Mavzu. Yuqumli kasalliklar va kasallik tug`diruvchi mikroblar, bakteriologik kuzatuv reja: Yuqumli kasalliklar haqida ma’lumot ularning kelib chiqish sabablari
Kasallik tug`diruvchi mikroblar (bakteriyalar, viruslar rikketsiyalar, zamburug`lar)
Download 1.81 Mb.
|
MAVZU. YUQUMLI
Kasallik tug`diruvchi mikroblar (bakteriyalar, viruslar rikketsiyalar, zamburug`lar)
Kasallik tug`diruvchi mikroblar (bakteriyalar, viruslar rikketsiyalar, zamburug`lar), ular ajratadigan zaharlar toksinlar va ularni qo`llash vositalari (bombalar, raketalar) bakteriologik qurol deb ataladi. Dushman bu quroldan odamlarni chorva mollarni va o`simliklarni yuqumli kasalliklar bilan kasallantirish uchun foydalanadi. Mikroblar faqat mikroskopda ko`rinadigan, bu hujayra juda mayday organizimlardir. Ular odam organizimiga ko`rsatadigan ta’siriga qarab juda mayday organizimlardir. Ular odam organizimiga ko`rsatadigan ta’siriga qarab bir necha xil bo`ladi. Organizimda yashab unga hech qanday zarar keltirmaydigan mikroblarsapofit mikroblar deyiladi, jumladan odam tanasidagi normal mikroblar vakillari bo`lgan ichak tayoqchasi, protey, enterokokk, stafiakokklar shu guruppaga mansub organizimning mikroblar shartli pathogen mikroblar deb ataladi. Odam organizimiga tushib unda ko`payadigan va ma’lum darajada organizimga zarar yetkazadigan ya’ni yuqumli kasalliklar keltirib chiqaradigan mikroblar potogen yoki kasallik qo`zg`atuvchi mikroblar deyiladi. Mikroblar juda mayday mavjudod bo`lgani tufayli ular millimikron bilan o`lchanadi. Mikroblar tuzilishiga sgakliga va biologic xossalariga ko`ra qo`yidagi guruhlarga: bakteriyalar, viruslar, pikketsiyalar zamburug`lar oddiy mikroblarga bo`linadi. Bakteriyalar-bir hujayrali organizimlar bo`lib, asosan bo`linish yo`li bilan ko`payadi. Tashqi ko`rinishga qarab 3 ga bo`linadi: 1. Sharsimon bakteriyalar-kokklar. Ular o`z navbatida hujayralarning bir-biriga nisbatan joylashishiga qarab mikrokokklar streptokokklar. Stafilakokklar va boshqalar. 2. Tayoqchalar. Ich terlama va dizenteriya tayoqchalari odatda spora hosil qiluvchi tayoqchalar basillalar, spora hosil qilmaydiganlari bakteriya deb ataladi. 3. Qotirilgan va spiraisimon buralgan bakteriyalar. O`z nomiga yarasha va gruppaga mansub bakteriyalar spiral shaklida bo`ladi. Bakteriyalar turli kattalikda bo`ladi. Stafilokokk va steptokokklarning diometrik, odatda 0,75 dan 1,25 mk gacha bo`ladi. Bakteriyalarning shakli va yirik maydaligi ularning yosh, o`sayotgan muhitning tarkibiga va temperature va boshqalariga bog`liq. Bakteriyalarning hujayrasi qobiq parda, sitoplazma, yadro xivchinlar yordamida harakat qilinadi. Xivchinlar soni 1 tadan 20-30, hatto 100 ta gacha bo`ladi. Qobig`I butunlay yoki qisman yo`qotgan mikroblar L-simon bakteriyalar deb ataladi. Juda mayday bo`lgan, lekin sun’iy oziq muhitida o`sishi bilan viruslardan farq qiladigan mikroblar mikoplazmalar deb ataladi. Bakteriyalardan zaharlanish o`chog` deganda odamlarda kasallik keltirib chiqadigan bakteriyal aepozollar bilan zaharlanish territoriyasi tushuniladi. Bu joyda qolgan odamlarning hammasi kasal bo`lgan-bo`lmaganligidan qat’iy nazar zaharlangan hisoblanadi. O`choq chegaralarini dastlab kuzatish postlari va tibbiy xizmati aerozollar o`choq chegaralarini dastlabki bakteriyali bombalar, raketalar, snariyadlarning portlashiga qarab aniqlaydi, bakteriyalardan zaharlanish o`chog`i hosil bo`lgan taqdirda tezda uni yuqotish tadbirlari ko`riladi. Agar eng xavfli yuqumli kasalliklar tarqatuvchi yuqumli kasalliklar mikroblari bo`lsa observatsiya e’lon qilinadi. Bundan o`choqga kirish chiqish va buyumlarni olib chiqish kamaytiriladi. Faqat dizenfeksiyadan keyingi epidimiolog ruxsati bilan ish ko`riladi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling