Mavzu: yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3


Download 0.58 Mb.
bet31/84
Sana15.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1679082
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   84
Bog'liq
Mavzu yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari r-fayllar.org (1)

Tekshirish uchun savollar
  1. Nuqta o‘zbek yozuvida qachondan boshlab qo‘llanila boshlagan?


  2. Nuqta asosan qaysi o‘rinlarda qo‘llaniladi?


  3. Matematika fanida nuqtaning vazifasi nima?


  4. Nuqta qaysi o‘rinlarda uslubiy vosita sifatida qo‘llaniladi?


  5. So‘roq belgisi o‘zbek yozuvida qachondan boshlab qo‘llanila boshlagan?


  6. So‘roq belgisi asosan qaysi o‘rinlarda qo‘llaniladi?


  7. Undov belgisi o‘zbek yozuvida qachondan boshlab qo‘llanila boshlagan?


  8. Undov belgisi qaysi o‘rinlarda qo‘llaniladi?




8-MA’RUZA
VERGUL VA NUQTALI VERGUL BELGILARINING
QO‘LLANILISHI
Reja:
  1. Vergul belgisi va qo‘llanish holatlari


  2. Nuqtali vergul belgisining qo‘llanilishi




Tayanch tushunchalar: nuqta, so‘roq, undov, darak gap, buyruq gap, so‘roq gap, remarka, numerativ, sarlavha, raqamlar, bosh harflar, matematik ishora.
Vergul belgisi va qo‘llanish holatlari

Vergul o‘zbek yozuvida XX asr boshlaridan qo‘llana boshladi. “Turkiston viloyatining gazeti” sahifalarida 1901-yildan, Toshkentda nashr etilgan “Taraqqiy” gazetasida esa 1906-yildan boshlab ishlatilgani ma’lum. Vergul eng qadimgi tinish belgilaridan bo‘lib, o‘zining uzoq tarixiga ega: u G„arbiy Yevropa yozuvlarida XV asrdan tinish belgisi sifatida qo‘llana boshlagan .


Vergul eng ko‘p qo‘llanuvchi va eng ko‘p vazifali tinish belgilaridan hisoblanadi.
A.Fitrat vergul haqida shunday fikr bildiradi: (,) yarim tinish belgisidir. Gapning qaysi bo‘lagi birdan ortiq bo‘lsa, gapning uyushqon bo‘laklaridan birtasi juda uzun bo‘lsa, gap orasida “kirish so‘z” bo‘lsa, gapda undash so‘zi bo‘lsa, mana shularni boshqalaridan ajratmoq uchun “,” belgisi qo‘yiladir, bunga kelgach o‘quchining yarim nafas olg‘ancha turib o‘tishi lozim:
Qop-qora tuban tim-tin yerlarni
Qo‘ydi-da, oldin ko‘klarga oshdi.
(Elbek)
Otajon, men kechalari uypoylash uchun kelin bo‘lib keldimmi?
(Cho‘lpon)
O‘ng, so‘l uni tepkan, uni urg‘an,
Inson-da yotib uyqug‘a toldi.
So‘lg‘un, qora, turg‘un dema ko‘rdim,
Mungli kechaning mungli chog‘inda... (Fitrat)
Vergul gap ichida qo‘llaniluvchi, yakka va qo‘sh qo‘llanuvchi, bir elementli, murakkav vazifali tinish belgisidir. Uning qo‘llanishi asosan mantiqiy-grammatik prinsipga asoslanadi.
Vergulning qo‘llanish holatlarini quyudagicha guruhlash mumkin:
  1. Sodda gapda vergulning ishlatilishi.


  2. Qo‘shma gapda vergulning ishlatilishi.


Sodda gapda quyidagi hollarda vergul ishlatiladi:


1. Gapda bog‘lovchisiz, tenglanish intonatsiyasi bilan bog‘langan uyushiq bo‘laklar bir-biridan vergul bilan ajratiladi: Bakovul oldida turli-tuman ro‘mol, gilam, kalish, choponlar bo‘ldi. (T.Murod) Umuman, odamlar hayotlarida bo‘lgan xatolar, gunohlarini tan olmaslikka moyil. (O.M.)
2.Zidlovchi teng bog‘lovchilar vositasida bog‘langan uyushiq bo‘laklar ishtirok etgan gaplarda mazkur bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yiladi: Yovvoyi quvrayning yaproqlari, gullari va changlarida odamning boshini aylantiradigan, chekkanda hushini eltadigan va xayolini koklarda sayr qildiradigan, lekin me’yoridan ortsa, ruhni ezadigan, qiynaydigan va oxir-oqibat jinni qilib qo‘yadigan moddalar bo‘ladi. (Ch.Aytmatov) Bo‘rilarni uchratgani, 1617 ko‘kyol bo‘ri o‘qday uchib boshidan oshib o‘tgani, ammo unga ziyon yetkizmagani esiga tushdi. (Ch.Aytmatov)
3.Takror qo‘llanuvchi teng bog‘lovchi yoki bog‘lovchi vazifasidagi birliklar (biriktiruvchi, ayiruvchi, inkor) vositasida bog‘langan uyushiq bo‘laklar vergul bilan ajratiladi: Zulflarini toblab-toblab... Ham iboli, ham ginali kulib-kulib... qo‘shiq aytadi! (T.Murod) Emishki, yo kuyov, yo kelin birinchi bo‘lib birovi oyog‘ini bossa, ana shu ro‘zg‘orda umr bo‘yi o‘ktam bo‘ladi!_(T.Murod). Quvonchli damlarda esa xohlasam ham na onamni, na otamni tushimda ko‘rolaman (O‘.Hoshimov).
4.Murojaat obyektini ifodalovchi undalmalar gapning boshida kelganda, undan keyin, gap o‘rtasida kelganda, har ikki tomonidan, gap oxirida kelganda esa undan oldin vergul qo‘yiladi: Ashurboy, qo‘ylarni ushlab, og‘ilxonaga qamang! (T.Murod) Endi o‘ylab o‘tirasizmi, Polvonboy, magarkim, yuzingizga oyoq qo‘ydimi, endi o‘ylash yo‘q! (M.M.Do‘st.)
Bunga nima deysan, ey inson! (O‘.Hoshimov).
5.Undovlar gapning boshida kelganda, undan keyin, gap o‘rtasida kelganda, har ikki tomonidan, gap oxirida kelganda esa undan oldin vergul qo‘yiladi: E, bo‘ldi-e, charchab qoldilaringiz! (T.Murod) E, balli, gap bunday bopti-da! Qani, yuringlar. (T.Murod) Shu tobda bir g‘aram bedaning ustiga chiqib cho‘zilsang bormi, oh, buning gashtiga nima yetsin! (M.Mansur) Vaqt-soati yetganga o‘xshayapti, uf-f. (X.Do‘stmuhammad).
Ammo gapda undalmalardan oldin kelgan undovlar odatda undash, murojaatni kuchli darajada ifodalash uchun xizmat qiladi, shuning uchun undalmalar oldidan kelgan undovlardan so‘ng odatda vergul qo‘yilmaydi: Sen o‘zingni o‘yla, ey sho‘rlik! (Ch.Aytmatov) Buddiylar aytganlariday, balki sen, ey ko‘kko‘z bo‘ri, uni odam qiyofasidagi o‘z egaching, deb tan olarsan? Nima, shunday bo‘lishi mumkin emasmi? (Ch.Aytmatov)
6.Kirish so‘z va kirish birikmalar (so‘zlovchining bayon qilinayotgan fikrga munosabatini ifodalaydi) gapning boshida kelganda, undan keyin, gap o‘rtasida kelganda, har ikki tomonidan, gap oxirida kelganda esa undan oldin vergul qo‘yiladi: To‘g‘ri, biz bu ablahning zimmasiga bir nima vazifa yuklagan edik. (O.) Juvonning toqati toq bo‘ldi, shekilli, dumalayotgan o‘g‘lini yerdan yulqib ko‘tardi. (O‘.Hoshimov). Oftobni ona deyishlari, ehtimol, shundandir. (O‘.Hoshimov) Hali hech kim bilmaydi, menimcha. (A.Namozov) Ularningfikricha, Akbarning shuhrati va obro‘si davlat manfaatlariga xizmat qiladi. (P.Qodirov) Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘smirlar olamidagi jinoyatning 70 foizi aynan shu badmastlik oqibati ekan. (T.Malik)
7.Kirish gaplar (so‘zlovchining bayon qilinayotgan fikrga munosabatini ifodalaydi) ham asosiy gapning boshida kelganda, undan keyin, o‘rtasida kelganda, har ikki tomonidan, oxirida kelganda esa undan oldin vergul qo‘yiladi: Bizda, mana, serjant Orziqulov biladi, bir kallada ming xil tashvish. (T.Murod) Inga Fyodorovna, esingizda bo‘lsa kerak, Sizning yurtingizga borishdan murod - maqola yozish edi. (Ch.Aytmatov) Shunday kilib desangiz, o‘zim ham bilmagan holda shu orzular tufayli men yo‘qlik dag‘dag‘asiga qarshi ustivor turaman. (Ch.Aytmatov) Chorva ham, o‘zingiz bilasiz, haminqadar. (S.Ahmad) Bir parcha qog‘ozga yozilgan jo‘ngina xat har qanday odamning boshiga yetardi, men sizga aytsam. (A.Muxtor) Sizni dog‘da qoldirmaydi, ishonavering! (U.Uteuliyev).

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling