Mavzu: yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 0.58 Mb.
bet19/84
Sana15.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1679082
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   84
Bog'liq
Mavzu yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari r-fayllar.org (1)

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
  1. Orfografiya nimani o‘rganadi?


  2. Orfografiyaning qanday tamoyillari mavjud?


  3. Qanday turdagi so‘zlar fonetik tamoyillar asosida yoziladi?


  4. Morfologik tamoyilning mohiyati nimadan iborat?


  5. Qanday so‘zlar, so‘z shakllari va qo‘shimchalar morfologik tamoyil asosida yoziladi?


  6. Tarixiy-ana’naviy tamoyilning o‘ziga xos tomoni nimadan iborat?


  7. Qanday qo‘shimchalarni olgan so‘zlar tarixiy-ana’naviy tamoyilga ko‘ra yoziladi?


  8. Differensiatsiya tamoyiliga binoan so‘z va qo‘shimchalarning qaysi jihatlari farqlanadi?


  9. Shakliy-an’anaviy tamoyilga ko‘ra qanday so‘zlar yoziladi?




5-MA’RUZA
KIRILL VA LOTIN ALIFBOSIGA ASOSLANGAN IMLO QOIDALARI QIYOSIY TAHLILI
Reja:
1. Har ikki yozuv tizimlarining imlo qoidalaridagi tafovutlar
2. “Ayrim harflar imlosi” (1956) va “Harflar imlosi”(1995) qoidalaridagi tafovutlar;
3. “O‘zak-negiz va qo‘shimchalar imlosi” (1956) va “Asos va qo‘shimchalar imlosi” (1995) qoidalaridagi tafovutlar;
4. “Qo‘shma so‘zlar, so‘z birikmalari imlosi” (1956) bilan “Qo‘shib yozish”, “Chiziqcha bilan yozish” va “Ajratib yozish” (1995) qoidalaridagi tafovutlar.
5. “Bo‘g‘in ko‘chirilishi” (1956) bilan “Ko‘chirish qoidalari” (1995) o‘rtasidagi tafovutlar;
6. “Bosh harflarning yozilishi” (1956) bilan “Bosh harflar imlosi” (1995) qoidalaridagi tafovutlar.


Asosiy tayanch tushunchalar: rus grafikasi, lotin grafikasi, paragraf, qoidalardagi farqlar, tafovutla.


Amaldagi (kirillcha) va yangi (lotincha) o‘zbek yozuvlarining imlo qoidalaridagi tafovutlar
Amaldagi «...qoidalarning» ayrim paragraflari yangi «...qoidalar»ga kiritilmagan. Masalan: 2- paragraf (3- moddasi); 6- paragraf (2 va 3-moddalari); 8 - paragraf ( 1 - moddasi): 9 - paragraf («ё» harfi), 10-paragraf («ю» harfi), 11- paragraf («я» harfi), 12- paragraf (2-moddasi), 13- paragraf (в > 6 kabi holatlar), 21- paragraf, 22- paragraf (2-moddasi), 26- paragraf (1- moddasi), 27- paragraf, 28- paragraf, 31-paragraf, 40- paragraf,41- paragraf, 48- paragraf, 49- paragraf, 50- paragraf (2- moddasidagi «у/ю» ga aloqador qism), 52- paragraf, 58-paragraf va boshqalar. Yuqorida berilgan qoidalarning yangi qoidalar to‘plamiga kiritilmaganligi bir qator omillarga asoslanadi: «е» harfining yangi yozuvda faqat «е» unlisini ifodalashi («y»+«e»ni emas), ё, ю, я harflarining yangi alifboda yo‘qligi, ayrim qoidalarning o‘zini oqlamaganligi kabi sabablar shular jumlasidandir.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling