Mavzu: Yuksalish, rivojlanish va iqtisodiy siyosat Reja


Rivojlanishga nisbatan iqtisodiy o’sish: turmush sifati va ekologik cheklovlar


Download 60.59 Kb.
bet2/7
Sana17.11.2023
Hajmi60.59 Kb.
#1782888
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yuksalish, rivojlanish va iqtisodiy siyosat

1. Rivojlanishga nisbatan iqtisodiy o’sish: turmush sifati va ekologik cheklovlar.
O‘zbekistan Umumiy Mamlakat Tahlili (UMT) ning yangi taxriri COVID-19 inqirozining 2020 yildagi ta’sirini va 2021 yildagi davom etayotgan ta’sirini hisobga olib, nafaqat xalq salomatligi va iqtisodiyotni, balki boshqa ko‘plab sohalarni va ko‘plab ijtimoiyiqtisodiy guruhlarni qamrab oladi. Shu yo‘l bilan, BMT Mamlakat Jamoasi (BMTMJ) 2019 yilda va 2020 yil boshida kelishib olingan asosiy tahlilni qayta ko‘rib chiqishni va COVID-19 yuzaga chiqargan tizimli buzilishlar sharoitida O‘zbekiston oldida turgan rivojlanish muammolari va imkoniyatlarini jamoaviy tushunishni yaxshilashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.
COVID-19 Epidemiyasi Oldidan Ta’sirchan Taraqqiyot Pandemiyaga qadar O‘zbekistonda jamiyatning barcha jabhalarini qamrab olgan keng va tarkibiy o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbekiston iqtisodiyoti yillik 4, 1 foizga o‘sib bordi. Boshqaruvga oid qonunchilikdagi o‘zgarishlar va unga nisbatan siyosiy aralashuvlar tez sur’atlarda sodir bo‘la boshladi. O‘zbekiston ijtimoiy sohalarga ham investitsiyalarni ko‘paytirdi.
E’tiborga molik iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlarga qaramay, O‘zbekiston 2020 yil boshida inson huquqlari, qonun ustuvorligi, korrupsiya, sud mustaqilligi, shuningdek atrof-muhit va ijtimoiy himoya kabi qator sohalarda hali ham muhim muammolarga duch keldi. Ushbu muammolar pandemiyaga qaramay davom etmoqda. COVID-19 ga javob Hukumatning pandemiyaga bo‘lgan munosabati, umuman olganda, xalqaro hamjamiyat tomonidan olqishlandi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning ayrimlariga quyidagilar kiradi: Xujjatning qisqa ta’rifi 1 milliard AQSh dollari miqdoridagi Inqirozga Qarshi Jamg‘armani yaratish; Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishni kengaytirish; Ijtimoiy nafaqa oladigan oilalar sonini ko‘paytirish; COVIDdan ta’sirlangan biznes va butun tarmoqlarga soliq ta’tillari va boshqa imtiyozlarning keng ko‘lami orqali yordam berish; va Mamlakatning BRM ustuvor yo‘nalishlariga e’tiborni qaratish uchun davom etadigan harakatlar.
Ammo yangi muammolar va xatarlar paydo bo‘ldi Qanday bo‘lmasin, pandemiya jiddiy iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarga olib keldi, jumladan: Taxminan 900 ming kishining, ulardan 500 ming nafari bolalar, inqiroz tufayli kambag’allik darajasi oshdi. 475 mingga yaqin kichik biznes vaqtincha yopildi. Pandemiya norasmiy sektor xodimlariga tegishli ijtimoiy ta’minotning yetarli mexanizmini ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatib berdi.
Ushbu qayta ko‘rib chiqilgan UMT avvalgi UMT-dan olingan uchta xulosalarni tasdiqlaydi: Insonlarni chetlatib qo‘yish va tengsizlikka qarshi kurashish milliy rivojlanish ustuvorliklariga erishishda rivojlanishning asosiy muammolari hisoblanadi. 2030 yil Dasturiga erishish uchun milliy BRMlarning olib borilayotgan milliy islohotlar bilan mustahkamroq integratsiyasi talab etiladi. Siyosat izchilligini ta’minlash, ma’lumotlar va statistik bo‘shliqlarni to‘ldirish va fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash hayotiy muhim omil bo‘ladi.
Pandemiya eng katta muammo - sog‘liqni saqlash sohasida o‘zini ko‘rsatdi: COVID-19 ga nisbatan javob berishni qo‘llab-quvvatlashdan tashqari, shu bilan birgalikda, ayniqsa, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami uchun muhim tibbiy xizmatlarni davom ettirish muammosi tug‘ildi.
Boshqa muammolar qatoriga ma’muriy imkoniyatlarning cheklanganligi, ichki muvofiqlashuvning sustligi, fuqarolik jamiyati uchun haddan tashqari cheklovlar va hukumatlararo cheklangan yondashuvlar kiradi. Bularning barchasi BRM ga erishishda muhim to‘siq bo‘lib qolayapti. Pragmatik (Dasturiy) Yondashuv Hozirgi BMTning Barqaror Rivojlanish bo‘yicha Hamkorlik Dasturi BMT tizimining 2025 yilgacha mo‘ljallangan faoliyatini olib boradigan asosiy dastur bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu Dastur milliy ustuvorliklarga to‘liq mos keladi va quyidagi asosiy tamoyillarni hal qilish uchun kompleks yondashuvga asoslanadi: hech kimni ortda qoldirmaslik, rivojlanish uchun inson huquqlari asosida yondashuv, gender tenglik va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish, chidamlilik, barqarorlik va javobgarlikka asoslangan yondashuv. Xulosa qilib aytganda, COVID-19 inqirozi “hech kimni ortda qoldirmaslik” tamoyilining tashkilotchilik tamoyili sifatida muhimligini ta’kidladi va bu BMTning barcha sa’y-harakatlarida yanada qat’iy qo‘llanilishi kerak.

Download 60.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling