XX asrga kelib yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyada psixik taraqqiyot omillarini talqin etuvchi 2 ta yo’nalish yuzaga keldi.
Biogenetik
Sotsiogenetik
Biogenetik yo`nalish vakillari uchun psixik rivojlanishni belgilovchi irsiy biogenetik va ijtimoiy omillar yonma-yon turadi, lekin yetakchi rolni biologik ya’ni irsiy omillar bajaradi.
Sotsiogenetik yo’nalish vakillari esa ijtimoiy omillarni yetakchi deb hisoblaydilar. G’arbda keng tarqalgan nazariyalar jumlasiga rollar nazariyasi K.Levinning “Fazoviy zarurat maydoni” nazariyasi va boshqalar kiradi.
Hozirgi zamon yosh va pedagogik psixologiya fanining asosiy vazifalari. - Yosh davrlari psixologiyasi fanining nazariy vazifalari shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davrdagi odamlarda namayon bo’ladigan psixik faoliyat. Holat va shart-sharoitlarning o’zaro ta’siri xususiyatlarini o’rganishdan iboratdir.
- Yosh davrlar psixologiyasi fanining amaliy vazifalarini esa psixik jarayonlarning namoyon bulishi va rivojlanishi, shuningdek inson shaxsi psixologik xususiyatlarining tarkib topishi qonuniyatlarini o’rganishda qo’lga kirgan ilmiy dalillarini ta’lim-tarbiya sohalariga tadbiq etish tashkil etadi.
- Hozirgi vaqtda pedagogik psixologiyaning muhim vazifalaridan biri-maktabdagi ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo’lib, bu hol yangi ta’lim dasturiga o’tish munosabati bilan bog’liqdir.
Kuzatish – voqealarga aralashmay, psixologik hodisa tabiiy sharoitda qanday yuz berayotgan bo`lsa, shu holida o`rganiladi. Inson psixikasidagi o`zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshirilishi kerak: 1) kuzatish maqsadi, vazifasi belgilanadi; 2) kuzatish ob’yekti tanlanadi; 3) sinaluvchining yoshi, jinsi aniqlanadi; 4) tadqiqot vaqti rejalashtiriladi; 5) kuzatish qancha davom etishi qat’iylashtiriladi; 6) qaysi faoliyat kuzatilishi belgilab olinadi; 7) kuzatish shakli (yakka, guruhiy, jamoaviy) belgilanadi; 8) kuzatishni qayd etib borish vositalari (kundalik, kino-video, foto, magnit yozuvi va boshqalar) tanlanib, natijalar sistematik ravishda qayd qilib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |