Mavzu: Yoqilg`ining yonish jarayonining issiqliklari, yuqori va quyi yonish issiqliklari

Download 0.6 Mb.
Sana09.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1344858
Bog'liq
13-14 MAVZU SLAYD

Mavzu: Yoqilg`ining yonish jarayonining issiqliklari, yuqori va quyi yonish issiqliklari. Issiqlik isroflari

Re’ja:

Yoqilg`ining yuqori yonish issiqligi

1 kg yoki 1 m3 yoqilg‘i to‘liq yonganda chiqadigan issiqlik miqdori yoqilg‘ining issiqlik ajratishi (yonish issiqligi) deyiladi (Qi, kJ/kg yoki Qi kJ/m3).

Yoqilg‘ining issiqlik ajratishi ikki xil: yuqori yonish issiqligi Qiyuq va quyi yonish issiqligi Qiquyi bo‘ladi. Yoqilg‘ining massa birligi to‘liq yonganda chiqqan issiqlik miqdori yoqilg‘ining yuqori yonish issiqligi deyiladi, bunda namlikning bug‘lanishiga sarflangan issiqlik hisobga olinmaydi.

Yoqilg`ining birlik massasi yonganda uning tarkibidagi namlik hamda vodorodning kislorod bilan reaktsiyaga kirishish jarayonida hosil bo‘lgan namlik hisobga olingan xolatda ajralgan issiqlik miqdori quyi yonish issiqligi deyiladi. 1 kg suv bug‘ining atmosfera bosimida kondensatsiyalanish issiqligi taxminan 2500 kJ/kg ga teng deb baholanadi. Ishchi yoqilg‘i tarkibidagi suv bug‘lari miqdori Wi/100 ga teng. 1 kg vodorod yonganda 9 kg suv bug‘i hosil bo‘ladi. (H2+0,5O2=H2O).

Demak, suv bug‘ining kondensatsiyalanish issiqligini quyidagi formuladan aniqlanadi:

U holda yuqori va quyi yonish issiqliklari o`rtasidagi bog`liqlikni quyidagicha ifodalanadi.

U holda yuqori va quyi yonish issiqliklari o`rtasidagi bog`liqlikni quyidagicha ifodalanadi.

ya’ni yoqilg‘ining quyi yonish issiqligi uning yuqori yonish issiqligidan bug‘ hosil bo‘lish issiqligini ayirib tashlanganiga teng. Yoqilg‘ining yonish issiqligi laboratoriya sharoitida kalorimetrik bomba yordamida aniqlanadi (12.1-rasm). Kalorimetrli bomba, bosimi 3 MPa bo‘lgan kislorod bilan to‘ldirilgan germetik idish 1 dan iboratdir. Idishda massasi 1 g bo‘lgan yoqilg‘i yondiriladi. Bombani suvli idish 2 ga joylashtiriladi va suv temperaturasini ortishi orqali yoqilg‘ining yonish issiqligi aniqlanadi. Qattiq va suyuq yoqilg‘ining yonish issiqligini D.I.Mendeleev emperik formulasidan yetarli aniqlik bilan topiladi:

Ishchi massasiga ega yoqilgʼining yuqori yonish issiqligini aniqlash uchun D.I.Mendeleyev ifodasi quyidagi ko’rinishga ega:
Qiyq = 339,13Ci+1256Hi-108,86(Oi-Si), kJ/kg.
Ishchi massaga ega yoqilgʼining quyi yonish issiqligi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
Qi=339,13Ci+1256Hi-108,86(Oi-Si)-25,12(9Hi+Wi), kJ/kg.

Gaz yoqilg`isining quyi yonish issiqligi quyidagi formuladan aniqlanadi.

Gaz yoqilg`isining quyi yonish issiqligi quyidagi formuladan aniqlanadi.

Yuqori yonish issiqligi uchun quyidagicha bo`ladi.

Issiqlik isroflari

Yoqilgʼidan ajralib chiqqan issiqlik miqdori bilan ishchi jismga va yoʼqotishlarga sarflangan issiqliklarning oʼzaro tengligi qozonning issiqlik muvozanati deb ataladi.

Qozonda yondirilgan 1 kg qattiq va suyuq yoqilgʼi yoki 1 gaz uchun boʼlgan issiqlik muvozanatini quyidagi koʼrinishda ifodalash mumkin:

  •  

=Q1+Q2+Q3+Q4+Q5+Q6 ,

Bu yerda -ixtiyorimizdagi issiqlik; Q1 foydalanilgan issiqlik; Q2 –chiqib ketayotgan gazlar bilan issiqlikning isrof bo‘lishi; Q3 – kimyoviy to‘la yonmaslikdan issiqlikning isrof bo‘lishi; Q4 – mexanik to‘la yonmaslikdan issiqlikning isrof bo‘lishi; Q5 – atrof muhitga issiqlikning isrof bo‘lishi; Q6 – qozon agregatidan tashqariga chiqariladigan shlak issiqligi hisobiga bo‘ladigan issiqlik isrofi.

Issqilik balansini tenglamasini ga nisbatan foizlarda ifodalash mumkin .

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling