MAVZU BO’YICHA MASALALAR
Masala. Ishlab chiqarish korxonasi ikkinchi yil faoliyat yuritmoqda, uning foyda solig‘i to‘lagungacha bo‘lgan daromadi 150000,0 ming so‘m bo‘lgan.
Hisobot davri uchun qo‘shimcha ravishda quyidagi ma‘lumotlar mavjud:
Xokimiyatga homiylik yordami ko‘rsatilgan – 18000,0 so‘m;
qariyalar uyiga yordam ko‘rsatish uchun – 9000,0 mihg so‘m;
ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun – 24900,0 mihg so‘m (yil davomida to‘plangan eskirish – 28100,0 mihg so‘m);
soliq stavkasi 15 foiz.
Talab qilinadi:
1. Hisobot davri uchun korxona to‘lashi lozim bo‘lgan foyda solig‘i necha so‘mga teng?
2. Hisobot davrida korxonining foydasini aniqlang?
Masala. Hisobot davrida korxona quyidagi ko’rsatkichlarga ega (mihg so‘m):
Mahsulot (ish, xizmatlar) sotishdan tushgan tushum – 43800,0
Qo‘shilgan qiymat solig‘i – 6880,0
Aksiz solig‘i – 5000,0
Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi – 26950,0
Sotish xarajatlari – 350,0
Ma‘muriy xarajatlar – 830,0
Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan daromad – 350,0
Olingan dividendlar – 750,0
Valyuta kursi bo‘yicha musbat farq – 290,0
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar – 150,0
Favqulotda foyda – 50,0
Chegirilmaydigan xarajatlar – 3120,0
Soliq imtiyozi – 1000,0
Soliq stavkasi – 15%
Talab qilinadi:
1. Hisobot davri uchun korxona to‘lashi lozim bo‘lgan foyda solig‘i necha so‘mga teng?
2. Hisobot davrida korxonining foydasini aniqlang?
3. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |