Mavzu: Yunon fors urushlarini mavzusini yoritishda O’gʻzaki bayon metodidan foydalanish


Download 163.84 Kb.
bet7/9
Sana21.06.2023
Hajmi163.84 Kb.
#1643864
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yunon fors urushlarini mavzusini yoritishda O’gʻzaki bayon metodidan foydalanish.

VII. Uyga vazifa.
Movzuning asosiy mazmunini so`zlab bera olish.
2.Keyingi darsda o`rganiladigan mavzusi bilan tanishib kelishi.
3.O’tilgan mavzu buyicha krasvord tayyorlab kelishi.
4. O’tilgan mavzu buyicha tushinchalarini yozib kelish




Fermopil jangi.O'z qo'shinlari mag'lubiyati to'g'risidagi xabarni eshitgan Doro I buni tasodifiy bir hodisa deb bildi, yangi urushga tayyorgarlik ko'ra boshladi. Yangi urushga tayyorgarlik ketayotganda Doro I vafot etdi. Qo'shinlarni Yunonistonga uning o'g'li Kserks boshlab keldi. Bu voqea M.avv. 480-yilda, ya'ni Marafon jangidan roppa-rosa o'n yil keyin ro'y berdi.Kserks jangchilari shu qa­dar ko'p bo'lganki, ularni hisoblashga uringan ro'yxat tuzuvchi munshiylar har daf'a sanoqdan adashib ketishar edi. Forslar qo'shinlari turli-tuman qabilalardan tashkil topgan, qurol-aslaha va jang qilish usullari bir xil emasdi,muhimi, ko'pchilik jangchilarda urushdan manfaatdorlik hissi bo'lmagan.Kserks qo'shinlari Gellespont bo'g'oziga yetib keldi. Podsho buyrug'i bilan bir kilometrdan uzun ko'prik qurildi. Ammo ko'prik qurib bo'linganida qattiq bo'ron qo'zg'alib, uni buzib tashladi. Quruvchilar boshqa ko'prik qurishdi.Yunoniston sarhadiga kechib o'tgan Kserks lashkari shaharlarni birma-bir bosib ola boshladi.
Tog'lardagi Fermopil darasi Yunoniston shimolidan janubiga olib boradigan birdan bir yo'l edi. Yunonlar o'sha joyda pistirma qo'yishga qaror qilishdi, ammo forslarga tog'lar orqali yo'lni ko'rsatib bergan bir sotqin chiqib qoldi. Yunonlar qo'shinlariga Sparta podshosi Leonid boshchilik qilgan. U 300 spartalikdan boshqa barcha yunon janhchilariga chekinishni buyurgan. Sparta qonunlariga ko'ra, spartalik askarlar jang maydonidan chekinishi mumkin emas edi. Ularning barchasi qahramonlarcha halok bo'ldi. Ushbu voqea «Uch yuz spartaliklar jasorati», deb tarixda mashhur bo'ldi. Kserks qo'shinlari Janubiy Yunonistonga yetib bordi.
Fermopil jangi M.avv. 480-yilda bo'ldi.


Sonli topishmoqlar:



490 yil qanday voqiya sodir bo’ladi?




M.avv. 480-yilda

yunon­lar 200 ta harbiy 479-yilda
Mil. avv. VI asr oxirida M.avv. 338-yil avgustda yunonlar

NAMUNAVIY SAVOLLAR


1. Forslar qo'shinlari uzil-kesil tor-mor etilishini ?
Javob: M.avv. 480-yilda Salamin yonidagi va 479-yilda Plateya shahri yaqinidagi janglarda amalga oshirdilar.

2. M.avv. 394-yilda ustma-ust sodir bo'lgan?


Javob: zilzila
3 Marafon jangi.M.avv. 490-yilning sentabrida fors harbiy floti?
Javob: Egey dengizini kesib o'tdi va Attika sohilida langar tashladi. Forslarning kemalari beso'naqay va burilishi qiyin edi. Marafon tekisligida o'q-yoylar bilan qurollangan fors suvoriylari kemadan tusha boshladilar. Bu tekislik otliq lashkar harakatlanishi uchun qulay edi, forslar aynan shu yerda jang olib borishga qaror qilishdi.


Yunonlar hal qiluvchi jangda forslarning yettita kemasini egallab oldilar. Forslarning qolgan qo'shinlarini esa tor-mor etdilar yoki asirga oldilar. Yunonlar g'alaba nashidasini surar edilar.
Marafon jangi mil. avv. 490-yilda yunonlar va forslar o'rtasida bo'ldi va yunonlar g'alabasi bilan tugadi.
Miltiadning buyrug'iga ko'ra bir jangchi forslar ustidan qozonilgan g'alaba haqida xabarni yetkazish uchun Afina shahriga qarab yugurdi. Naq 42 kilometr yo'lni bosib o'tgan jangchi "g'alaba! g'alaba!" deya hayqirdi-da, nafasi yetmasdan o'lar holatda yiqilib tushdi. Keyinchalik olis masofaga yugurish Marafon yugurishi deb atala boshladi.
Fermopil jangi.O'z qo'shinlari mag'lubiyati to'g'risidagi xabarni eshitgan Doro I buni tasodifiy bir hodisa deb bildi, yangi urushga tayyorgarlik ko'ra boshladi. Yangi urushga tayyorgarlik ketayotganda Doro I vafot etdi.

Qo'shinlarni Yunonistonga uning o'g'li Kserks boshlab keldi. Bu voqea M.avv. 480-yilda, ya'ni Marafon jangidan roppa-rosa o'n yil keyin ro'y berdi.Kserks jangchilari shu qa­dar ko'p bo'lganki, ularni hisoblashga uringan ro'yxat tuzuvchi munshiylar har daf'a sanoqdan adashib ketishar edi. Forslar qo'shinlari turli-tuman qabilalardan tashkil topgan, qurol-aslaha va jang qilish usullari bir xil emasdi,muhimi, ko'pchilik jangchilarda urushdan manfaatdorlik hissi bo'lmagan.Kserks qo'shinlari Gellespont bo'g'oziga yetib keldi.
Podsho buyrug'i bilan bir kilometrdan uzun ko'prik qurildi. Ammo ko'prik qurib bo'linganida qattiq bo'ron qo'zg'alib, uni buzib tashladi. Quruvchilar boshqa ko'prik qurishdi.Yunoniston sarhadiga kechib o'tgan Kserks lashkari shaharlarni birma-bir bosib ola boshladi.

Tog'lardagi Fermopil darasi Yunoniston shimolidan janubiga olib boradigan birdan bir yo'l edi. Yunonlar o'sha joyda pistirma qo'yishga qaror qilishdi, ammo forslarga tog'lar orqali yo'lni ko'rsatib bergan bir sotqin chiqib qoldi. Yunonlar qo'shinlariga Sparta podshosi Leonid boshchilik qilgan. U 300 spartalikdan boshqa barcha yunon janhchilariga chekinishni buyurgan. Sparta qonunlariga ko'ra, spartalik askarlar jang maydonidan chekinishi mumkin emas edi. Ularning barchasi qahramonlarcha halok bo'ldi. Ushbu voqea «Uch yuz spartaliklar jasorati», deb tarixda mashhur bo'ldi. Kserks qo'shinlari Janubiy Yunonistonga yetib bordi.


Fermopil jangi M.avv. 480-yilda bo'ldi.
Endi Afina yo'li ochiq edi. Aholining ko'pchiligi shaharni tashlab ketadi, Salamin oroliga o'rnashib oladi. Forslar Afinaga kirgach, shahar shoh Kserks amri bilan yondirildi.
Salamin jangi.Femistoklning maslahati bilan yunon­lar 200 ta harbiy kema – triyera qu­rishdi. Bu harbiy kemalar qoyalar orasidan va sayoz joylardan oson suzib o'tar, o'sha davr uchun katta tezlikda – soatiga 18 kilometr tezlikda suza olar edi.
Hal qiluvchi dengiz jangi M.avv. 480-yilda tor Salamin bo'g'ozida bo'lib o'tdi. Yunon davlatlarining birlashgan floti forslarning harbiy flotidan kuchli ekanligi ma'lum bo'ldi. Yengilganidan keyin Kserks flotning qoldiqlari bilan Yunonistonni tark etishga majbur bo'ldi.
M.avv. 479-yilda forslar tag'in Afinani bosib olishga urinib ko'radilar. Biroq yunonlarning birlashgan lashkari Plateya shahri yaqinida fors qo'shinlarini tor-mor etdi. Bu yunon-fors urushlaridagi oxirgi jang edi. Fors shohi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq u Old Osiyodagi barcha yunon polislari mustaqilligini e'tirof etdi, yunonlarga qarshi harbiy harakat olib bormaslikka va'da berdi.
Forslar qo'shinlari uzil-kesil tor-mor etilishini yunonlar M.avv. 480-yilda Salamin yonidagi va 479-yilda Plateya shahri yaqinidagi janglarda amalga oshirdilar.
Shunday qilib, yunon shaharlari ko'pchiligining birligi va ozodlik uchun jang qilgan yunonlarning qahramonligi nihoyatda kuchli raqib ustidan g'alaba qozonishga imkon berdi. 40 yildan ko'proq davom etgan yunon-fors urushlari yunonlarning to'liq g'alabasi bilan yakunlandi. Afina esa O'rtayer dengizi havzasidagi eng qudratli davlatga aylandi.

Download 163.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling