Mavzu: yo’l belgi chiziqlarini tushirishga qo’yiladigan umumiy


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana23.12.2022
Hajmi0.66 Mb.
#1050079
  1   2   3   4   5
Bog'liq
11-MAVZU



MA’RUZA – 12 
MAVZU: YO’L BELGI CHIZIQLARINI TUSHIRISHGA QO’YILADIGAN UMUMIY 
TALABLAR. BELGI CHIZIQLAR YORDAMIDA HARAKATNI TASHKIL ETISH
REJA : 
1. Belgi chiziqlar yordamida harakatni tashkil etish 
2. Vertikal belgi chiziklari. 
Yo’l belgi chiziqlarini yo’l sharoitlarining o’zgarishiga qarab ishlatish qoidalari GOST 
23457-86 «Texnicheskie sredstva organizatsii dorojnogo dvijeniya», ularning elementlariga 
qo’yiladigan talablar esa GOST 13508-74 «Dorojnaya razmetka»da keltirilgan. 
Harakatning tartibini belgilovchi yo’l belgi chiziqlariga yo’lning qatnov qismiga, 
to’siqlarga va boshqa yo’l inshootlariga tushiriladigan chiziqlar, yozuvlar va har xil belgilar 
kiradi. 
Avtomobil yo’llarida harakatni tashkil qilishning samarali usullaridan biri yo’l belgi 
chiziqlarini ishlatishdir. Yo’l belgi chiziqlarini ishlatish yo’l-transport hodisalari sonining 30-
50 % kamayishiga olib keladi. 
Ishlatilish vazifasi bo’yicha yo’l belgi chiziqlari yo’l belgilariga ko’pincha mos 
keladi. Lekin ko’pchilik hollarda yo’l belgi chiziqlari bir qator afzalliklarga ega. Yo’l belgi 
chiziqlari haydovchilarni yon atrofga qaratib chalg’itmasdan, nigohini yo’lning qatnov 
qismiga qaratgan holda ko’rsatmalar beradi, shuning bilan birgalikda, ular haydovchiga yo’l 
belgilariga nisbatan uzoq muddat mobaynida ta’sir qiladi. Yo’l belgi chiziqlarining 
kamchiligiga tez yedirilish, iflos va qor tagidan ko’rinmaslikni ko’rsatish mumkin. 
Yo’l belgi chiziqlari ikki guruhga bo’linadi: gorizontal va vertikal.
Gorizontal yo’l belgi chiziqlari takomillashtirilgan qoplamali yo’llarda tushirilib
quyidagilarga bo’linadi: 
- bo’ylama belgi chiziqlari; 
- ko’ndalang belgi chiziqlari; 
- xavfsizlik orolchasi; 
- aholi yashash punktini, marshrut yo’nalishini bildiruvchi yozuvlar va boshqa belgi 
chiziqlari. 
Gorizontal yo’l belgi chiziqlari aholi yashaydigan punktlarda tezyurar, magistral 
yo’llarda, shuningdek, jamoat passajir transportlari qatnaydigan yo’llarda tushiriladi. 
Gorizontal yo’l belgi chiziqlari aholi yashamaydigan punktlarda natural harakat miqdori 1000 
avt/sut va undan ortiq hamda qatnov qismining kengligi 6 m va undan ko’p bo’lgan yo’llarda 
tushiriladi. Bunda yo’l belgi chiziqi bilan belgilangan kenglik 3,0 m dan kam bo’lmasligi 
kerak. 
Vertikal yo’l belgi chiziqlari turli tayanchlarni, ko’prik, yo’l o’tkazgichlarning to’siqlarini, 
tonnellarning devorlarini, yo’l to’siqlarining yon tomonlarini, xavfli joylarda o’rnatilgan 
xavfsizlik orolchalarini belgilashda ishlatiladi. 
Gorizontal belgi chiziqlari birinchi yo’l chiziqlari guruhiga kirib, jami 23 xil bo’ladi. Quyida 
har bir belgi chiziqining o’lchamlari va qanday yo’l sharoitida ishlatilishi kerakligi to’g’risida 
to’xtalib o’tamiz. 
1.1. 
Yo’l belgi chiziqi 
quyidagi joylarda ishlatiladi: 
a) ikki va uch polosali yo’llarda transport vositalarini qarama-qarshi yo’nalishlar bo’yicha 
ajratishda; 
0,1
м 


b) rejadagi va vertikal kichik egriliklardagi ko’rish masofasi mehyordagidan (7.8-jadvalga 
qarang) kichik bo’lganda qarama-qarshi yo’nalishdagi harakatlarni ajratishda; 
v) ikki va undan ortiq harakat polosasi bo’lgan (bir yo’nalish uchun) yo’llarda harakat 
polosasining chegarasini ko’rsatish uchun; 
g) quvib o’tish tahqiqlangan uchastkalarda. 
1.1. 
Yo’l belgi chiziqini yo’lning qatnov qismi chetidan 0,2 m masofada tushiriladi. 
1.2. 
Yo’l belgi chiziqi 
Avtomagistral yo’llarida chetki 
yo’l chiziqi bo’lib, uni qatnov qismining chetidan 0,2 m masofada tushiriladi. 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling