Mavzu: yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3


Download 0.58 Mb.
bet63/84
Sana15.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1679082
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   84
Bog'liq
Mavzu yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari r-fayllar.org (1)

2-mashq. Gaplarni o‘qing, so‘zlarning yozilishiga e’tiboe bering. Kirill va lotin grafikasiga asoslangan imlo qoidalarida asos va qo‘shimchalar imlosida, tinish belgilarining qo‘llanilishida farq qiluvchi o‘rinlarlarga e’tibor qarating.
1.Xadichaning uzunchoq sarg‘ish yuzi qizardi.Aybdordek maxzun tovushda uzr so‘radi.(O‘.H.) 2.Injiq, cho‘rtkesar do‘stining odatini yaxshi biladi.(O‘.U.) 3.Yoqimli yoz shabadasi endigina qad ko‘tarib kelayotgan yosh nihollarni tebratar edi. Hamma yoqda gul: oq, pushti, qizil, sariq, qo‘ying-chi, ming xil tusdagi gullar ochili-sochilib yotibdi.(O‘.U.) 4.Atrofdagi hovlilardan ko‘tarilgan tutunlar ko‘kimtir, mayin mavj bilan tiniq, sovuq havoda suzadi.(O.) 5.Ikki o‘rtoq, ikki shirin jon, Yangi uyga bo‘ldilar mehmon.(H.O.) 6.Saman otini bir me’yorda yo‘rg‘alatib borayotgan qotma, xushqomat chol qoramag‘izdan kelgan shiddatli chehrasiga yarashgan qalin qohlarini chimirib, dam orqaga, bog‘lar ortida qolgan Samarqandga tikilar, dam o‘ng qo‘ldagi Urgut tog‘lariga qadalib-qadalib qarar, u bir nimadan bezovtagalanayotganga o‘xshar,chuqur botgan o‘ychan ko‘zlarida ham teran bir qayg‘u, ham allaqanday taraddud sezilib turardi.(O.Y.) 7.Holbuki, shu bugun ertalab, shu bugun choshgohda uning hayoti quyoshli osmonday tiniq va sof edi-ku. Bu qora bulutlar uning hayotiga qayoqdan yopirilib keldi? (P.Q.) Menga haqiqiy hayot, chinakam inson hayoti kirib keldi.(S.Ahm.) 8.U o‘sha yerda muhabbatidek sof, qizlik iffatidek beg‘ubor kishilar safiga qo‘shiladi.(S.Ahm.)


11-amaliy mashg’ulot: Punktuatsiya va uning prinsiplari.tinish belgilarining tasnifi
MASHG‘ULOT REJASI:
1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni tekshirish.
2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini bajarish.
3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini tekshirish va baholash


1-mashq. Gaplarni o‘qing, tinish belgilarining qo‘yilish sababini izohlang.
1. Munofiqlik belgisi uchtadir: yolg‘on so‘zlash, va’daning ustidan chiqmaslik va omonatga xiyonat qilish. 2. To‘g‘ri, Olim – mashhur rais, deputat, hammamiz uni hurmat qilamiz. 3. Adolatsizlik gardlarini kishi qalbidan yuvib tashlamoq - ulug‘ baxt! (SH.) 4. Uning nazarida, har bir chanoq - baxt tabassumi, har bir tola - qon tomiri; u paxta bilan tirik, paxta - uning hayoti, paxta - uning kasbi, quvonchi. (I.R) 5. «Aziz otamizning fikrini, yo‘lini himoya qilmoq uchun, - dedi Sultonmurod bo‘g‘iq ovoz bilan, - qilichingizni mahkam tuting, bahodir!». (O.) 6. Shu payt qabulxonaga Qalandarovning qalin oshnasi – Ummat Nazarov kirib keldi. (A.Q.) 7. Maktabni, maktabdoshlarimni har qancha qo‘msasam ham, otamning ra’yini qaytara olmadim. (P.Q.) 8. Ana, jadvallarning yonida, burchakdagi javonda, Mirzo Ulug‘bekning olti jildli tarixiy asarlari yonida, Ali Qushchining ham kitoblari turibdi! (O.Yo.) 9. Bu – bizning chinakam mehnatimizning natijasi! 10. Erining xotirasi, bolalarining tarbiyasi, tinimsiz mehnati, yurt g‘amidan boshqa tashvishi yo‘q u muhtaramaning! (H.G’) 11. YOmon, yaxshi ish yo‘q, hamma ish yaxshi! Bizda halol mehnat – odamning naqshi! (U.) 12. Anvarning hay-haylashiga qaramay, ko‘chaning o‘rtasiga tushib olib, qo‘l ko‘tardi, ammo mashinalar to‘xtamas, uni mayna qilganday, g‘izillab o‘tib ketardi. (O’.H.) 13. Qodirjonning tinch uyqusidan (nisbatan tinch, chunki u uyquda ham fikr qilardi) mamnun ayol mehr to‘la ko‘zlarini undan uzib xona to‘riga o‘tadi-da, bahor va go‘zallik nishonalarini guldonga terish bilan band bo‘ladi. 14. Bu erda, Potsdamdan, uncha uzoq bo‘lmagan Babel’sbergda, o‘zining mo‘’jazgina kottejida yakka o‘zi turardi; uning xizmatchisi bir hafta oldin toqqa - jiyaninikiga jo‘nab ketgan edi. 15. E’tiqod va muhabbat yonma-yon bo‘lgani ma’qul, biri - qalb, biri - qanot. (Mirm.) 16. Qora bulutlar tarqala boshlaydi, osmon ko‘m-ko‘k charaqlaydi, maysa, o‘t-o‘lanlar qaddini rostlaydi, daraxt shoxlari ilk barglarini chiqara boshlaydi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling