Mavzu: Yo‘llarni ta’mirlashda mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish


Yo‘l-qurilishi mashinalarida ishlashda xavfsizlik talablari


Download 40.29 Kb.
bet4/5
Sana04.11.2023
Hajmi40.29 Kb.
#1748157
1   2   3   4   5
Bog'liq
mustaqil ish

Yo‘l-qurilishi mashinalarida ishlashda xavfsizlik talablari
Yo‘l-qurilishi mashinalari, shu jumladan osma va tirkama uskunalar montaj qilinadigan bazaviy mashinalarni boshqarishga tegishli tayyorgarlikdan o‘tgan va bunday mashinalarni boshqarish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish huquqini beradigan guvohnomaga ega shaxslar qo‘yilishi kerak.
Yo‘l-qurilishi mashinalariga xizmat ko‘rsatadigan xodimlar quyidagi asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan mashinalardan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomani bilishlari va unga amal qilishlari kerak:
mashinaning vazifasi va uning qo‘llanish sohasi;
mashina va uning asosiy elementlarining qisqacha tavsifi;
kinematik sxema va uning tavsifi;
mashinani boshqarish tizimi sxemasi va uning tavsifi;
moy quyish joylari, moylash materiallarining markalari, ularni quyish usullari va almashtirish davriyligi ko‘rsatilgan moylash sxemasi;
eng muhim mexanizmlarni rostlashga doir asosiy ma’lumotlar;
rostlanadigan uzellar va yig‘uv birliklari chizmalari yoki sxemalari, rostlash tartibi tavsifi, ularni bajarish davriyligi;
mashina va uning dvigatelidan foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatmalar;
chegaraviy yuk va tezliklar to‘g‘risida ma’lumotlar;
mashinada ishlayotganda va unga texnik xizmat ko‘rsatayotganda xavfsizlik texnikasi qoidalari;
po‘lat arqonlar, zanjirlar, tasmalar, podshipniklar, tormoz tasmalari, kolodkalar, zichlagichlar va ayniqsa tez yediriladigan detallar spetsifikatsiyasi;
Pnevmog‘ildirakli mashinalar uchun — burilish radiuslari va bo‘ylama o‘tuvchanlik miqdori, shina o‘lchamlari va ularda yo‘l qo‘yiladigan bosim to‘g‘risida ma’lumotlar.
Ish boshlangunga qadar har bir mashina sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirilishi, tekshirilishi va unda aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi, shuningdek mashinaning smena jurnali tekshirilishi, smenada texnik xizmat o‘tkazilganligi qayd qilib borilishi kerak.
Yo‘l-qurilishi ishlarida g‘ildirak yoki gusenitsa tormozlari, shuningdek qo‘l tormozlari bo‘lgan mashinalarda ishlash lozim.
Bir joydan boshqa joyga harakatlanganda atrofdagilar uchun xavfni yuzaga keltiradigan mashinalar tovush va yorug‘lik signalizatsiyasi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Mashina ishlayotganda har gal uni ishga tushirish, to‘xtatish, shuningdek harakat tezligini o‘zgartirishdan oldin mashinist tirkama mashinadagi operator va xodimlarni bu haqida ogohlantirish uchun signal berishi shart.
Sutkaning qorong‘i paytida ishlash uchun mashinalar yetarli miqdorda ichki va tashqi yoritish asboblari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Sutkaning qorong‘i paytida tashqi yoritish asboblarini qo‘shmasdan biror ishni bajarish taqiqlanadi.
Arqon-blok boshqaruv tizimli mashinada ishlaganda kamida bir haftada 1-marta arqonlar ko‘zdan kechirilishi lozim. Agar arqonning 1 m da 10 foizgacha tola uzilishi aniqlansa, u almashtirilishi lozim.

Mashinist maxsus kostyum, qo‘lqop va ko‘zoynakda ishlashi kerak. Ish paytida mashinistga mashinani dvigateli ishlagan holda qoldirish taqiqlanadi, shuningdek u mashina konstruksiyalarida, ayniqsa, bazaviy mashina yoki tyagach va osma yoki tirkama uskuna o‘rtasida hech kim bo‘lmasligini kuzatib turishi kerak.


Greydyerlarda ishlashda xavfsizlik talablari
Greyderni tashishda u bazaviy traktor bilan qattiq moslama yordamida ulanishi lozim. Shatakka olish zanjir va arqonlari halqa va ilgaklar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Ish uchastkasi oxirida greyderni burib olish, shuningdek sun’iy inshootlar ustidan kesib o‘tish traktorning bir xil tezligida bajarilishi kerak.
Nishabligi 12 — 15o dan ortiq bo‘lgan grunt yo‘llardan o‘tayotganda greyder traktor bilan qattiq moslama yordamida ulangan bo‘lishi kerak. Tormozlash uchun otvaldan foydalanishga ruxsat etiladi.
Greyder pichog‘ini o‘rnatish va qayta o‘rnatish ishlari ikkita xodim tomonidan bajarilishi kerak.
Harakat chog‘ida bazaviy traktor va greyder o‘rtasida turish va shatakka olish qurilmalari ustidan o‘tish taqiqlanadi.
Yo‘l-qurilish ishlarini boshlashdan oldin xodimlar va yo‘l-qurilishi mashinalari mashinistlari bilan turli ishoralar va bayroqchalar yordamida beriladigan shartli signallar, yo‘l-qurilishi mashinalari va transport vositalarining harakatlanishi, burilish, kirish, materiallar va jihozlar saqlanadigan joylarda manyovrlash tartibi bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazilishi kerak.
Yo‘l-qurilish ishlarini bajarish chog‘ida ishlatiladigan vaqtinchalik yo‘l belgilari, to‘siqlar va boshqa texnik vositalarni o‘rnatish lozim.
Ish hududidagi xavfli joylar (xandaklar, kotlovanlar, o‘ralar) to‘siqlar (devorlar) hamda qorong‘i va tuman paytida yoqiladigan signal fonarlari bilan to‘silishi kerak.

HULOSA
Mehnat muhofazasi bo‘yich tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbarning kundalik qoidasi bo‘lishi kera Har-bir tashkilot va korhonaning ish unumdorligi albatta hodimlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlarga bog‘liq. Yo‘llarni ta’mirlashda yaratilgan sharoitlar hodimlarning ishlash kayfiyati, xafsizligi hisobga olgan holda tashkil etilishi lozim.
Hodimning sogligi, havfsiz muhitda ishlashiga bevosita bog‘liq bolib bu albatta ish unumdorligiga uz ta’sirini o‘tkazadi.
Yo‘l-qurilishi ishlari ish sharoitidan kelib chiqib avtomobillar harakati vaqtida ya’ni harakatni to‘xtatmasdan olib borilishi talab etiladigan yo‘l uchastkalarida havfsiz shroit yaratish zarur bunga turli signallar beradigan bayroqchalar, yo‘l belgilari va himoya to‘siqlari bo‘lishi talab etiladi.
Qurilish hududi transport vositalari va marshrutlar harakat xavfsizligini ta’minlovchi yo‘l belgilari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.

Download 40.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling