25
Egiluvchanlikning namoyon bo‘lishi muhitning tashqi haroratiga ham
bog‘liq bo‘ladi. Egiluvchanlik charchash ta’sirida sezilarli o‘zgaradi, jumladan,
faol egiluvchanlik ko‘rsatkichlari kamayadi, sust egiluvchanlik ko‘rsatkichlari
ortib boradi.
Egiluvchanlikni tarbiyalash uchun harakat amplitudasi oshirilgan
(cho‘ziluvchanlikni oshiradigan) mashqlardan foyda-laniladi. Harakatlarda biror
bo‘g‘indagi harakatchanlikning ortishi shu bo‘g‘indan o‘tadigan mushaklarning
qisqarishi hisobiga ro‘y beradi. Harakatlar bajarilish xarakteriga ko‘ra bir-
birlaridan farq qiladi: bir fazali mashqlar va
prujinasimon mashqlar; silkinish va
ma’lum
holatlarni qayd qilib turish; og‘irliklar bilan mashqlar. Cho‘ziluvchanlikni
oshiradigan mashqlarni seriyalar bilan har birini bir necha marta takrorlab bajarish
tavsiya etiladi. Bunda seriyadan seriyaga o‘tgan sari harakat
amplitudasi orttirib
boriladi. Har bir mashg‘ulotda cho‘ziluvchanlik mashqlarini sal-pal og‘riq paydo
bo‘lguncha bajarish lozim. Egiluvchanlik mashqlari mustaqil bajarish uchun
topshiriq sifatida berilishi mumkin. Egiluvchanlik mashqlari
tayyorgarlik qismida,
asosiy qismning oxirida va boshqa mashqlar oralig‘ida bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: