozision yaxlitlik yuq. Boshka kollarda kushimchalarni tuslanish (nyuans) bilan ajratish makbo’ldir. Signasiya bilan umuman kamma yangiliklarni emas, balki mukim yangi kushimchalar ajratiladi. Yangi qismlarni kuprok rangli yoki botik chok bilan ajratiladi. Aksari kollarda asosiy ash’yo kushimcha kilingandagina ajratiladi. Suvok ostida yoki biror koplama ostida kolib ketadigan qism ajratilmaydi. Kup kollarda yangi kushimchalarni ajratishga kojat kam kolmaydi; asrlar gardining o’ziyok eski va yangi ak’yoni ajratib kuyadi. Tula ta’mirning jo’z’iy ta’mirdan farki ishlar kulami bilan emas, balki maksadi-obidani eski kiyofasiga qaytarish bilan farklanadi. Tula ta’mirlash kamdan-kam kullaniladi. Bizning zamonimizda bo’zilgan yodgorliklarni tula ta’mirlash aksari maksadga muvofikdir. Uning uchun ham yetarli ulchov va boshka xujjatlar zarur buladi. Anik geometrik shaklga ega bo’lgan nakshlar ham tula tiklanishi mumkin. Bunda u xujjatiylikni yuqotadi, lekin bu usul badiiy kompozision yaxlitlik uchun ishlatiladi. Mazkur usul O’rta Osiyo obidalarida ham ishlatiladi. Devorlardagi ravoklar va boshka bulinishlar sirli koplamalar yordamida chikariladi. Bu kerakli ritm va nisbatlarni ta’minlaydi. Biroq chetlari sirkor kilib (gishtlar bilan) chikarilgan namoyon ichlari naksh bilan tuldirilmaydi, balki terilgan - gishtlar kursatib kuyiladi. Favkuloddagi hollarda kimmatli badiiy qismlar, xususan xaykallar yangitdan kilinishi mumkin. Ularning kiymati aslnikidek bulmasada, biroq me’moriy yaxlitlik uchun zarurdir. Masalan, Petrodvoresdagi urushdan keyin boshkatdan kilingan katta kichik xaykallari. Me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash ularni moslashtirish bilan ham boglik. Yodgorliklar tarixiy va badiiy kiymatdan tashkari moddiy utilitar qiymatga ham ega. Me’moriy obidalarning boshka san’at yodgorliklaridan farki ham shunda. Ayrim me’moriy yodgorliklarnigina (masalan zafar darvozasi, obelisk, vayronalarni) faqat tomosha qilish uchun foydalaniladi. Utilitar kiymat yodgorliklarning xissiy, emosional ta’sirini ham kuchaytiradi. Avval yodgorliklardan utilitar maksadlarda foydalanishni salbiy kutulib bulmaydigan jarayon deb tushunilgan. Xrzirgi vaqtda yodgorlikdan foydalanish ikki tomonlama ham moddiy, ham ma’naviy foyda keltiradi deb xisoblanadi. Ma’naviy foydasi yuqorida aytilgandek xissiy ta’sirni kuchaytiradi va moddiy foydasi yodgorlikning xayotini o’zaytiradi. Foydalanishning eng dastlabki talablaridan biri yodgorlik yangi funksiyani tanlash talabidir. Badiyan yuqori, mashxur me’moriy yodgorliklar uchun mo’zeylashtirish, ya’ni ularda tula tomosha qilish imkoniyati yaratish zarur. Mo’zeylashtirishni mo’zey uchun moslashtirishdan farkdash zarur. Mo’zeiga moslashtirish almashtirilgan eksponatlarni tamosho qilish uchun sharoit yaratiladi. Mo’zeylashtirish esa yodgorlikning o’zini mo’zeyga aylantirish demakdir. Obidani moslashtirishda keyinchalik kengayishni talab kiluvchi funksiyalar odatda kiritilmaydi. Yodgorliklardan yangi eshik, deraza ochish, zina kurish kabi o’zgartirishlar aksari kilinmaydi. Favkuloddagi hollarda yodgorlikning asosiy bulmagan qismlardagina o’zgartirishga ruxsat etiladi. Yodgorlikka yangi funksiya berish talablaridan yana biri- yodgorlik binosi yoki majmuasi uchun funksiyaning yaxlitligi, ya’ni yagona maksadda foydalanishdir. Yangi funksiyani tula ado etilishi uchun yodgorlikni moslashtirish zarur. Moslashtirish imkoniyatlari ta’mirlash imkoniyatlaridan chikaradi. Shu bilan raxbar ta’mirlash vaqtida moslashtirish vazifalari nazarda tutilishi kerak. Xrzirgi vaqtda ta’mirlash va moslash masalalari kompleks ravishda hal etilishi kerak deb xisoblanadi. Bu muammoni hal etishda aloxida olingan obidalar ustida ish kurish emas, balki tarixiy shaxarning eski qismida mahallalarda ish olib borish lozim. Bunday tarixiy ma^allalarda mashxur yodgorliklar bilan bir qatorda kuplab oddiy yodgorliklar mujassam buladi. Mazkur usul kup mamlakatlarda tadbiq etiladi va uni revalorizasiya, (ya’ni kiymatni tiklash) deb ataladi. Bunda yodgorlikning nafaqat me’moriy-badiiy kiymatini, balki eksplutasion kiymatining tiklanishiniga ta’kidlash zarur. Moslashtirish jarayonida yangi funksiyani amalga oshirish uchun joriy mezonlar (normativlar) bilan yodgorlikni saqlash talablari o’rtasida karama-karshilik vujudga kelib kolishi mumkin. Ta’mirlashning kompromis yechimida yodgorlik qismlarining nisbiy kiymatlari ham nazarda tutilishi mumkin. Majburan kiritilgan eshik, deraza, zina kabi yangiliklar utmish bilan hamoxanglikda, aktiv mulokatda bulishi kerak. Mazkur masalani hal qilishda uch yunalishda ish olib boriladi: yunalish. Yodgorlikdagi yangilikni utmish usulida bajarish. Avval keng kullanilgan. Biroq yodgorlikni soxtalashtiribyuborish xavfi bor. Zamonaviy ta’mirlash nazariyasida bu keng kullanilmaydi; juda extiyotlik bilan qo’llash tavsiya etiladi. yunalish. Birinchi karama-karshi yunalishga yangi me’moriy unsurlarda tarixiy uslublardan keskin farklanadigan zamonaviy uslub kullaniladi. Lekin bu yunalishda xar doim ham ta’sirchanlikka erishilavermaydi. Interyerda kanchplik kadimgi bezaklar kam saklangan bo’lsa yangi unsurlarni ta’sirchan qilishda odatda imkoniyat shunchalik kuprok buladi. yunalish. Avvalgi ikkisining o’rtasidir. Ochikchasiga zamonaviy unsur kullaniladi, biroq eskisiga buysundiriladi. Bu yunalish eng kiyin bo’lsada, uni keng tadbiq etish tavsiya etiladi. Yodgorlikni moslashtirishda uni muxandisona jixoz bilan ta’minlash zarur buladi. Ammo u yodgorlikka halal bermasligi lozim. Moslashtirish masalasini yechish ta’mirchi - me’mor zimmasida bulishi lozim. Download 182.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling