Mavzu: Yog‘och konstruksiya birikmalari. Yog‘och konstruksiya turlari. Reja
Download 72.71 Kb.
|
Ma\'ruza 8
MAVZU: Yog‘och konstruksiya birikmalari. Yog‘och konstruksiya turlari. Reja: Yog‘och konstruksiya birikmalarining turlari. Bevosita va o‘yib biriktirish. Yelimli va nagelli birikmalar. Yog‘och materialining o‘lchamlari cheklanganligi uchun, ularni ko‘pincha uzaytirish, ko‘ndalang kesimini kattalashtirish zarur bo‘lib qoladi. Shunday hollarda birikmalardan foydalanishni tavsiya etiladi. Yog‘ochni ko‘ndalang bo‘yicha ham, uzunligi bo‘yicha ham biriktirilishi mumkin. Ishlash xarakteriga qarab ularni quyidagi turlarga bo‘lamiz: a) maxsus bog‘lovchilarsiz - tirash, o‘yiq birikmalari; b) siqilishga ishlovchi bog‘lovchili - shponka, qolodka; v) egilishga ishlovchi bog‘lovchili - bolt, qoziq, mix vint, plastinka; g) cho‘zilishga ishlovchi bog‘lovchili - bolt, xomut, vint; d) siljish-yorilishga ishlovchi bog‘lovchili - elimlangan Yog‘och. Ko‘rinib turibdiki, bir xil bog‘lovchilar turli birikma turlarida uchraydi. Shuning uchun ularni quyidagi guruxlarga bo‘lamiz: metal bog‘lovchili, elim bog‘lovchili, Yog‘och bog‘lovchili. Ishlash xarakteriga qarab birikmalarni ikki turga ajratish mumkin: moyil va bikr. Konstruksiya elementlarini biriktirishda teshik va uyiklar qilishga to‘g‘ri keladi. Bular ko‘ndalang kesimning zaiflashishiga va deformatsiyalanuvchanlikni ortishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun birikmalarni mustahkamligi deformatsiyalanuvchanligiga, hisoblash va tayyorlashga, elimni to‘g‘ri tanlashlarga boo‘liqdir. Maxsus bog‘lovchilarsiz birikmalarda uncha katta bo‘lmagan zo‘riqishlar bo‘ladi yoki, zo‘riqishlar bir elementdan boshqasiga birdaniga uzatiladi (13-rasm). Ulardagi maxsus bog‘lovchilarni hisoblash talab qilinmaydi. Bunday birikmalarga konstruktiv uyiqlar va pesh uyiqlar kiradi. Yog‘och konstruksiyalaridagi eng ko‘p tarqalgan konstruktiv birikmalarga «chorak o‘yiq» , «shpunt», «yarim o‘yiq», va «qiya kertish» lar kiradi. O‘yiqlar juda sodda va ishonchli birikmalar hisoblanadi va siqilishga ishlovchi elementlarni ulash uchun qo‘llaniladi. Ular siquvchi bo‘ylama kuchdan ta’sir bo‘ladigan ezilishga ishlaydi va hisoblanadi. Ular cho‘zilishga ishlamaydi. Bunday birikmalar quyidagi formula yordamida mustahkamlikka tekshiriladi: 13- rasm. Tiralish: a - Yog‘och tolalari bo‘ylab bo‘ylama; b - tolalariga ko‘ndalang; v - tolalariga burchak ostida qiyshiq; 1 - elementlar; 2 - tortuvchi boltlar; 3 - qoplamlar; 4 - po‘lat mahkamlash; 5- tayanch ; 6 - qoziq; 7 - ezilishdagi kuchlanish epyuralari; - ezilish burchagi. , (67) bu erda: - burchak ostidagi ezilishdagi hisobiy qarshilik. Po‘lat bog‘lovchili birikma - bu shunday Yog‘och elementlari birikmasiki, unda ta’sir qilayotgan zo‘riqishlar po‘lat bolt, sterjen, mix, vint, xomut, tishli plastinka va boshqa bog‘lovchilar orqali uzatilishi mumkin. Bularning ichida eng ko‘p tarqalgani - bolt va mix hisoblanadi, cho‘ziluvchi va eziluvchi boltli birikmalarga bo‘linadi. Tortuvchi boltli birikma konstruksiyalarning ayrim tugunlarini va ko‘ndalang ulashda alohida elementlarni zich biriktirish uchun xizmat qiladi (14-rasm). Boltni diametrini konstruktiv tanlanadi. Tortuvchi boltlar diametri 12 mm dan va birikma umumiy qalinligining 1/20 qismidan kam olinmaydi. Tortuvchi boltli birikma yog‘och konstruksiyalarini tayanchlarini maxkamlashda, orayopma konstruksiyalarga jihozlarni osishda va yana tugun birikmalarida qo‘llaniladi. Ular hisobiy yuklamalar bo‘yicha cho‘zuvchi kuchga hisoblanadi va ishlaydi. Bolt uchun teshilgan zaif kesim cho‘zilishga hisoblanadi: Download 72.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling