Mavzu: yoshlar ma`naviyatini yuksaltirishda prezidentimizning 5 ta muhim tashabbuslarining o`rni
Download 133.82 Kb.
|
YOSHLAR MA`NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA PREZIDENTIMIZNING 5 TA MUHIM TASHABBUSLARINING O`RNI.
Loyihalar tanlovi-yoshlarning o’z manfaatlari, qiziqishlari, ehtiyojlari asosidagi g’oya va tashabbuslarini hayotga tatbiq etishdagi samarali tadbirdir.
Loyihalar tanlovi turlari:-boshlang’ich tashkilotning faoliyat yo’nalishlari va yoshlariing muammolarini aniqlashgga qaratilgan g’oyalar tanlovi; -boshlang’ich tashkilotning faoliyat yo’nalishlari va yoshlarning muammolari yochimini topishga qaratilgan loyihalar tanlovi. Loyihalar tanlovini tashkil etish tartibi: -g’oyalar yoki loyihalar tanlovlari namunaviy mavzularini (nominatsiyalarini) belgilash; -tanlov Nizomini ishlab chiqish; -hay'at a'zolarini belgilash;-loyihalar taqdimotini o’tkazish; -loyihalarni baholash;-g’oliblarni rag’batlantirish maqsadida homiy tashkilotlarni jalb qilish. Loyihalar tanlovini tashkil etish davomida qo’llanilishi tavsiya etiladigan samarali usullar: - «Ma'lumotlar bazasini yaratish»; - «Guruhlardagi ishni tashkil etish»; - «Taqdimot». Loyihalar tanlovining namunaviy mavzulari: “Eng yaxshi g’oya”, “Tashabbuskor yetakchi”, “Boshlang’ich tashkilotning yangi ish modeli’, “Eng dolzarb mavzu”, Mening yoshlar ittifoqiim”, “Mening boshlang’ich tashkilotim”, “Eng yaxshi tadbirkor”, “Mening mahallam”,”Mening maktabim” va hokazo. Boshlang’ich tashkilotlarda ko’rik-tanlovlarni tashkil etish jarayoni,-ko’rik-tanlov - ma'lum bir sohadagi bilim, mutaxassislik va kasb-xunarga yoshlarning qiziqishlarini oshirish maqsadida o’tkaziladigan tanlovdir. Ko’rik-tailov turlari: -ijod namunalarining ko’rgazmasini tashkil etish asosida; qobiliyat va ko’nikmalarni namoyish etish asosida; -bilimlarini amaliyotda qo’llay bilishga qaratilgan. Ko’rik-tanlovni tashkil etish tartibi: -tanlov senariysini ishlab chiqish; -qatnashuvchilar ro’yxatini tuzish; -ijod namunalari ko’rgazmasini tashkil etish; -savollar va javoblar ro’yxatini tuzish; -boshlovchini tayyorlash; -hay'at a'zolarini belgilash; -texnik vositalar va zaruriy jihozlar bilan to’liq ta'minlash; -g’oliblarni rag’batlaitirish maqsadida homiy tashkilotlarni jalb qilish. Loyihalar tanlovini tashkil etish davomida qo’llanilishi tavsiya etiladigan samarali usullar: -“Rolli o’yinlar”; “Breynrayting”; “Insert”; “Ikki qismli kundalik”. Ko’rik-tanlovlarning namunaviy mavzulari: -“Eng yaxshi hamshira”;“Eng yaxshi hunarmand”;“Eng yaxshi ijodkor”;“Eng yaxshi qo’shiqchi”; “Eng yaxshi jurnalist” va hokazo. Mas’uliyat shaxsning etukligini belgilovchi muhim ko‘rsatgichlardan sanaladi. Amerikalik olim Dj. Rotterning fikricha, har bir insonda ikki tipli mas’uliyat kuzatiladi. Birinchi tipli mas’uliyat shundayki, shaxs o‘zining hayotida ro‘y berayotgan barcha hodisalarning sababchisi, mas’uli sifatida faqat o‘zini tan oladi. Mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olishga o‘rgatilgan bolalarda havotirlik, neyrotizm, konformizm holatlari kam uchrarkan. Ular hayotga tayyor, faol, mustaqil fikr yurituvchilardir. Ularda o‘z-o‘zini hurmat hissi ham yuqori bo‘lib, bu boshqalar bilan ham hisoblashish yashashga sira halaqit bermaydi. Mas’uliyatlilikning ikkinchi turi undan farqli, barcha ro‘y bergan va beradigan voqea, hodisalarning sababchisi tashqi omillar, boshqa odamlar (ota - ona, o‘qituvchilar, hamkasblar, boshliqlar, tanishlar va boshk.). Xorij mamlakatlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ikkinchi turli mas’uliyat ko‘proq o‘smirlarga xos bo‘lib, ulardan 84% mas’uliyatni faqat boshqalarga yuklashga moyil ekanlar. Bu ma’lum ma’noda yoshlar o‘rtasida mas’uliyatsizlikning avj olganligidandir. Mas’uliyat yoki mas’uliyatlilik bu kishining har bir bajargan amallari, qilgan ish-Yoshlar ittifoqi a’zolari, gapirgan so‘zlari mazmunini oldindan aniq tasavvur qilish, ular uchun o‘zida javobgarlikni to‘la xis etish qobiliyatidir. Mas’uliyatli kishi har bir hatti-harakati uchun Vatan oldida, atrofdagi kishilar, ota-ona va tanish-bilishlari oldida javobgar ekanini shuqur xis etadi. U biror gapni gapirish, biror amalni bajarishdan oldin uning oqibatini o‘ylaydi, boshqalar oldida o’yalib qolmaslikka harakat qiladi. Mas’uliyatli kishi hamisha va’dasining ustidan chiqadi, rejalashtirgan ishlarini albatga bajaradi. Va’da bajarilgach, xursand bo‘lish xissini boshidan kechiradi, o‘zini engil, bardam xis qiladi. Aksincha, mas’uliyatsiz kishilar esa beburd, beandisha, engil tabiat bo‘ladilar. Ular odamlarga ko‘plab va’dalar beradilar, lekin gaplarining uddasidan chiqmaydilar. Shuning uchun kishilar bundaylarga ishonmaydilar, ularni hurmat qilmaydilar. Ular haqida «va’daboz», «gapini burdi yo‘q», «engil-elpi odam» deb gapiradilar. Mas’uliyatni chuqur xis qiladigan kishi hamisha odiga yuksak maqsadlar qo‘yadi, ishni puhta rejalashtiradi, unga erishish uchun butun kuch va salohiyatini sarflaydi. Mas’uliyatli kishining ish sifati ham, samaradorligi ham yuqori bo‘ladi. Mas’uliyatli kishi, avvalo, Vatan taqdirini o‘ylaydi, o‘zining kuch-quvvati, imkoniyati, qobiliyat va iste’dodini Vatan uchun, uning baxt-saodati uchun sarflashga harakat qiladi. Chunki u o‘zini asrab-avaylab, ardoqlab o‘stirgan ona Vatan oldida hamisha qarzdor ekanini chuqur xis qiladi Yoshlikdan boshlab mas’uliyat xissi tarbiyalangan, masu’liyatni o‘z bo‘yniga olishga o‘rgangan bolalarda xavotirlik, nevrozlik, nimadandir tashvishlanish, asabiylashish kabi salbiy sifatlar kam uchraydi, ularning xayoti osoyishta, uyqusi tinch bo‘ladi. Bunday yoshlar har kimning fikriga, yot g‘oyalarga qo‘shilib ketavermaydi, o‘zining mustaqil fikri, qarashlari, e’tiqodiga ega bo‘ladi. Afsuski, hamma yoshlarni ham mas’uliyatni o‘zida chuqur xis etadi, noto‘gri qxatti-harakati, bilib-bilmay gapirgan noto‘g‘ri gapi uchun iztirob chekadi, uyaladi deb bo‘lmaydi. Bunday yoshlar arzimagan ish, noo‘rin qilingan harakat, tasodifiy yuz bergan xodisa uchun aybni boshqalarga to‘nkab, o‘zlarini oqlashga harakat qiladilar. Ular o‘zlari ta’lim olayotgan o‘quv yurtiga tegishli mebellar, kabinet va laboratoriya jixozlari, kutubxonadan olingan kitoblarga nisbatan extiyotsiz munosabatda bo‘ladilar, ularni ko‘z qorachig’iday saqlashga untilmaydilar. Download 133.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling