Mavzu: Yurakning tug‘ma poroklari. Ochik arterial yo‘l. Fallo triadasi, tetradasi va pentadasi. Lyutenbaxer sindromi. Aorta koarktatsiyasi


Download 39.35 Kb.
bet8/20
Sana27.10.2023
Hajmi39.35 Kb.
#1728095
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
Yurakning tug‘ma poroklari. Ochik arterial yo‘l. Fallo triadasi, tetradasi va pentadasi. Lyutenbaxer sindromi. Aorta koarktatsiyasi

Obyektiv ko‘rilganda: Teri va shilliq qavatlari oqimtir rangda. Yosh bolalarda yig‘laganda va zo‘riqqanda oyoqlarda ko‘proq ifodalangan sianoz paydo bo‘ladi. Bu sianoz zo‘riqish tugashi bilan yo‘qoladi. Ko‘krak qafasi “yurak bukrisi” ko‘rinishida deformatsiyalangan.
Paypaslaganda odatda puls tez va kuchli. O‘ng va chap qo‘lda turlicha kuch bilan uriladi.
Perkussiyada yurak chegaralari kengaygan.
Auskultatsiyada Arterial qon bosimini o‘lchash, diastolik bosimning pasayishi (ba’zi hollarda nolgacha), aniqlanadi. To‘shdan chapda, 2 qovurg‘a oralig‘ida qo‘pol “mashinaviy” sistolo-diastolik shovqin eshitiladi. Bu shovqin kuraklar orasida va bo‘yin qon tomirlarida ham eshitiladi. Shovqinning diastolik komponenti nafas olmagan vaqtda yaxshi eshitiladi. (Valsalva sinamasi). O‘pka gipertenziyasi rivojlangan sari bu shovqin intensivligi pasayib boradi va nihoyat faqat qisqa sistolik shovqin qoladi. Katta va kichik qon aylanish doiralarida bosim tenglashganda “afoniya” kuzatiladi.
FKGda rombsimon ko‘rinishdagi sistolo-diastolik shovqin qayd qilinadi.
EKG da: yurakning elektrik o‘qi biroz chapga siljigan, ikkala qorincha gipertrofiyasi kuzatiladi. Sklerotik o‘pka gipertenziyasida o‘ng qorinchaning izolyatsiyalangan gipertrofiyasini va ba’zida Giss tutamining chap oyoqchasi qamali qayd etiladi.
Rentgenogrammada o‘pka tomirlari tasvirining kuchayishi. Yurak o‘lchamlari chap qorincha va chap bo‘lmacha hisobiga kattalashgan. O‘pka gipertenziyasi rivojlanganda o‘ng qorincha ham kattalashadi va o‘pka arteriyasi ravog‘i kengayadi. Ko‘tariluvchi aorta ham kengaygan, uning pulsatsiyasi yaxshi ko‘rinadi.
Kateterizatsiya nuqsonning bir qancha diagnostik alomatlarini aniqlashga va gemodinamikaning buzilish darajasini o‘rganishga yordam beradi. Kateterizatsiya vaqtida ochiq arterial yo‘l orqali o‘pka arteriyasidan aortaga o‘tish mumkin. O‘pka arteriyalaridagi qonning kislorodga to‘yinganligi nuqson mavjudligining yaqqol alomati bo‘lib hisoblanadi.

Download 39.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling