Ko‘makchilar vazifasi jihatidan ayrim qo‘shimchalarga o‘xshaydi. Ba’zi hollarda ko‘makchilar tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari qo‘shimchalari o‘rnida almashib kelishi mumkin: Radio orqali eshitdik - Radiodan eshitdik. Ukam uchun oldim - Ukamga oldim. Qalam bilan yozdi – Qalamda yozdi. Borgani haqida gapirib berdi - Borganini gapirib berdi. Kabi, singari, yanglig‘ ko‘makchilari –day(-dek) qo‘shimchalari bilan sinonim bo‘lishi mumkin: Shamol kabi yeldi – Shamolday yeldi. Biroq hamma vaqt ham ko‘makchi o‘rnida kelishik qo‘shimchasi ishlatilavermaydi: Do‘stiga yordamlashdi gapida jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi o‘rnida ko‘makchini qo‘llab bo‘lmaydi. UYGA VAZIFA - Badiiy asarlardan tarkibida mumkin qadar ko`p ko`makchi ishtirok etgan gap ko`chirish va kelib chiqishi, kelishikdan keyin kelishi, shakli hamda ma’nosi jihatidan tahlil qilish.
- “Ona tilidan jadvalli mashqlar to’plami”dagi tegishli mashqlarni bajarish.
- LTQdagi mavzuga tegishli qoliplarni to’ldirish.
Gap bo`laklarini yoki qo`shma gapning qismlarini bog`laydigan yordamchi so`zlar bog`lovchi deb ataladi. - So‘z va gaplarni teng yoki tobe qilib bog‘laydi.
2. So‘zlar va sodda gaplar o‘rtasidagi munosabatlarni ham anglatadi. Farzand olgan tarbiyasiga qarab ota-onasiga rohat yoki jazo keltiradi. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur») BOG‘LOVCHILARNING KELIB CHIQISHIGA KO‘RA TURLARI 1. Sof bog‘lovchilar faqat bog‘lovchi vazifasida qo‘llanadigan so‘zlar: va, biroq, ammo, yoki… 2. Nisbiy bog‘lovchilar gapda o‘rni bilan mustaqil so’z, o‘rni bilan bog‘lovchi bo’lib kеladigan so‘zlardir: ba’zan, bir, vaqtida, natijada…
Do'stlaringiz bilan baham: |