Mavzu: Yunesko xalqaro tashkilotining ta'lim sohasini rivojlantirishdagi faoliyati
Download 150.5 Kb.
|
Yunesko xalqaro tashkilotining ta\'lim sohasini rivojlantirishdagi faoliyati
YUNISEF 1946 yilning 11 dekabrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining birinchi sessiyasidayoq bir ovozdan YUNISEF — BMTning Favqulodda Bolalar Fondi nomi bilan tarkib topdi. YUNISEF tashkil topgan dastlabki yillarda uni mablag’i urushdan qattiq jabrlangan Yevropa va Xitoyda bolalarga oziq-ovqat, dori-darmonlar uchun sarf qila boshladi. 1950 yil dekabrda BMT Bosh Assambleyasi YUNISEF vakolatini yanada kengaytirdi. Uning mablag’lari rivojlanayotgan davlatlardagi son-sanoqsiz bolalar uchun sarflayna boshladi. 1953 yilning oktyabridan BMT Bosh Assambleyasi YuNSEFni o’zining doimiy organiga aylantirdi. Endi u Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar fondiga aylantirildi. Lekin uning kafolatlari va vazifalari to’laligi saqlab qolindi. 1960 yillardan boshlab YUNISEF bolalar manfaatini global himoya qiluvchi zabardast organga aylandi. 1965 yilda YUNISEFning Nobel mukofotiga sazovor bo’lishi xalqaro bolalar hayotida naqadar xayriya va saxovat manbai bo’lib shakllanganligining to’la e’tirof etilish 6o’ldi. Hozirgi davrda ham YUNISEF bolalar manfaatini himoya qilishga, ularni sog’lom, o’qimishli bo’lib o’sishlariga ko’malashish, bolalar o’limini oldini olish, ommaviy qirg’in keltiruvchi va boshqa xavfli kasalliklardan muhofaza qilish onalik va bolalikni himoya qilish, loaqal qizlar hamda o’g’il bolalarga bepul boshlang’ich ma’lumot berish, ular farovonligini ta’minlash ishlariga asosiy e’tiborni qaratmokda. O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach, bu sahovatli tashkilot bizning mamlakatimizda ham insonparvarlik faoliyatini boshlab yubordi. Uning Respublikamizdagi faoliyatining asosiy yo’nalishlari onalik va bolalikni himoya qilish, ularga kerak, tibbiy yordam ko’rsatish, to’la qonli ta’lim berish, turmush sharoitini yaxshilash, ijtimoiy kafolatlarini himoya qilishdan iboratdir. Shuningdek YUNISEF respublikamizda onalar va bolalar kasalliklarini oldini olish, ularni 100 foiz immunizastiya qilish bolalarni chechak, och terlama, difteriya, poliomielit, ko’k yo’tal, quturish kabi kasalliklardan himoya qilish kabi amaliy ishlarni bajarmoqda. Xuddi shu maqsadlarda mana ikki yildan buyon O’zbekistonlik bolalarga vakstinalar keltirilmoqda. Mana shu dasturga asosan dori-darmonlar, tibbiyot anjomlari va boshqa zarur narsalar olib kelinmoqda, ommaviy tushuntirish ishlari olib borilmoqda, turli plakatlar, yo’riqnomalar, qo’llanmalar nashr qilinmokda. YUNISEF ta’limni amalga oshirishga ko’maklashishda ham faol qatnashmoqda. Ayniqsa bu tashkilot maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta’limga ko’proq yo’naltirilgan.
Download 150.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling