Mavzu: Yuridik shaxs vujudga kelishi va tugatilishi Kirish


Yuridik shaxs tushunchasi va belgilari


Download 0.5 Mb.
bet2/11
Sana30.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1404714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Yuridik shaxs

1. Yuridik shaxs tushunchasi va belgilari

Fuqarolik huquq subyektlari ichida yuridik shaxslar oʻz belgilari, vujudga kelish va bekor boʻlish usullari, fuqarolik-huquqiy munosabatda ishtiroki, subyektiv huquqlarni amalga oshirishi bilan ajralib turadi. Fuqarolik huquqining mustaqil subyektlari sifatida fuqarolik-huquqiy munosabatlarda qatnashish va shu munosabat bilan muayyan huquq va majburiyatlarga ega boʻlishi layoqati nafaqat fuqarolarga, balki yuridik shaxslarga ham beriladi.


Mamlakatimizda yuridik shaxslar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini yaxlit tizimi yaratilgan. Ularning har birida turli xoʻjalik yuritish shakliga ega boʻlgan u yoki bu yuridik shaxslarga oʻziga xos ta’riflar, tushunchalar berilgan. FK esa ularning barchasini umumlashtirib quyidagicha ta’rif beradi:
Oʻz mulkida, xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega boʻlgan ham oʻz majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy-nomulkiy huquqlarga ega boʻla oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar boʻla oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi (FK, 39-modda).
Shuningdek, fuqarolik huquqi subyekti yuridik shaxs sifatida tan olinishi uchun muayyan huquqiy belgilarga ega boʻlishi talab etiladi. Yuridik shaxs belgisi uning ichki oʻziga xos xususiyatidir. FKda yuridik shaxsga berilgan ta’rifdan aniqlanishicha, har qanday tashkilot emas, balki muayyan talablarga javob beradigan tashkilotlargina yuridik shaxs boʻla oladi.
Tashkiliy birlik – bu yuridik shaxsning huquq subyekti sifatida tashkil boʻlganligini, oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqaruv organlari va boʻlinmalari orqali muayyan huquq va majburiyatlarga ega boʻlishligini bildiradi. Yuridik shaxsning tashkiliy jihatdan tuzilishi (strukturasi) ta’sis hujjatida koʻrsatiladi. Yuridik shaxslarning ayrim filiallari (xoʻjalik boʻlimlari, mol-mulki yetarli boʻlmaganda, uning mulkdori (yoki ta’sischisi) zimmasiga subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.
Fuqarolik muomalasida oʻz nomidan harakat qilishi – yuridik shaxs hisoblangan tashkilot oʻz nomidan huquqiy munosabatlarda qatnashib, turli bitimlar tuza olishi, mulkiy va mulkiy harakterda boʻlmagan huquqlarga ega boʻla olishi va majburiyatlar vujudga keltira olishi, demakdir. Yuridik shaxs sudda, xoʻjalik sudida yoki hakamlik sudida mustaqil ravishda da’vogar va javobgar boʻla oladi.
Yuridik shaxsni yuqoridagi belgilaridan tashqari uni individual belgilari (firma nomi, tovar (xizmat) belgisi) ham mavjud.
Yuridik shaxs vujudga kelishi va rivojlanishi bilan birga, uning mohiyatini oʻzida ifoda etuvchi bir qator qarashlar, nazariyalari mavjud, ular zamonaviy yuridik shaxs tushunchasining vujudga kelishi va mohiyatini ifodalashda muhim oʻrin egalladi. Bunday nazariyalarga fikstiya nazariyasi, ijtimoiy voqelik nazariyasi, mavjud holat nazariyasi, tashkilot nazariyasi, manfaat nazariyasi, ma’muriyat nazariyasi, direktor nazariyasi, jamoa nazariyasi, jamoa mulki nazariyasi va boshqalardir.




  1. Download 0.5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling