Mavzu: yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3


Download 0.58 Mb.
bet39/84
Sana15.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1679082
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   84
Bog'liq
Mavzu yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari r-fayllar.org (1)

Qavsning qo‘llanish o‘rinlari
Qavs o‘zbek yozuvida XIX asrning oxirgi choragidan qo‘llanila boshlangan. Dastlab “Turkiston viloyatining gazeti”da 1873-yilda ishlatilgan .
A.Zohiriyning “Imlo”si o‘zbek orfografiyasi va punktuatsiyasi bo‘yicha dastlabki ilmiy-metodik qo‘llanmadir. Uning 3-qismi tinish belgilarining qo‘llanishi qoidalariga bag‘ishlangan bo‘lib, “Xatlar orasida rioyasi lozim ishorat va vaqf alomatlari” deb sarlavha qo‘yilgan. Qavs belgisining xususiyatlariga ham to‘xtaladi: “Ishorati” “( )” (qavsayn yoki tafsir ishorati) bir so‘zning ma’nosini so‘z orasinda bayon qilg‘onda yoki so‘z orasinda biror mazmunni eska tushurub 2122 ketmoqchi bo‘lg‘onda, ikki chetiga qo‘yilur. Chunonchi, Arz (er) yumaloqdur. Johil (nodon) kishilarning suhbati aqlni kamaytiruf".
Qavs belgisining ikkinchi alomatini muallif shunday izohlaydi: “... yoki so‘z orasinda biror mazmunni eska tushurub ketmoqchi bo‘lg‘onda ikki chetiga qo‘yilur”. So‘zlarni to‘plab bir-biriga baylab gap tuzishda “o‘y” qulay anglashilsin deb turli belgilar ishlatiladir.
Fitrat qavs haqida shunday deydi: () yoylar. “Kirish so‘z”larning hammasi yoylar orasida yoziladir. Kirish so‘zlarning iki tomonida iki yoy o‘rnida ikki “,” belgisi qo‘ymoq ham bo‘ladir:
Bu zot Amrika, Olmoniyo (Girmaniya), Angliya, Yapo‘niya, Firansiya, Bilgiya va shuning kabi har davlatlarni yodlab bilar edi.
(A.Q.)
Bizda o‘zlarini ulamo atag‘anlar (Bizda haqiqiy ulamo yo‘qdir) butun taraqqiy ishlariga qarshi turdilar.
Kirish so‘zlarining iki tomonida, yoylar joyig‘a chiziqlar qo‘yilsa-da bo‘ladir:
Bu kichkina, o‘ksuz, oppoq bibaklar -
Ucha, uchayetmay qolg‘an tilaklar-
Eskan yelning qo‘llarig‘a o‘zini
Tashlab qo‘yar borlig‘ini unitar.
Qavs vazifasiga ko‘ra chegaralovchi tinish belgilari jumlasiga kiradi: yozma nutqdagi muayyan qismlarning boshlanish va tugallanish nuqtasini ko‘rsatib, mazkur qismning sintaktik jihatdan boshqa qismlar bilan kuchsiz bog‘langanligini, semantik jihatdan u yoki bu darajada aloqadorligini bildiradi. Qavsga olingan qism tinch ohang, kirish intonatsiyasi bilan aytiladi.
Qavs tuzilish jihatdan ikki elementli tinish belgisi sanaladi. Uning birinchi elementi ochiluvchi qavs, ikkinchi elementi esa yopiluvchi qavs deb yuritiladi. Yopiluvchi qavs yozma nutq jarayonida mustaqil holda ham qo‘llana oladi: bunda u raqamlashda (raqam yo harf bilan) ishlatiladi.
Qavs, odatdagi shaklidan tashqari, kvadrat shaklda ham qo‘llanadi. Kvadrat shakldagi qavs “katta qavs", odatdagi qavs esa (“katta qavs”ga nisbatan) “kichik qavs" deb yuritiladi.
“Katta qavs" matematika, geometriya, ximiya kabi fanlarga oid yozma matnlarda ko‘p uchraydi. Boshqa sohaga oid matnlarda esa ikki qavsning takroriy qo‘sha (bir o‘rinda parallel) qo‘llanishi zarur bo‘lganda, ularning biri “katta qavs" shaklida (kvadrat shaklda) ishlatiladi. “Katta qavs”dan transkripsion belgilar ifodasida foydalaniladi.
Hozirgi o‘zbek tilida qavsning qo‘llanish doirasi va vazifasi kengaydi. Ilgari faqat asosiy gap bilan ma’nosi yaqin bo‘lmagan qismlar qavsga olingan bo‘lsa, hozirgi kunda asosiy matn bilan semantik jihatdan uzviy aloqador bo‘lgan qismlar ham qavsga olinadi.
Qavsning yozma nutq jarayonida qo‘llanish o‘rni chegaralanmagan: qavs gap boshida, gap o‘rtasida va gapning oxirida kela oladi. Qavs gap o‘rtasida kelganda, qavs ichidagi matn ma’nosining undan oldingi yoki keyingi jumlaga taalluqliligi matndan aniqlanadi.
Hozirgi o‘zbek tilida qavs quyidagi o‘rinlarda qo‘llanadi:



  1. Download 0.58 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling