Mavzu. Yuklagichlar Tayanch so’zlar: yuklagich, gidravlik yuritma, Reja


Download 31 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi31 Kb.
#1030199
Bog'liq
14-mavzu. Yuklagichlar


14-mavzu. Yuklagichlar
Tayanch so’zlar: yuklagich, gidravlik yuritma,
Reja:
Bir cho’michli yuklagichlar tasnifnomasi, tuzilishi va vazifasi;
Ko’p cho’michli uzluksiz yuklagichlar.

Qurilish ishlab chiqarishdagi yuklash-tushirish ishlarini bajarish uchun yuklagich va tushirgich mashinalaridan foydalaniladi.


Yuklanadigan materiallarning turiga qarab, donali yuklar uchun (ko’tarib oluvchi yoki vilkali) va sochiluvchan yuklar uchun (botirib oluvchi) mo’ljallangan yuklagichlar qo’llaniladi. Botirib oluvchi yuklagichlar bir cho’michli va ko’p cho’michli uzluksiz harakatlanuvchi turlarga bo’linadi. Bir cho’michli yuklagichlar universal hisoblanib, ular turli xil sharoitlarda qo’llaniladi. Ko’p cho’michlilar esa katta omborlarda, yul qurilishida va ishlash jarayoni uzluksiz bo’lgan korxonalarda keng qo’llaniladi.
Yurish qismlariga ko’ra yuklagichlar g’ildirakli va zanjirli bo’lishi mumkin. Zanjirli yuklagichlar yukori o’tagonlikka ega va katta bosim kuchi xosil kilaoladi. G’ildirakli yuklagichlar yukori manevrchanligi va transport tezligi bilan fark kiladi, ombor maydonlari va yullarining yuzini buzmasdan ishlaydi.
Bir cho’michli yuklagichlar davriy mashinalar turkumiga kirib sochiluvchan va donali yuklarni transport vositasiga yuklash uchun ishlatiladi.
Xozirgi paytda qurilishda eng ko’p qo’llaniladigan yuklagichlar xajmli gidravlik yuritmali, g’ildirakli, frontal ish jixoziga ega bo’lgan qurilish yuklagichlaridir.
Yuklagichning cho’michi gidrosilindr orqali boshqariladigan maxsus richagli sistemaga osiladi. Cho’michni ko’tarish mexanizmi qo’zg’almas markaz atrofida ko’taruvchi silindr yordamida buriladigan streladan iborat. Strelaning uchida sharnirli maxkamlangan cho’mich, u burish gidrosilindri va richaglar sistemasi yordamida strela atrofida aylanadi.
Oddiy cho’michlar o’rniga maxsus cho’michlar o’rnatilsa, tog’ jinslari va shunga o’xshash yuklarni xam yuklashi mumkin. Agar cho’mich o’rniga almashtiriluvchi jixozlar o’rnatilsa, ular bir necha yordamchi: montaj qilish, tozalash, qor yig’ish va xokazo ishlarni xam bajarishi mumkin.

  1. Yuklagichlar yuk ko’taruvchanligi bo’yicha 4 klassga bo’linadi:

1) yengil – 0,5 … 2,0 t, 2) o’rta – 2,0 … 4,0 t,
3) og’ir – 4,0 … 10,0 t, 4) o’ta og’ir – 10,0 t dan ortik.

  1. Yurish qismi bo’yicha – gusenisali, g’ildirakli bo’ladi.

  2. Baza mashinasi bo’yicha – maxsus shassilarda va tyagachlarda.

  3. Ishchi organini joylashishi bo’yicha - oldinda yoki orkada joylashgan bo’ladi.

Ortish organi to’la burilishli, kombinasiyali va frontal bo’lishi mumkin.
Yuklagich yuritmasi bo’yicha: gidravlik, eloktromexanik, kanat-blokli va zanjirli bo’lishi mumkin.
Boshkarish mexanizmi – cho’michni burish gidrosilindrining harakat yunalishiga ko’ra 2 turga bo’linadi:

  1. Cho’michni to’lishi gidrosilindr porshen bo’shlig’i bilan bajariladi;

  2. Cho’michni to’lishi gidrosilindr shtok bo’shlig’i bilan bajariladi.

Strela ko’tarilish jarayonidan cho’mich satxini bir xil saqlash 2 xil usulda bajariladi:
1) Mexanik; 2) Gidravlik.
Birinchi usul - kinematik yul bilan, ya’ni richagli mexanizm yordamida bajariladi.
Ikkinchi usul – quyidagi sistema bo’yicha: gidrosilindrni cho’michga ta’siri bo’yicha mexanizmlar richagli va richagsiz sistemalarga bo’linadi.
Richagli sistemalarda bir bosqichli va ko’p bosqichli richagli mexanizmlar bo’ladi.
Yuklagichlarning ishlashi uchun quyidagi tengsizlik bajarilishi kerak:
Rbk £ Til q G . j ,
bu yerda Rbk – cho’michni botib kirishga qarshiligi;
Gyuklagichning ilashish massasi, t;
Til – ilashish bo’yicha maksimal tortish kuchi, kN;
j - g’ildirak yoki gusenisalarning grunt bilan ilashish koeffisiyenti.
Nazorat savollari:

  1. Bir cho’michli yuklagichlar tasnifnomasi, tuzilishi va vazifasi;

  2. Bir cho’michli yuklagichlarni asosiy parametrlarini aniqlash va usullari;

  3. Bir cho’michli yuklagichlar ishlash texnologiyasi;

  4. Yuklagichlarning yuritmasi bo’yicha asosiy turlari;

  5. Yuklagichlarning boshqarish mexanizmlari bo’yicha turlari.

Download 31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling