Mavzu: Yunesko xalqaro tashkilotining ta'lim sohasini rivojlantirishdagi faoliyati
Download 150.5 Kb.
|
Yunesko xalqaro tashkilotining ta\'lim sohasini rivojlantirishdagi faoliyati
Mavzu: Yunesko xalqaro tashkilotining ta'lim sohasini rivojlantirishdagi faoliyati Reja:
YUNESKO tashkilotining taxlil sohasidagi faoliyati. YUNISEF, MOT (XMT) xalqaro tashkilotlarining vazifalari va ta’lim-tarbiya jarayonlari yuksalishidagi o’rni. AQSHning TINCHLIK KORPUSI va uning ish faoliyati. Xalqaro maydonda qator tashkilotlar fan va texnika, ta`limni rivojlantirishga bevosita kumaklashib kelmoqda. Bularga misol qilib YUNESKO.YUNISEF, MOT, AQShning tinshlik korpusi tashkilotlarini keltirish mumkin. YUNESKO YUNESKO Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta`lim, fan, madaniyat masalalarini rivojlantirishga ixtisoslashtirilgan tashkiloti bulib, u 1946 yilda tashkil etilgan. BMT ikkinshi jahon urushidan keyin suveren davlatlarning ixtiyoriy birlashuvi asosida jahonda tinshlik va xavsizlikni saqlash hamda davlatlar urtasida tinsh hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tuzilgan. BMT uzining tuzilishiga kura Bosh Assambleya (Yalpi majlis), Xavsizlik kengashi, Xalqaro sudga ega. Bulardan tashqari BMTning doimiy amalda bulgan faoliyatini Kotibiyat olib boradi va uning ishini Bosh Assambleya saylab quyadigan Bosh Kotib boshqarib boradi. Bosh Assambleya har yili jahon siyosatining dolzarb muammolarini muhokama qiladi va bu masalalar buyisha BMTga a`zo bulgan davlatlarga yoki Xavsizlik Kengashiga tavsiyalar beradi. 1993 yilgi ma`lumotlarga kura YUNESKO tashkilotiga 171 davlat, jumladan O`zbekiston ham a`zo Bu tashkilotning qarorgohi Fransiyaning poytaxti Parij shahrida bulib, uning bosh organi- Bosh direktordir. Hozirgi kunda BMTning YUNESKO tashkiloti, Bolalarni Himoya qilish Tashkiloti (YUNISEF), Oziq ovqat va Qishloq xo’jaligi masalalari bilan shug’ullanuvshi “FAO” tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST), Atom energiyasi bo’yisha xalqaro vakillik (MAGATE), Kosmik fazodan tinsh maqsadda foydalanish Komiteti, Xalqaro Elektr Aloqalari Ittifoqi singari o’nlab tashkilotlar davlatlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni muvofiqlashtirishda jahon siyosatining yetakshi kushiga aylanib bormoqda. Jyulen 1848 yilda vafot etdi. Deyarli bir asrga yaqin vaqt ichida uning publististik va ilmiy merosi esga olinmadi. Faqat 1935 yilda uning “Qiyosiy tarbiya bo’yicha tadqiqotlarga oldindan eslatmalar va ocherk” nomli (1817) kichik broshyurasining Parijdagi eski kitoblar do’koni peshtaxtasidan tasodifan topilishi, uning ismini xalq xotirasidan butunlay o’chib ketishining oldini oldi. Uning ijodiga qiziqishni qayta uyg’otdi. Aynan shu asarda «qiyosiy tarbiya» va «qiyosiy pedagogika» atamalari ilk bor qayd qilingan edi. Jyulen fikriga ko’ra, qiyosiy pedagogikaning vazifasi Yevropada, keyinchalik esa butun dunyoda ta’lim-tarbiyaning eng oqilona tizimini yaratish maqsadida turli mamlakatlarning pedagogik tajribasini o’rganishdan iborat. Pedagogika ijobiy fanga aylanishi uchun,- deb yozgan edi Jyulen,- turli mamlakatlarning dalillangan materiallari tahliliga asoslangan bo’lishi lozim. Turlituman dalillar to’planishi tartibga keltirilishi va ularni tizimlashtirish usullari aniqlanishi zarur. Bu omillarsiz pedagogik faoliyat va uning natijalari sub’ektiv, cheklangan qarashlarga, o’sayotgan avlod ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanayotgan mutaxassislar fikri va irodasiga bog’liq bo’lib qolaveradi. Jyulen batafsil ma’lumot olish maqsadida, katta, so’rovnoma (250 dan ko’proq savollar) tuzdi. Bu so’rovnoma maktab faoliyatining turli jihatlariga aloqador edi. So’rovnomani Yevropaning turli davlat hokimyatlariga yuborishni taklif qiladi. So’rovnomaning ayrim savollarida miqdoriy va daliliy ko’rsatkichlar to’plash maqsadi ko’zda tutiladi. (Masalan, sinf mashgulotlarining kunlik davomiyligi, o’quv yili necha oydan iborat, imtihon o’tkazish tartibi qanday, turli o’quv muassasalarida bitiruvchilarga qanday turdagi diplom yoki shahodatnoma beriladi kabi). Shuningdek, sezilarli darajada murakkab savollar ham mavjud bo’lib, ular bugungi kunda ham fanda muammoli masalalardan hisoblanadi. O’quvchilarning individual xususiyatlari hisobga olinishi va aniqlanishi qanday amalga oshiriladi? Mehnatsevar, itoatkor, lekin etarli layoqatga ega bo’lmagan bolalarning dars jarayonida aytarli mashaqqatsiz saboqni o’zlashtirayotgan qobiliyatli bolalardan ortda qolishi, ularda maktabga nisbatan qoniqmaslik hissining paydo bo’lishiga sabab bo’lmaydimi? kabi savollarga javob izladi. Jyulen so’rovnoma yordamida olingan ma’lumotlar qaysi davlat ta’lim taraqqiyotida etakchilik qilmoqda, qaysilari ortda qolgan, rivojlanishga to’sqinlik qiluvchi omillar va ularni bartaraf etish yo’llari kabi muhim masalalarga oydinlik kiritishiga umid qilgan. Prussiya bilan bo’lgan urushdagi mag’lubiyatdan so’ng, Fransiya (1870)da nemis maktabi tajribasiga qiziqish tobora ortdi. 1880-1890 yillarda E.DreyfusBrissak tomonidan uch tomli “Yangi tarbiya qiyosiy-pedagogik o’rganish” asari nashr qilindi. XX asrda yaratilgan asarlar orasida Fredelning ikki asarini alohida qayd qilish mumkin. “Xorijiy mamlakatlarda muallim tayyorlash” (1903) va “Xorijiy pedagogika”(1910). Keyingi kitobda 9 mamlakatning majburiy ta’lim shakllanishi qiyosiy tavsiflangan. Bu g’arb mamlakatlari (Angliya, Germaniya, Italiya, AQSh) maktablari bilan bir qatorda Yaponiya va Misrda ta’lim shakllanishining xarakterli jixatlarini yoritib bergan Yevropada amalga oshirilgan dastlabki asar hisoblanadi. Nemis adabiyotida pedagogik qiyoslash elementlarini aks ettirgan dastlabki asarlar XVIII asrdayoq paydo bo’ldi. 1784 yilda I.Brinkmanning “Qadimgi va zamonaviy tarbiya’ni qiyoslash va ulardan qaysi biri tabiatga ko’proq muvofiqligini ajratish” asari chop etildi. 1790 yilda Frayburg gimnaziyasi direktori F.Xekt “Angliya va Germaniya maktab tizimlari qiyosi” nomi ostida ma’ruzalar to’plamini lotin tilida e’lon qildi. Ushinskiy qo’llanilayotgan tarbiya tizimining o’zlashtirilishi muammosiga boshqacha yondashgan. Uning fikriga ko’ra, har bir mamlakatda tarbiya tizimi muammosi shunchalik o’ziga xos xarakter kasb etganki, xorij tajribasini o’zlashtirishning deyarli imkoni yo’q. Bunday g’oya Ushinskiy asarlarida aniq ifodasini topgan. Nemis, ingliz, fransuz, amerikalik tarbiya tizimidan aynan bir xil narsa talab qilmaydi. Tarbiya nomi ostida har bir xalq turlicha tushunchani qo’llaydi. Har bir xalqda o’ziga xos komil inson timsoli mavjud va ular tarbiyasidan yosh avloddan ana shunday komil inson yaratishni talab qiladi. Har bir xalqqa birdek tegishli umumiy tarbiya tizimi amaliyotda ham, nazariyada ham mavjud emas. Har bir xalqda o’zining maxsus tarbiya tizimi mavjud. Shuning uchun bir xalqning boshqasidan tarbiya tizimini o’zlashtirishining iloji yo’q. YUNESKO- bu tashkilot Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan, madaniyat masalalarini rivojlantirishga ixtisoslashtirilgan tashkiloti bo’lib, u 1946 yilda tashkil etilgan. 1992 yilgi ma’lumotlarga qaraganda, bu xalqaro tashkilotga jahonning 171 davlati, shu jumladan, O’zbekiston ham a’zodir. By tashkilotning qarorgohi Fransiyaning poytaxti Parij shahrida bo’lib, uning oliy boshqaruv organi — Bosh direktordir. Bu xalqaro tashkilotga a’zo bo’lgan mamlakatlarning vakillari 2 yilda bir marta o’zlarining Bosh konferenstiyalariga to’planadilar. Bu anjumanda ular YUNESKOning keyingi 2 yillik faoliyatining dasturini qabul qiladilar. Ushbu dasturni amalga oshirish uchun unga a’zo bo’lgan davlatlar mablag’ — byudjet ajratadilar. YUNESKO faoliyatida xalqaro hamkorlik, tinchlikni saqlash masalalari asosiy o’rinni egallaydi. Shu tufayli ham uning Nizomida “Urush haqidagi fikrlar odamlar aqlida paydo bo’ladi, binobarin, urush vasvasasini ularning ongidan chiqarib, tinchilikni himoya qilish g’oyasini tarbiyalamoq kerak”- deb yozib qo’yilgan. YUNESKO faoliyati o’ta xilma-xil va ko’p qirralidir. Loaqal uning ta’lim bo’yicha faoliyatiga nazar tashlaylik. Bu boradagi ishlar juda ko’p yo’nalishlarda olib boriladi va bu yo’nalishlar bir-biridan muhimdir. By rivojlanayotgan mamlakatlarda savodsizlikni tugatish, jahon ta’limi rivojlanishidagi tendenstiyalarni tahlil qilish va uni ommalashtirish, u yoki bu mamlakatda ta’lim 16 bo’yicha olib borilayotgan siyosatni ham moddiy ham ma’naviy rag’batlantirish va hokazolar. YUNESKO mazmunli ta’limining hamma uchun birday imkoniyat doirasida bo’lishini ta’minlash, uning uzluksizligini qaror toptirish, ta’limni va uning shaklini kelajakda rivojlanishi tamoyillaridan kelib chiqadi. O’qituvchi kadrlar tayyorlash, ularni nazariy-metodik saviyasini muttasil oshirib borish, jahonning ba’zi mamlakatlarida muammo bo’lib hisoblangan xotinqizlarning erkaklar bilan bab-barobar bilim olish haq xuquqlarini ta’minlash, ekologik ta’limni yo’lga qo’yish darslik va dasturlarni takomillashtirish, mamlakatlar o’rtasida ta’lim bo’yicha hamkorlikni butun choralar bilan rivojlantirish va juda ko’p boshqa masalalarni hal etadi.YUNESKO faoliyati tarkibiga yana xalq og’zaki ijodiyoti, folklor, o’lanlar, aytishuvlar, maqomlar, xalq kuylari, laparlarni saqlash ham kiradi. Adabiyot bo’yicha YUNESKOning roli ayniqsa salmoqlidir. Jahon adabiyoti, uning shox asarlari, adabiy meros ayniqsa u tomondan e’zozlanib, ular to’planadi va jahonning turli tillariga tarjima qilinib, bosmadan chiqariladi va tarqatiladi. Shuningdek, YUNESKO ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, jahon ahlini voqea va xodisalardan voqif qilish masalalariga ham faol qatnashib uning rivojlanishiga ko’maklashadi. Download 150.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling