Mavzu: Yuridik shaxs vujudga kelishi va tugatilishi Kirish
-modda. Yuridik shaxsni tugatish
Download 0.5 Mb.
|
Yuridik shaxs
53-modda. Yuridik shaxsni tugatish
Yuridik shaxsni tugatish uning huquq va burchlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga o‘tmasdan bekor qilinishiga olib keladi. Yuridik shaxs quyidagi hollarda tugatilishi mumkin: uning muassislari (ishtirokchilari)ning yoki ta’sis hujjatlari bilan tugatishga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga muvofiq, shu jumladan yuridik shaxsning amal qilish muddati tugashi, uni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsadga erishilganligi munosabati bilan yoki yuridik shaxsni tashkil qilish chog‘ida qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi sababli, agar bu buzilishlarni bartaraf etib bo‘lmasa, sud yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazishni haqiqiy emas deb topganida; Keyingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. faoliyat ruxsatnomasiz (litsenziyasiz) amalga oshirilgan yoki qonun tomonidan taqiqlangan faoliyat amalga oshirilgan yoxud olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonasi esa –– uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari bo‘yicha pul operatsiyalarini o‘tkazish bilan bog‘liq moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmagan, dehqon va fermer xo‘jaliklari, nodavlat notijorat tashkilotlari bundan mustasno, va (yoki) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yil ichida ustav fondi ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirilmagan taqdirda, qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda sudning qaroriga muvofiq. (53-moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda) Keyingi tahrirga qarang. Keyingi tahrirga qarang. Sudning yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risidagi qarorida uning muassislari (ishtirokchilari) yoxud yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari bilan uni tugatishga vakil qilingan organ zimmasiga yuridik shaxsni tugatishni amalga oshirish vazifasi yuklatilishi mumkin. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling