HARF – nutq tovushlarini yozuvda ifodalash uchun xizmat qiluvchi shakllar.
HARFLAR BIRIKMASI – bir tovushni ikki harf bilan ifodalanishi.
IMLO – 1)so‘zlarni to‘g‘ri yozish qoidalarini o‘rganiladigan tilshunoslik bo‘limi; 2)so‘zlarning yozlishidagi barqarorlik, qat’iylik.
IMLO LUG‘ATI – 1)so‘zlarni to‘g‘ri yozishni ko‘rsatuvchi lug‘at; 2)so‘zlarning mavjud imlo qoidalariga binoan to‘g‘ri yozilishini qay etuvchi lug‘at.
IMLO QOIDALARI – so‘zlarni to‘gri yozishga qaratilgan maxsus qonun qoidalar majmui.
IMLONING AN’ANAVIY TAMOYILI – imloning morfologik yoki fonetik asosga ega bo‘lmagan, faqat an’anaga, ya’ni avvalgi yozilishiga asoslanuvchi tamoyil.
IMLONING FONEMATIK TAMOYILI – alifbo harlari bilan u yoki bu pozitsiyada talaffuz etiluvchi tovushlar emas, bu tovushlarni birlashtiruvchi fonemaning o‘zi tasvirlanadi.
IMLONING FONETIK TAMOYILI – imloda so‘zlarni talaffuziga ko‘ra yozish tamoyili.
IMLONING MORFOLOGIK TAMOYILI – so‘zlar (qo‘shimchalar) talaffuziga qarab emas, asliga muvofiq yoziladi.
IMLONING TARIXIY TAMOYILI – aynan imloning an’anaviy tamoyili.
IMLOVIY TAHLIL – so‘zdagi orfogrammalarni ajratish, ularning turini aniqlash,qaysi qoida asosida yozilishini belgilash va shu kabilar nuqtai nazaridan bo‘ladigan tahlil.
IZOFA - fors va boshqa ba’zi tillarda aniqlovchi va aniqlanmish munosabatini ifodalovchi vositalardan biri.
ORFOEPIYA – (yun. orthos – to‘g‘ri +epos – nutq) so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qoidalari o‘rganiladigan tilshunoslik bo‘limi.
ORFOGRAFIYA -(yun. orthos – to‘g‘ri +grapho -yozaman) so‘zlarni to‘g‘ri yozish qoidalari o‘rganiladigan tilshunoslik bo‘limi.
PUNKTUATSIYA – (lot punctuatio
PUNKTUATSION TAHLIL – gapda tinish belgilarining pnktuatsiya qoidalariga mos holda yo unga zid holda ishlatilganligi, shuningdek, punktuatsiya qoidalari talab etiladigan yoki bu tinish belgisining qo‘llanilmaganligini belgilash nuqtai nazaridan bo‘ladigan tahlil.
Do'stlaringiz bilan baham: |