Mavzu: Yo‘llarni ta’mirlashda mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish


Xodimlarning sog‘lig‘ini nazorat qilish


Download 40.29 Kb.
bet3/5
Sana04.11.2023
Hajmi40.29 Kb.
#1748157
1   2   3   4   5
Bog'liq
mustaqil ish

Xodimlarning sog‘lig‘ini nazorat qilish
Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish “Xodimlarni ishga kirishdan oldin dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyruq (ro‘yxat raqami 937, 2000-yil 23-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 12-son) asosida amalga oshirilishi lozim.
Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlanadi, Tibbiy ko‘riklar tashkilotning tibbiy muassasalarida, ular mavjud bo‘lmagan hollarda davolash-profilaktika muassasalarida o‘tkazilishi lozim.
Xodim majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari bo‘yicha tibbiy komissiya tavsiyalarini bajarmagan taqdirda, ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqlidir.
Davriy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va tavsiyalarning bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi, Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
Qurish, ta’mirlash va saqlash ishlarini olib borishda xavfsizlik
Ko‘priklar va binolar qurilishida xavfsizlik texnikasi bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqilishi va grafik tuzilishi kerak. Grafiksiz ishlarni bajarish taqiqlanadi. Yo‘l-qurilish ishlari chuqurligi 1,5 m dan ortiq bo‘lgan suv ustida bajarilayotganda ish joyi yaqinida qutqaruv jihozlari bilan jihozlangan navbatchi qayiq turishi kerak.
Yo‘l-qurilish ishlari boshlangunga qadar transport vositalarini qurilayotgan obyektlarga bemalol borishini ta’minlovchi kirish yo‘llari va ichki qurilish yo‘llari bo‘lishi lozim.
Harakatni tashkil etishga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan har qanday tasdiqlangan sxemalardan chetga chiqish, shuningdek nosoz texnik vositalardan foydalanish taqiqlanadi.

Download 40.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling